Pokiston rejimi yurtdagi ulkan potentsiallarni AQShning Afg‘onistondagi nufuzini saqlab qolishga sovurmoqda

289
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Pokiston rejimi yurtdagi ulkan potentsiallarni AQShning Afg‘onistondagi nufuzini saqlab qolishga sovurmoqda

Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati matbuot bo‘limi bayonot nashr qilib, unda yurtdagi siyosiy va harbiy rahbariyatning mustamlakachi kofirlar (AQSh va Xitoy) bilan do‘stlashish yo‘lidan ketayotganini, ikkala rahbariyatning ham Pokistondagi ulkan potentsiallarni Amerikaning Afg‘onistondagi nufuzini saqlab qolish yo‘liga sarflayotganini ta’kidladi. Shuningdek, bayonotda Pokistondagi yirik potentsiallarning malay afg‘on hukumatini mudofaa qilishga va Qobulning ozod etilishini oldini olishga sovurilmasligi kerakligi aytildi. Bayonot so‘nggida bunday deyildi:

«Bajva-Imron hukumati AQSh va Xitoy kabi Islom dushmanlari bilan do‘stlashishdan boshqa biror siyosiy tushunchaga ega emas. Bizning zaifligimizga yurtlarimizda harbiy va iqtisodiy resurslarning etishmasligi sabab emas. Axir, bizni Islom ahkomlariga ergashgan holda, Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Pokiston va boshqa islomiy yurtlarimizni yagona Xalifalik soyasida birlashtirishdan nima man qilmoqda?!».

Roya gazetasining 2021 yil 14 iyul chorshanba kungi 347-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.