Jahon banki svet narhining ko‘tarilishini qo‘llab-quvvatladi
Jahon banki Qirg‘iziston hukumati bilan birgalikda mamlakatda elektr energiyasi tarifini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi. Bu haqda bankning Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Bьerde ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tariflar energetika tarmog‘dagi harajatlarni qoplash uchun o‘zgartirilmoqda.
«Jahon banki bu harajatlarni qoplash uchun tashlangan qadam bo‘lgani sababli qo‘llab-quvvatladi. Arzon tariflar kerakli miqdordan ko‘proq iste’mol qilishga undaydi. Biz uning o‘zgarishini qo‘llab-quvvatlaymiz», – dedi Bьerde.
Bunga qadar prezident Sadir Japarov elektr energiyasi tariflarini o‘zgartirishni taklif qilgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay tariflar oshirilishini qo‘llab-quvvatlagan Jahon banki Qirg‘izistonga koronavirusga qarshi kurashish uchun 20 million dollar ajratadigan bo‘ldi. Ushbu mablag‘ Xitoy vaktsinasini sotib olishga sarflanadi.
Aslida Jahon banki bu harakati orqali Qirg‘izistonning eksportga mos, importga raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishining oldini olmoqchi. Chunki, mamlakatda svetning ko‘tarilishi mahsulotlar narhining oshishiga olib keladi. Natijada arzon horijiy tovarlar bilan raqobat qila olmaydigan mahalliy kompaniyalar bankrot bo‘ladi. Mana shu maqsadda, dastlab 1997-yili «Qirg‘izenergo» kompaniyasi Jahon banki taklifi bilan uchga bo‘lingan. Buning natijasida energetika tarmog‘iga xususiy kompaniyalar jalb qilinib, tariflar ko‘tarila boshladi. Masalan, «Elektr stantsiyalari» korxonasi GESlarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining narhini turli xil firibgarliklar orqali hisoblab chiqadi va o‘rtadagi farq tegishli amaldorlarning chap cho‘ntagiga tushadi. Boshqa tomondan kapitalizm tabiatiga muvofiq, GESlarni xususiylashtirish va korxonani bankrot qilish maqsadida yil sayin xarajatlar oshirib hisoblanadi. Japarovning davlat mulklarini xususiylashtirish maqsadi ham aynan energetika tarmog‘iga qaratilgan.
Tariflarning oshishiga «Elektr stantsiyalari»dan tashqari «Elektr tarmoqlari» aktsiyadorlik jamiyati ham o‘z hissasini qo‘shadi. Masalan, «tabiiy yo‘qotishlar»ni 5% atrofida hisoblaydi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalarining tabiiy yo‘qotishi 1% atrofida bo‘ladi. Demak, bu o‘rinda «yo‘qotilgan» 4% elektr energiyasini amaldorlar chet davlatlarga sotib yuborishadi.
Taqsimlovchi kompaniyalar esa elektr energiyasini 35 tiyindan 42 tiyingacha sotib oladi. Bularning ichidan davlat korxonalari “tabiiy yo‘qotishlar” bahonasi bilan urib qoladi. Bir vaqtlar bunday yo‘qotishlar 50%ga qadar chiqqan. Hozirda bu 22% atrofida ekanligi aytilmoqda. Bu esa 3 milliard kVt soat, aniqroq aytganda, butun boshli Kurpsoy GESi ishlab chiqayotgan elektr energiyasi nom-nishonsiz yo‘qolishini bildiradi. Xususiy kompaniyalarda esa “tabiiy yo‘qotishlar” deyarli bo‘lmaydi.
Mamlakatda taqsimlovchi kompaniyalardan tashqari, ularning xaridori bo‘lgan vositachi kompaniyalar ham faoliyat olib boradi. Ushbu vositachi xususiy korxonalar ham hanuzgacha xalq hisobidan kun kechirib kelmoqda. Ularning aksariyati bir vaqtlar taransformatorlar va elektr uzatish liniyalarini arzon narhda xususiylashtirib olishgan. Ularning har biri avvalgi yoki keyingi energetika tarmog‘i amaldorlariga tegishli.
Bundan tashqari, amaldorlar sug‘orish mavsumida O‘zbekiston va Qozog‘istonga suv sotib ham pul ishlashadi. Qish mavsumida esa Qozog‘istondan elektr energiyasi sotib olish bo‘yicha shartnomalar imzolashib eng ichida yana pul ishlashadi.
1992-yildan beri energetika tarmog‘iga xorijiy kreditlar, ssudalar, grantlar va mahalliy byudjetdan 2 milliard dollarga yaqin sarmoya kiritildi. Biroq, shu kunga qadar ushbu tarmoq elektr energiyasi taqchilligidan xalos bo‘lmadi.
Har bir kelgan yangi hukumat bunday chigal korruptsiya sxemalarini yo‘q qilish o‘rniga tariflarni oshirish orqali xalq terisidan kamar tikishga harakat qilmoqda. Natijada oddiy xalq ichkaridagi mahalliy kapitalistlar va xalqaro kapitalistik tashkilotlar zulmidan azob chekib kelmoqda.
Aslida, elektr energiyasi umumiy mulk bo‘lib, Islomda unga davlat yoki xususiy kompaniyalar egalik qilishi mumkin emas. Uning foydasi yoki undan olinadigan daromad har bir fuqaroga etib borishi zarur. Islomda elektr energiyasi xalqqa faqat tannarxi evaziga etkazib beriladi. Chet elga energiya sotishdan tushgan mablag‘ esa xalqqa bo‘lib beriladi.
Demak, xalq kapitalizmdan voz kechish va Islomni tiklashga harakat qilgan etakchilar orqaligina bunday xor holatdan chiqa oladi.
Mumtoz Movaraunnaxriy