بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Yaman ahli BMTga tayanmasligi kerak
BMTning Yamandagi to‘rtinchi maxsus vakili shved Xans Grundbergning tayinlanishi manzarasida, Hizb ut-Tahrir – Yaman viloyati matbuot bo‘limi bayonot chiqarib, quyidagilarni ta’kidladi:
«BMT vakillarining tayinlanishi ortida ma’lum manfaat va maqsadlarni ko‘zlagan davlatlar turadi. Ammo bu maqsadlari orasida qon to‘kilishini to‘xtatish, degan narsa yo‘q. Chunki hech qaysi biri Yaman ahliga yaxshilik olib kelmadi. Aksincha, ularni masxara qilib ustidan kuldi, xolos».
Matbuot bayonotida Husiylarning Grundberg tayinlanishiga qarshi pozitsiyalari haqida bunday deyildi:
«Aftidan, Husiylar AQShning Yamandagi vakili Lenderkinga tayanayotgan ko‘rinadi. Shu bois o‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: Nega bu Husiylar BMTning Yamandagi harakatlariga goh qarsak chalsa, goh unga qarshi pozitsiyani egallashadi?! Nahotki ular shu darajada ochiq (reaktsion) pragmatikka aylangan bo‘lishsa?!… Aslida, Yamanda ham, butun islomiy yurtlarda ham hargiz BMTga tayanib yoki uni olqishlab bo‘lmaydi. Shimolu janubdagi butun Yaman ahli yolg‘iz Islomga boqmog‘i va uni hayotiy ishlariga hakam qilmog‘i lozim. Islomning hayotda tatbiq etilmog‘ining birdan-bir kafili esa, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatidir.
Roya gazetasining 2021 yil 11 avgust chorshanba kungi 351-sonidan