AQSh Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi taranglikni yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlarni olqishladi
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasida o‘zaro muammolarini hal etish choralarini izlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni dastakladi qo‘llab-quvvatladi.
Tojikiston va AQSh tashqi ishlar vazirliklariga ko‘ra, Sirojiddin Muhriddinov bilan Entoni Blinken o‘rtasida telefon orqali muloqot 1 iyun kuni o‘tkazilgan. AQSh Davlat departamenti vakili Ned Prays muloqot chog‘ida Entoni Blinken o‘z mamlakati bundan buyon ham Tojikistonning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini dastaklashini aytgani haqida ma’lum qilgan.
Unga ko‘ra, Blinken Sirojiddin Muhriddinov bilan suhbatda mintaqaviy xavfsizlik sohasida etakchiligi, Afg‘oniston bilan tinchlik muzokaralarini qo‘llab-quvvatlagani va terrorizmga qarshi kurashdagi doimiy hamkorligi uchun Tojikistonga minnatdorlik bildirgan.
AQSh hukumati Tojikistonda chegara o‘tkazish maskanlarini qurish va rekonstruktsiya qilishga o‘z hissasini qo‘shib, mamlakatga harbiy texnika va transport vositalarini taqdim etgan.
Izoh: Amerika Qo‘shma Shtatlari Tojikistonga moliyaviy yordam berayotgan asosiy davlatlardan biri hisoblanadi. Berilayotgan moliyaviy yordamlar asosan Tojikiston huquq-tartibot xodimlarini tayyorlovdan o‘tkazish, chegaralarni mustahkamlash va harbiy maqsadlarda sarflanadi.
2018-yili AQSh hukumati tojik xavfsizlik idoralariga umumiy qiymati 8 million dollari (75,3 million somoniy)dan oshadigan jihozlar topshirgan edi.
Taqdim etilgan jihozlar “chegarachilar va Mudofaa vazirligiga Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegaradosh Xatlon viloyatidagi noqonuniy aylanma yo‘llar uchun zamonaviy to‘siqlar barpo etishga yordam beradi, taktik mashinalar esa hududning patrul nazoratini kengaytiradi”, – deyilgan edi e’lon qilingan rasmiy bayonotda. Bayonotda shuningdek, o‘tgan 26 yil ichida, Qo‘shma Shtatlar Tojikistonga “1,8 milliard AQSh dollariga (16,9 milliard somoniy) teng yordam taqdim etgan”i ta’kidlangan edi.
Guvohi bo‘lib turganimizdek, mustamlakachi davlatlarning ko‘rsatadigan yordami ham, bildiradigan hamdardligi ham musulmon yurtlarini bo‘lib-ajratish, o‘rtalaridagi sun’iy chegaralarni yanada mustahkamlash, “mustaqilligi” va “hududiy yaxlitligini dastaklash” hamda boshqa bir mustamlakachining ziddiga o‘z nufuzini kuchaytirishdan iborat. AQSh Markaziy Osiyo davlatlaridagi iqtisodiy qashshoqlikdan foydalanib, ularga iqtisodiy, siyosiy va harbiy tomonlama ulkan sharaitlar yaratib bera olishi mumkinligini namoyon qiladi. U Rossiya qilib bera olmaydigan, katta mablag‘lar talab qiladigan loyihalarni taklif qiladi. Bu orqali AQSh Tojikistonni o‘z ta’siri ostiga torta olmasa ham uni Rossiya bilan o‘rtasini bir qadar sovuqlashtirishga harakat qiladi. Sababi Tojikiston Rossiya nufuzi va ta’siri ostidagi davlatlar safida bo‘lib, AQSh tomonidan ko‘rsatiladigan mulozamatlar yoki moliyaviy yordamlar uni fitnalantirishiga bo‘lgan harakatdir.
Abdurahmon Odilov