Ey Sharqiy Sudan ahli, mustamlakachining tuzog‘idan saqlaning!

325
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ey Sharqiy Sudan ahli, mustamlakachining tuzog‘idan saqlaning!

Sharqiy Sudandagi nozir Muhammad Amin Tirak etakchiligidagi «Baja xalqi nozirligi va mustaqil oqsoqollik Oliy kengashi» Portsudan bilan boshqa shaharlarni bog‘lovchi milliy magistral va poezd yo‘llarini to‘sish orqali hukumatga qarshi norozilik harakatlarini kuchaytirdi.

O‘z navbatida, Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati matbuot bo‘limi bayonot nashr qilib, Sharqiy Sudandagi sof niyatli aholini mustamlakachi kofirning bu kabi tuzog‘iga ilinib qolishdan ogohlikka chaqirib, jumladan quyidagilarni ta’kidladi:

«Hukumat o‘z vazifasini ado qilmog‘i darkor. Zero, hukumatning vazifasi butun Sudan ahlining, shu jumladan, yurt sharqi aholisining ishlarini boshqarish va muammolarini echish, asosiy ehtiyojlarini qondirib, fitna olovi yoqilishiga sabab bo‘luvchi har qanday narsalarni yo‘q qilishdan iborat.

Qabila deganda hokimiyatga chiqish yoki biror mansabni egallash tushunilmaydi. Balki qabilani Islom insonlar uchun bir-birlari bilan tanishishlari va silai rahm qilishlari uchun yaxshilik darvozasi qilib bergan. Bas, siz rahbarlar, qabilani o‘zaro qirpichoq bo‘linadigan yovuzlik o‘chog‘iga aylantirmanglar».

Bayonotda yana rasmiy yuqori mansablarni egallash yoki hayotiy muammolarni hal etish uchun tarafkashlik va mintaqachilik yo‘lini tutish noto‘g‘ri ekani aytildi. Balki, har qanday lavozimga insonlar rang, irq yoki qabilalaridan qat’iy nazar, qobiliyat va iqtidorlari asosida o‘tmoqlari va muammolar Islom ahkomlari asosida echilmog‘i kerakligi ta’kidlandi. Matbuot bayonotida yana bunday deyildi:

«Biz Sharqiy Sudandagi ahlimizni avtonomiya g‘oyasidan hamda o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan ogohlantiramiz. Chunki bu narsa mustamlakachining Sudanni parchalashda ishlatadigan zaharli xanjaridir. Bu g‘oya birinchi janubda boshlanib, janubni sharqdan bo‘lishga xizmat qildi. Mana bugun esa, Sudanning boshqa qismidagi malay hukmdorlaru siyosatchilar yana shu fikrdan foydalanib, yurtni bo‘lib, parchalab tashlashga urinishyapti. Zotan, birlik farzdir va kuchdir. Bo‘linish esa, ma’siyat, zaiflik va Ummatga xiyonatdir».

Bayonot so‘nggida Sudan ahlini nafaqat yurt sharqi va boshqa mintaqalardagi, balki butun olamdagi bu kabi fitnalarni yo‘q qilish uchun birgalikda harakat qilishga chaqirildi. Buning yagona yo‘li Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatidagi islomiy boshqaruvni barpo etishdan iboratligi ta’kidlandi.

Roya gazetasining 2021 yil 14 iyul chorshanba kungi 347-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.