بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Turkiya-Rossiya uchrashuvi zohirda ziddiyat aslida ittifoqdir
Umariy masjidi maydonida juma namozidan so‘ng Dar’a shahrining yuzlab aholisi xalq norozilik namoyishini o‘tkazdilar. Bu namoyish rejim, uning kuchlari va yollangan askarlarining aholiga bosim o‘tkazish va yakka tartibdagi qurollarini topshirishga majburlash uchun mintaqa bo‘ylab o‘rnatgan qamallariga qarshi o‘tkazildi. Zero, yurt ahli qurollarni topshirishni rad qilib kelmoqda.
Bir kun oldin, payshanba kuni Hizb ut-Tahrir a’zolari Shimoliy Idlibda «Hivrondagi ahlimizning aytar so‘zi: jonimizni beramizu ammo qurollarimizni bermaymiz» nomli namoyish uyushtirdilar. G‘arbiy Ato qishlog‘i qarshisidagi Atma qochqinlar lagerida o‘tkazilgan ushbu namoyishda quyidagi so‘zlar yozilgan ko‘plab plakatlar ko‘tarib chiqildi: «Xoinlik kelishuvi Dar’aga zarba berdi, bugun esa, Turkiya-Rossiya uchrashuvi zohirda ziddiyat, aslida ittifoqdir», «Dar’ada jangchi guruhlar qurollarini topshirgandan so‘ng, endi Dar’aning o‘zini topshirish talab qilinmoqda». Yana bir plakatda ushbu oyati karima yozildi:
وَدَّ الَّذِينَ كَفَرُوا لَوْ تَغْفُلُونَ عَنْ أَسْلِحَتِكُمْ وَأَمْتِعَتِكُمْ فَيَمِيلُونَ عَلَيْكُمْ مَيْلَةً وَاحِدَةً
«Kofirlar sizlar qurol-yarog‘ va asbob-anjomlaringizdan g‘aflatda bo‘lgan paytingizda ustingizga birdaniga hamla qilishni istaydilar» [Niso 102]
Roya gazetasining 2021 yil 7 iyul chorshanba kungi 346-sonidan