Sukut qilish – demokratiyani qo‘llab-quvvatlashga dalildir

779
0

بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

Sukut qilish – demokratiyani qo‘llab-quvvatlashga dalildir

Demokratiya (xalq hokimiyati) hukm surayotganiga va uning sharmandali, munkarlarga to‘la ahvoliga guvoh bo‘la turib, unga jim turish, o‘zgartirish uchun harakat qilmaslik, loaqal shu ahvolga norozi ekanini izhor qilmaslik shar’an harom bo‘lib, unday insonlar demokratlar bilan bir safda ekanligiga shar’iy hujjatdir. Alloh Taolo aytadi:

إنْ الْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ

– «Hukm-hokimlik faqat Allohnikidir». [12:40]

Yana Alloh Taolo aytadi:

فَلَا تَتَّبِعُوا الْهَوَى

– «Havoi nafsga ergashmangiz» [Niso 135].

Termiziy chiqargan hadisda Adiy ibn Hotam aytdi: «Men Nabiy (s.a.v)ning oldilariga keldim – bo‘ynimda tilla xoch bor edi – u zot menga butni olib tashla dedilar. Va «Baroat» surasidan mana bu:

اتَّخَذُوا أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَانَهُمْ أَرْبَابًا مِنْ دُونِ اللَّهِ

Ular Allohni qo‘yib o‘zlarining donishmandlarini va rohiblarini Parvardigor deb bildilar. [9:31] oyatni o‘qib, … shunday deganlarini eshitdim: «To‘g‘ri, odamlar rohiblarga ibodat qilishmagan, lekin rohiblar biror narsani halol deyishsa, odamlar ularni halol sanashgan, biror narsani harom deyishsa, uni harom deyishgan … ».

Rosululloh (s.a.v)ning sukut qilishlari shar’iy dalil ekaniga sahobalar ijmo qilishgan. Buni shunday tushunishimiz kerakki, Rosululloh (s.a.v) hech qachon munkar (harom va makruh)larga jim turmaganlar, ularni bilgan zahoti inkor qilardilar, o‘zgartirishga shoshilardilar. Demak, bo‘layotgan ishni guvohi bo‘la turib unga sukut qilishlik joiz emas, chunki Rosululloh (s.a.v) har bir ishi; gap-so‘zlari, qilgan ishlari, hatto sukutlari ham vahiydir, Alloh Taolo aytadi:

قُلْ إِنَّمَا أُنذِرُكُمْ بِالْوَحْيِ

– „Ayting: «Men sizlarni faqat vahy bilan qo‘rqitib-ogohlantirurman»“, [21:45]

إِنْ يُوحَى إِلَيَّ إِلاَّ أَنَّمَا أَنَا نَذِيرٌ مُبِينٌ

– „Menga faqat o‘zimning ochiq-ravshan ogohlantirguvchi ekanligim vahy qilinmoqda, xolos“, [38:70]

إِنَّمَا أَتَّبِعُ مَا يُوحَى إِلَيَّ مِنْ رَبِّي

– „Men faqat Parvardigorimdan kelgan vahygagina ergashurman“, [7:203]

Demak, sukut qilish – bo‘layotgan ishga roziligiga, o‘zgartirishga hojat yo‘q – deb qaror qilganligiga, hamda o‘sha ishlarning egasini qo‘llab-quvvatlashiga shar’iy dalildir. Shariatda talab qilingan ishlarga – bajarishi talab qilingan bo‘ladimi yoki tark qilish talab qilinadimi, hatto qilish-qilmaslikda ihtiyorlisi bo‘ladimi, hech farqsiz – rioya qilishimiz va shu hukmlarni “to‘g‘ri, shunday bo‘lish kerak, undan boshqacha bo‘lsa o‘zgartirish shart” deb ishonishimiz – mo‘minlikdir. Alloh Taolo aytadi:

فَلَا وَرَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ حَتَّى يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لَا يَجِدُوا فِي أَنفُسِهِمْ حَرَجًا مِمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُوا تَسْلِيمًا

– «Yo‘q, Parvardigoringizga qasamki, to ular o‘z o‘rtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, to‘la taslim bo‘lmagunlaricha-bo‘yinsunmagunlaricha zinhor mo‘min bo‘la olmaydilar». [4:65]

Hayotdagi sistemamiz shariatga asoslangan chog‘da ham unga teskari, hatto Qur’on va hadisda kelmagan biror narsa bo‘lsa ham qabul qilmasligimiz, uni tezlik bilan yo‘qotishimiz shariatning qat’iy talabidir. Muslim Oisha (r.a.)dan rivoyat qiladi: Rosululloh (s.a.v) dedilar:

«وَمَنْ أَحْدَثَ فِي أَمْرِنَا هَذَا مَا لَيْسَ مِنْهُ فَهُوَ رَدٌّ»

«Kim bu ishimizda undan bo‘lmagan narsani paydo qilsa u rad qilinadi». Yana dedilar:

«الْخَدِيعَةُ فِى النَّارِ، وَمَنْ عَمِلَ عَمَلاً لَيْسَ عَلَيْهِ أَمْرُنَا فَهْوَ رَدٌّ»

«Aldov do‘zaxdadir. Kimki bizning amrimiz bo‘lmagan ishni qilsa bu ish rad qilinadi». Buxoriy rivoyati. Quydagi hadislar haqida jiddiy fikrlang-a:

«مَنْ رَأَى مِنْكُمْ مُنْكَرًا فَلْيُغَيِّرْهُ بِيَدِهِ, فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِلِسَانِهِ, فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِقَلْبِهِ وَذَلِكَ أَضْعَفُ الْإِيمَانِ»

«Sizlardan kimda-kim biror munkarni ko‘rsa, uni qo‘li bilan o‘zgartirsin. Agar (qo‘li bilan) qaytarolmasa, tili bilan (qaytarsin). Agar (tili bilan ham) qaytarolmasa, qalbi bilan (inkor qilsin, ya’ni rozi emasligi – yomon ko‘rgan narsasiga bo‘lgan munosabatidek – har bir harakatidan, ko‘rinishidan bilinib tursin.). Bu esa eng zaif iymondir». Bu hadisni Muslim Abu Said orqali rivoyat qilgan.

«وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ, لَتَأْمُرُنَّ بِالْمَعْرُوفِ, وَلَتَنْهَوُنَّ عَنْ الْمُنْكَرِ, أَوْ لَيُوشِكَنَّ اللَّهُ أَنْ يَبْعَثَ عَلَيْكُمْ عِقَابًا مِنْ عِنْدِهِ, ثُمَّ لَتَدْعُنَّهُ فَلاَ يَسْتَجِيبُ لَكُمْ»

«Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, ma’rufga buyurasiz, munkardan qaytarasiz, aks holda Alloh ustingizga o‘z huzuridan jazo yuborgay. Keyin duo qilaverasiz, (lekin) uni qabul qilmaydi». Bu hadisni Ahmad Huzayfa orqali rivoyat qilgan. Noshar’iy ishlarni yo‘qotishda o‘lim ham to‘sib qolmasligi kerak. Aslida bu buyuk zafardir, Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar:

«سَيِّدُ الشُّهَدَاءِ حَمْزَةُ بْنُ عَبْدِ الْمُطَّلِبِ وَرَجُلٌ قَامَ إِلَى إِمَامٍ جَائِرٍ فَأْمَرَهُ وَنَهَاهُ فَقَتَلَهُ»

«Shahidlar sayyidi Hamza ibn Abdulmuttolib va zolim hokimga qarshi turib, uni (ma’rufga) buyurib, (munkardan) qaytargan, natijada o‘sha zolim hokim tomonidan qatl qilingan kishidir». Hokim rivoyati. Alloh Taoloning xushxabariga shoshilinglar!

التَّائِبُونَ الْعَابِدُونَ الْحَامِدُونَ السَّائِحُونَ الرَّاكِعُونَ السَّاجِدُونَ الآمِرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَالنَّاهُونَ عَنِ الْمُنكَرِ وَالْحَافِظُونَ لِحُدُودِ اللَّهِ وَبَشِّرِ الْمُؤْمِنِينَ

„(Ular) – tavba qilguvchilar (Ollohning O‘zigagina) ibodat qilguvchilar, shukr qilguvchilar, ro‘za tutguvchilar, ruku-sajda qilguvchilar, yaxshilikka buyurguvchilar, yomonlikdan to‘xtatguvchilar va Olloh belgilab qo‘ygan qonun-qoidalarga doimiy rioya qilguvchi (mo‘minlar)dir. (Ey Muhammad), bu mo‘minlarga jannat xushxabarini etkazing“. [9:112]

G‘arib Muslim

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.