Lozanna shartnomasi
Xalifalik davlatining qulatilishiga sabab bo‘lgan Lozanna shartnomasining imzolanganligiga melodiy hisobda 98 yil bo‘ldi. 1923 yil Ittifoqchi kuchlar va Anqara hukumati tomonidan imzolangan Lozanna shartnomasi bo‘yicha mustamlakachi davlatlar Xalifalik davlati erlarini millatchilik, vatanchilik, toifachilik va mazhabchilik asosida bo‘lib tashladi.
Birinchi jahon urushi Evropa davlatlarining ulkan g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi. Urushda mag‘lubiyatga uchrab, eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat Xalifalik davlati bo‘ldi. Chunki u ko‘p erlarini qo‘ldan boy berdi. Xalifalik davlatining yo‘qotishlari faqat erlar bilan chegaralanib qolmadi. Urush uchun sarflangan harbiy xarajatlar tufayli davlat iqtisodi ham tang ahvolga kelib qoldi. Bunday ahvoldan foydalangan inglizlar boshchiligidagi ittifoqchi kuchlar Xalifalik davlatini yo‘q qilish payiga tushdi. Chunki Xalifalik davlati bugun mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa ham, ertaga o‘zini qayta tiklab, yana oyoqqa turishi va yo‘qotgan erlarni qaytarib olishi mumkinligini ular juda yaxshi bilar edi. Salibchilar va mo‘g‘ullar bosqini ortidan Musulmonlarning yana oyoqqa turib, dushmanini quvib yuborgani bu haqiqatni tasdiqlaydi.
Inglizlar fursatni qo‘ldan boy bermay, musulmonlarni dinlaridan tamoman uzoqlashtirish va Islom davlatini parokanda qilib, er yuzidan supirib tashlash rejalarini amalga oshira boshdi. Maqsadlari – Musulmonlarning oyoqqa turolmay zaif holda qolib ketishini kafolatlash edi. Shuning uchun Istambulda Xalifalik davlati amalda mavjud bo‘lishiga qaramay, Ittifoqchi kuchlar 1923 yil 24 iyulda Mustafo Kamol boshchiligidagi Anqara hukumatini davlat o‘rniga qo‘yib, u bilan Lozanna shartnomasini tuzishga kirishdi. Bu esa Xalifalik davlatiga berilgan oxirgi zarba bo‘ldi. Chunki undagi asosiy bandlar Xalifalik boshqaruviga barham berish asosida tuzilgan edi.
Bu shartnoma davrida Angliya va Frantsiyadan ko‘plab rasmiylar bo‘zchining mokisiday Turkiyaga qatnab, millat majlisi vakillari bilan birma-bir uchrashuv o‘tkazdi. Ular Mustafo Kamol va hamtavoqlariga Lozanna shartnomasida ko‘rsatilgan Xalifalikni bekor qilish sharti amalga oshgandan keyin Anqara hukumatini qo‘llab-quvvatlashga va’da berishdi. Shundan so‘ng Ismet Inonu va uning do‘stlari hukumat a’zolari bilan maslahat qilmay turib, Anqara hukumati nomidan Lozannaga yo‘l oldi va Lozanna shahrida Anqara hukumati nomidan shartnoma matnlariga imzo chekdi. Shartnoma bo‘yicha Turkiyaning jug‘rofiy hududlari hamda muayyan siyosiy doirasi belgilab berildi.
Avval boshda Lozanna shartnomasinining erkin savdo shartnomasiga ko‘ra, Bo‘g‘ozlar hukmronligi Usmonlilar qo‘lidan olinishi va Evropa davlatlari bo‘g‘ozlardan erkin o‘tishi mumkinligi, Chet tilida o‘qitiladigan maktablar va ozchiliklarning huquqlari g‘ayrimusulmonlar foydasiga hal qilinishi, islomiy mamlakatlarda missionerlik faoliyati qonuniylikka ega bo‘lishi haqidagi moddalar ommaga e’lon qilindi. Ammo Xalifalik davlatini yo‘q qilishga qaratilgan “Xalifalik butunlay tugatiladi”, “Xalifa va uning oilasi chetga surgun qilinadi”, “Xalifaning mol-mulki musodara qilinadi”, “Davlat ilmoniy (shariatga asoslanmagan) davlat deb e’lon qilinadi”, degan 4ta modda sir tutildi. Chunki bunga majlis a’zolari ham qarshi edi. Shuning uchun bu majlis kuch bilan tarqatib yuborilib uning o‘rniga 1923 yil 2 avgustda har bir narsani shartsiz qabul qiladigan milliy majlis tashkil etildi va 1923 yil 28 avgustda Lozanna shartnomasi tasdiqlanib, kuchga kiritildi.
Lozanna konferentsiyasida qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish darhol boshlandi. Avvalambor Xalifalikni bekor qilishga qarshi bo‘lganlarning oldini olish maqsadida, “Vatan xiyonati qonuni”ga “Xalifalikning bekor qilish qarorini o‘zgartirmoqchi bo‘lish yoki uni tanqid qilish vatanga xiyonatdir” degan jumla qo‘shimcha qilindi. Inglizlar tarafidan ta’minlangan qurol-yarog‘ va nufuz bilan barcha muxoliflarning ovozi o‘chirildi va qarshi harakatlar bostirildi.
Vanihoyat 1924 yil 3 martda Xalifalik tugatildi. Ertasi kuni xalifa va uning butun oilasi surgun qilindi va xalifaning barcha mulklari musodara qilindi. Shu tarzda musulmonlarning Islom va Qur’on bilan aloqalari uzildi. Din davlatdan ajratilib, shariat qonunlari bekor qilindi. 1924 yil 6 avgustda Britaniya rasmiysi Lord Kurzon berilgan “vazifani” bajargan Turkiya Buyuk Millat Majlisi va Ismet Inonuga maqtovlar yog‘dirdi.
Xalifalik davlati qulatilib, jumhuriyat e’lon qilingach, o‘z dinini mahkam tutgan Musulmonlar dorga osildi, azon turkcha aytiladigan bo‘ldi, Musulmonlarning Keriman Halis kabi qizlari yarim yalang‘och go‘zallik tanlovida qatnashadigan bo‘ldi, qashshoqlik, dinsizlik avj oldi. Xullas o‘sha kundan boshlab to bugungi kungacha Ummat boshidan horlik arimadi.
Kecha Lozannada haqiqatini yashirib, Islom va Musulmonlarga xiyonat qilingan bo‘lsa, bugun Jenevada, Sochida, Astanada haqiqatni yashirib, Islom va Musulmonlarga xiyonat qilinmoqda. Kecha Lozanna shartnomasini imzolab qahramonga aylanganlarning xiyonati ochilib, bugun xoinlarga aylanishdi. Bugun kufr ahli bilan xiyonat bitimlarini imzolab, qahramon sifatida tanilganlarning xiyonati ham ertaga oshkor bo‘ladi. Lekin buni ko‘rish uchun albatta o‘sha kunni kutishimiz shartmi? Tarixga va voqea hodisalarga ibrat nazari bilan qarash kifoya emasmi?
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday marhamat qildilar:
لا يلدغ المؤمن من جحر مرتين
«Mo‘min bir teshikdan ikki marta chaqilmaydi!” [Buxoriy rivoyati]
Qiyomuddin Sharif