Qurbon Hayiti tabrigi

431
0

Qurbon Hayiti tabrigi

Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illalloh, Allohu akbar, Allohu akbar, va lillahil hamd…

 Allohga hamd bo‘lsin, Allohning Rosuliga, ul zotning oilalari, sahobalari va ul zot bilan do‘st bo‘lganlarga salotu salomlar bo‘lsin, ammo ba’d…

 Allohga imon keltirgan, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytargan hamda odamlar uchun chiqarilgan ummatlarning eng yaxshisi bo‘lgan Islom Ummatiga

 Bir butun Islom Ummatining ajralmas qismi bo‘lgan Qirg‘iziston musulmonlariga

 Ularning orasidan, da’vatni Alloh Taolo buyriganidek va Rasuli Akram sollallohu alayhi va sallam ko‘rsatgan tariqat asosida olib borayotgan da’vatchilarga

 Xolislik bilan haqni yoqlab, da’vatchilarimizni qo‘llab-quvvatlayotgan birodarlarga…

 Barcha-barchanglarga Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakatuh…

 Qadrli musulmon birodarlar, sizlarni muborak Qurbon hayiti bilan tabriklaymiz. Qodir Allohdan ushbu hayitni barcha musulmonlarga yaxshilik va baraka kaliti qilishini so‘raymiz. 

 O‘tgan yildan beri koronavirus to‘lqinlari tufayli turli sinovlar bilan sinalmoqdamiz. Qodir Allohdan bizni ushbu kasallikdan xalos etishini va barchamizni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilishini so‘raymiz.

 O‘tgan Muborak Ramazon oyida musulmonlarni mayda davlatlarga bo‘lib tashlagan mustamlakachi kofirlar va ularning malaylari Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida fitna chiqarishga muvaffaq bo‘lishdi. Qiblamiz bir, Qur’onimiz bir, Payg‘ambarimiz bir, Ramazonimiz bir bo‘lishiga qaramay, biz musulmonlar, bu fitnani oldini olishga ojizlik qildik. Ushbu fitna hozirgacha to‘xtagani yo‘q, aksincha yangi bosqichlarga o‘tmoqda. Bunday fitnalar maydoni kengayib, O‘rta Osiyo fitnalari Afg‘oniston fitnasiga aralashib bormoqda. Bularning barchasi mustamlakachilarning manfaat talashishlari yo‘lida bo‘lmoqda.

 Qadrli musulmonlar, sizlarning Qurbon hayitinglar ham bir. Sizlar bir butun Ummatsizlar. Bizlarni bir butun ekanligimizni unuttirib, bizlarni bo‘lib tashlagan mustamlakachi kofirlar va ularning malaylariga, ularning “millatchilik” yoki “vatanparvarlik” kabi yolg‘on shiorlariga ergashganimiz uchun shu kabi fitnalarga duch kelmoqdasiz. Bas, etar! Bir butun Ummat sifatida yagona Xalifalik davlatida birlashish vaqti kelmadimi!? Albatta, keldi. Shunday ekan o‘z Islomingizga yuzlaning, sizlarni imon, Islom birlashtirsin! Sizlarning Qurbon hayitinglar bir, unda sizlarning Kalimanglar, Takbiringlar, Hayit namozinglar… barchasi bir. Sizlar musulmonsiz va sizlar Ummati Muhammadsizlar… Hayit kunlari qo‘l ochib duoda bo‘lganimizda bir-birimizning haqqimizga duoda bo‘laylik. Qurbonlik qilishda Ibrohim a.s. amal qilganidek, bu fitnalardan shariatga muvofiq amallar orqali xalos bo‘laylik.

 Alloh Taolo qilgan qurbonliklaringni qabul qilsin, Iyd ul-Azhaning savoblari bilan siylasin!

Qirg‘izistondagi Hizb ut-Tahrirning matbuot bo‘limi

20. 07. 21 y.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.