Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zaminidan rejim olovida jizg‘inak bo‘layotganlarga ochiq xat

251
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zaminidan rejim olovida jizg‘inak bo‘layotganlarga ochiq xat

Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini ushbu muborak yurtdagi barcha ahlimizga ochiq xat yo‘llab, quyidagilarni ta’kidladi:

«Falastin ma’muriyati imzolagan vaktsina bitimi sababli minglab insonning qurbon bo‘lishiga bir baxya qolganligi… va bu bitim ortidan Nizor Banotga suiqasd qilinishi juda qattiq jinoyat bo‘ldi. Ayni hodisa qotillari va jinoyatchilarini sudga tortilishini talab qilib chiqqanlarga nisbatan Falastin ma’muriyatining munosabati esa, bundan ham katta jinoyatdir… Chunki u namoyishchilarga hujum qilib, qonlarini to‘kdi, ko‘chada o‘zlarini sudrab yurdi».

Maktubda Falastindagi fraktsiyalar, tashkilotlar, sudьyalar, huquq posbonlari, mahalla faollari va nufuzli shaxslarga murojaat qilinib, bunday deyildi:

«Bu adovatchi zolimlarni qo‘lidan ushlab, haqqa egib qo‘yishga sizlar javobgarsiz. Diningiz oldidagi mas’uliyatingiz sizni rejim jinoyatlariga qarshi turib, undan hisob talab qilishni buyuradi…

Biz xavfsizlik xizmati xodimlarining rejimdagi bu jinoyatchi va korruptsiyachilarni mudofaa qilayotganidan afsusdamiz. Shuning uchun ularga sidqidildan murojaat qilib, o‘z dinlari va Ummati tomonga o‘tishga chaqiramiz. Ammo na dinni va na birodarlikni biladigan hamda hokimiyatdagi korruptsiyachilarni himoya qilayotgan anavi jinoyatkorlarga kelsak, siz Allohning azobi va intiqomidan ularni uzoqda, deb o‘ylamang».

Maktub so‘nggida ularga quyidagilar ta’kidlandi:

Ushbu muborak zaminni bosqinchi yahudiylardan ozod etmoq roshid Xalifalikni barpo etish yo‘lida Islom Ummati va qo‘shinlaridan nusrat talab qilishda o‘z aksini topadi. Shunday ekan, siz kuchlaringiz va sa’y-harakatingizni birlashtirmog‘ingiz darkor. Bundan tashqari, dushmanlarimiz va ularning qo‘g‘irchoqlariyu malaylari rolidan ehtiyot bo‘ling. Ularning dushmanlarimizdan olgan jinoyatkorona loyihalari yoki ikki davlat echimlaridan saqlaning. Bu jinoyatchilarga mutlaqo qiyo boqmang va barcha sa’y-harakatingizni Ummatingiz bilan bog‘lab, Allohning mustahkam arqonini mahkam ushlang».

Roya gazetasining 2021 yil 7 iyul chorshanba kungi 346-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.