Marokashdagi xoin rejim yahudiy vujudi jarohatlarini davolash uchun qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqchi!

334
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Marokashdagi xoin rejim yahudiy vujudi jarohatlarini davolash uchun qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqchi!

Marokash havo kuchlariga qarashli yuk tashuvchi samolyot «Isroil» havo kuchlariga qarashli Hatzor bazasiga qo‘ndi. Chunki shu haftada bir necha davlatlarning AQSh etakchiligidagi xalqaro qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari boshlanishi kutilmoqda.

Bu haqda Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi bayonot nashr qilib, quyidagilarni ta’kidladi:

«Bu harbiy mashqlar Marokash rejimining qator xiyonatlaridan hamda tarixining qora sahifalaridan biridir, bundan boshqa narsa emas. Yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish uchun yashirincha kelishuv tuzish, harbiy va xavfsizlik muvofiqlashuvi imzolash, bularning barchasi rejimning sharmandali ro‘yxatiga qo‘shilmoqda. Bir paytlar arab rejimlarining bosqinchi yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishlari uchun darvozalarni lang ochib bergan va bu bilan Misrning sobiq prezidenti Anvar Sadat oldidagi to‘siqlarni bartaraf qilgan, 1982 yil Fes konferentsiyasida arab davlatlarini yahudiy vujudi bilan tinchlikka erishishga ochiqdan-ochiq da’vat qilgan mana shu Marokash rejimi bo‘ladi!

Marokashning bu qadami mamlakat qirollarining munofiqlik qilishayotganini hamda «Quddus qo‘mitasi», degan narsaga rahbarlik qilish bilan Falastin masalasini o‘chirishga urinishayotganini ochib berdi. Bas, ularning harbiy kun tartiblarida na Falastinni ozod etish bor, na Seutani va na Melilьyani. Ularning asosiy tashvishlari, chirik kursilarini ularni yomon ko‘rgan xalqlari g‘azabidan saqlab qolish va itoatkorlik siyosatlarini davom ettirish uchun shubhali ittifoqlarga kirishishdan iborat.

Shubhasiz, bunday harbiy manevrlar olib borish qo‘rqoq yahudiy vujudiga hargiz biror qo‘shimcha kuch-qudrat keltirmaydi. Yo‘q, bu kabi provokatsion manevrlar Marokashdagi xoin rejimning tezroq ag‘darilishiga hamda Marokash ahlining sobiq zamonlariga tezroq qaytishlariga hissa qo‘shadi. Ma’lumki, ular ilgari Aqsoning axyor qo‘riqchilari bo‘lib, Falastinni ozod etishga yuksak shijoat ko‘rsatganlar.

Roya gazetasining 2021 yil 14 iyul chorshanba kungi 347-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.