Ey musulmonlar qo‘shinlari, orangizda birorta aqli raso kishi yo‘qmi?!

337
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ey musulmonlar qo‘shinlari, orangizda birorta aqli raso kishi yo‘qmi?!

G‘azo, Quddus va butun Falastin yahudiylar olovida yonmoqda, sizlar esa jimsiz!

Badbashara yahudiy vujudi o‘zining vahshiyona hujumini butun Falastinga, xususan, Rosululloh ﷺning Isro maskaniga va mard o‘g‘lonlar bilan to‘lib toshgan G‘azo sektoriga qadar kengaytirdi. U qonlarni oqizib, dov-daraxtlarni yoqmoqda, Falastin ahlidan juda ko‘pchilikni yarador qilmoqda. Islomiy yurtlardagi hukmdorlar esa, shahidlar va yaradorlarni sanash bilan band. Ularning yahudiy vujudini qoralovchi bayonotlari ham uni noqulay vaziyatga tushirib qo‘ymaydigan juda xijolatomuz so‘zlardan iborat bo‘lyapti. Mana shunday bir paytda, qo‘shinlar o‘z qo‘mondonlariga itoat qilib, sukut saqlashmoqda. Go‘yo ular Alloh Taoloning quyidagi oyatlardagi so‘zlarini unutishgan yoki o‘zlarini unutganga solishmoqda:

وَقَالُوا رَبَّنَا إِنَّا أَطَعْنَا سَادَتَنَا وَكُبَرَاءَنَا فَأَضَلُّونَا السَّبِيلَا

«Ular: Parvardigoro, darhaqiqat bizlar boshliqlarimizga va kattalarimizga bo‘ysundik, bas ular bizlarni (to‘g‘ri) yo‘ldan ozdirdilar, dedilar» [Ahzob 67]

إِذْ تَبَرَّأَ الَّذِينَ اتُّبِعُوا مِنَ الَّذِينَ اتَّبَعُوا وَرَأَوُا الْعَذَابَ وَتَقَطَّعَتْ بِهِمُ الْأَسْبَابُ

«U kunda peshvolar ergashuvchilardan tonadilar va hammalari azobni (ko‘zlari bilan) ko‘radilar. (U kunda ularni bog‘lab turadigan) bahonayu sabablar uziladi»         [Baqara 166]

Ey musulmonlar qo‘shinlari!

Orangizda birorta aqli raso kishi yo‘qmi?! Yahudiylarning muborak zamindagi vahshiyona hujumini ko‘rib-eshitib turib, tomiringizda qon qaynamayaptimi? Qanday qilib zolim tog‘ut hukmdorlarga ergashyapsiz? Harakatga kelmaysizmi? Qur’oni Karimni o‘qib, zolimlarga ergashish katta gunoh va og‘ir azob ekanini anglamadingizmi?

وَلَا تَرْكَنُوا إِلَى الَّذِينَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمُ النَّارُ وَمَا لَكُمْ مِنْ دُونِ اللَّهِ مِنْ أَوْلِيَاءَ ثُمَّ لَا تُنْصَرُونَ

«Zulm yo‘lini tutgan kimsalarga berilib ketmanglar (ergashmanglar). Aks holda sizlarga do‘zax o‘ti etar. Sizlar uchun Allohdan o‘zga biron do‘st yo‘qdir. Keyin (ya’ni zolimlarga ergashsangiz) sizlarga yordam berilmas» [Hud 113]

Ey musulmonlar qo‘shinlari!

Falastindagi birodarlaringiz tunu kun yahudiylar hujumiga uchrab turgan bir paytda qaerda qoldingiz? Sizlar qaerdasiz?! Illatning manbai va falokatlar sababchisi bo‘lgan bu bosqinchi vujudni yo‘q qilish uchun nega Falastindagi jangga boshchilik qilmaysiz, nega Falastin ahlining qo‘lidan tutmaysiz? Jang qilishga yuragi botinolmaydigan bu vujud qanday qilib qarshingizda tik turibdi:

لَنْ يَضُرُّوكُمْ إِلَّا أَذًى وَإِنْ يُقَاتِلُوكُمْ يُوَلُّوكُمُ الْأَدْبَارَ ثُمَّ لَا يُنْصَرُونَ

«Ular sizlarga ozor berishdan boshqa hech qanday zarar etkaza olmaydilar. Agar sizlar bilan urishsalar, ketlariga qarab qochadilar. So‘ngra ularga (hech kim tomonidan) yordam berilmaydi» [Oli Imron 111]

Mo‘min ajdodlaringiz amalga oshirgan ishlarda sizlar uchun saboq bor. Zero, yahudiylar to‘dasi Islom zaminiga va musulmonlarning muqaddas dargohlariga hujum qilgan paytda, ajdodlaringiz ularni umuman mensimasdan, osongina mag‘lub qilganlar. Chunki yahudiylar Allohning nazdida ham, bandalari nazdida ham shunday bir past-razil xalqki, ular ikki qiblaning birinchisiga joylashib olishga, bu muborak zaminda o‘zlari uchun bir davlat qurib olishga loyiq emas. Siz bo‘lsangiz, Falastin atrofiga harbiy bazalaringizni o‘rnatib, kuzatib, jim turibsiz!

Ey musulmonlar qo‘shinlari!

Nahotki orangizda aqli raso kishi yo‘q bo‘lsa, nahotki Falastinni bosib olgan yahudiylar vujudini yo‘q qilish sizlarning chavandozligingiz ostidagi jang bilangina amalga oshishini biladigan inson qolmagan bo‘lsa? Hukmdorlarga itoat qilib, harakatga kelmay, ularning qo‘rqa-pisa yahudiylar hujumini qoralab qo‘yishi bilan kifoyalanishingiz, bu vujudni yo‘q qilishga kifoya qilmaydi. Bu hukmdorlar yahudiy vujudini saqlab qolishga hatto yahudiylarning o‘zlaridan ham ko‘proq jon kuydirishmoqda. Yahudiylarning bombardimonchi samolyotlari G‘azoga har tarafdan zarba berayotgan, ularning kuchlari va askarlari Shayx Jarrohda musulmonlar uylarini qurshovga olgan va yahudiy to‘dalari askarlar hamrohligida Aqsoga hujum qilgan bir paytda hukmdorlar tomonidan berilgan bayonotlarni eshitish bilan bu hukmdorlarning kimligini va qandayligini bilib olsangiz bo‘ladi.

Mana, Turkiya prezidenti va Iordaniya qiroli (Isroil) hujumlarini to‘xtatish uchun hamkorlikning muhim ekanini ta’kidlashdi… Turkiya prezidenti (Isroil)ga bosim o‘tkazish uchun faol diplomatik qadamlarni tashladi…

Saudiya Aqso masjidiga qarshi hujumni keskin iboralar bilan qoraladi…

Abu Dabi valiahd shahzodasi Quddusdagi zo‘ravonlik va nafratning barcha turlarini qoralashini ta’kidladi.

Misr Aqso masjidiga bostirib kirish xalqaro qonunga zidligini aytib, bu ishni qoraladi.

Shuningdek, Misr Hamas bilan yahudiylarni o‘q otishni to‘xtatishga chaqirdi…

Pokiston (Isroil) hujumlarini qoraladi…

Islom Hamkorlik Tashkiloti bosh kotibi Aqso va Quddusdagi murobitlar qat’iyatini maqtadi…

Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif Falastin masalasining birdan-bir adolatli echimi, uni ushbu zamin farzandlari irodasiga va xalq referendumiga havola qilishdan iboratligini bildirdi…

Kuvayt amiri bu hujumlarni qoralashini bildirdi…

Iordaniya tashqi ishlar vaziri «Biz Shayx Jarroh aholisini ko‘chirmaslik uchun xalqaro miqyosda, shu jumladan Vashington bilan so‘zlashuvlar o‘tkazdik», dedi…

Iordaniya «Biz (Isroil)ning G‘azoga qarshi harbiy amaliyot uyushtirish haqidagi e’lonini qoralaymiz va xalqaro harakatni oydinlashtirish uchun birodarlarimiz bilan harakatlarimizni muvofiqlashtiramiz», dedi…

Arab davlatlari Ligasi favqulodda yig‘in o‘tkazishga chaqirdi…

Islomiy Hamkorlik tashkiloti ham favqulodda yig‘in o‘tkazishga chaqirdi… Va hokazo va hokazo…

Bu – ularning pozitsiyalaridir. Yahudiylarning jinoyatlariga qarshi beriladigan javob faqatgina yahudiy vujudini yo‘q qilish uchun qo‘shinlarni harakatga keltirish va Falastinni to‘liq Islom diyoriga qaytarishdan iborat ekanini birorta aqli raso inson tushunmasligi mumkinmi?! Yahudiylar hujumiga barham berish quruq qoralashlar orqali hamda bu iflos davlatning paydo bo‘lishi ortida turgan xalqaro hamjamiyatga yolvorish bilan bo‘lmasligini birorta aql-farosatli odam tushunmasligi mumkinmi? Falastin masalasi hal qilish uchun referendumga muhtoj bo‘lgan tushunarsiz narsami?! Bunday xorlik hamda qo‘shinlarni kazarmalarda ushlab turish bu dunyoda sharmandalikni, oxiratda esa alamli azobni keltirmaydimi?!

Ey musulmonlar!  

Qo‘shin safidagilar sizlarning farzandlaringiz, aka-ukalaringiz, qo‘shnilaringiz va yor-birodarlaringizdir. Ular sizlarning orangizda yashamoqdalar va ularga sizlar ta’sir o‘tkazasiz… Qanday qilib ular muborak zaminga va Rosululloh ﷺning Isro maskaniga nusrat bermay o‘tirishibdi?! Dunyo sharmandaligini va oxirat azobini sizlardan ham, o‘zlaridan ham olib tashlash shu askarlarning qo‘lida bo‘lib, bu ulkan g‘alabadir. Sizlar ularni zudlik bilan Falastindagi o‘z birodarlariga yordam berish orqali Robbilarini rozi qilishga va shon-sharaflarini tiklashga chaqiring. Ular o‘z nusrat-yordamlarini tog‘ut hukmdorlarni qulatish hamda Islom boshqaruvi bo‘lmish roshid Xalifalikni barpo etish darajasiga etkazsinlar. Zero, Xalifalik Ummatning Alloh Taolo Qur’onda sifatlagan eng yaxshi ummatlik maqomini qayta tiklaydi. Alloh Subhanahu bunday degan:

كُنْتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنْكَرِ وَتُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ

«(Ey ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan ummatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz. Zero sizlar ma’rufga buyurib, munkardan qaytarasiz va Allohga imon keltirasiz. Agar ahli kitob ham imon keltirganda edi, o‘zlari uchun yaxshi bo‘lardi. Ulardan mo‘minlari ham bor va (lekin) ularning ko‘plari itoatsiz kimsalardir» [Oli Imron 110]

Mana shulardan keyin qarshimizda Allohning dushmanlari turolmay qoladi, faqat xor va tiz cho‘kkan holda turadilar. Peshonasiga xorlik va bechoralik bitib qo‘yilgan faqat yahudiylar emas, balki er yuzida buzg‘unchilik qilish harakatida yuradigan barcha tog‘utlar ham qarshimizda xor bo‘lib, tiz cho‘kadilar. Shu bilan Islom va musulmonlar kuchli-qudratli bo‘lib, butun er yuziga ezgulik keng yoyiladi. Bu Allohning izni bilan albatta amalga oshadi.

Imom Ahmad o‘zining musnadida Sulaym ibn Omirdan ushbu rivoyatni ishlab chiqqan: Miqdod ibn Asvaddan eshitishimcha, Rosululloh ﷺ bunday deganlar:

«لَا يَبْقَى عَلَى ظَهْرِ الْأَرْضِ بَيْتُ مَدَرٍ وَلَا وَبَرٍ إِلَّا أَدْخَلَهُ اللَّهُ كَلِمَةَ الْإِسْلَامِ بِعِزِّ عَزِيزٍ أَوْ ذُلِّ ذَلِيلٍ إِمَّا يُعِزُّهُمْ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ فَيَجْعَلُهُمْ مِنْ أَهْلِهَا أَوْ يُذِلُّهُمْ فَيَدِينُونَ لَهَا»

«Er yuzida Alloh Taolo Islom kalimasini xorning xorligi, azizning azizligi bilan kiritmagan bironta ham o‘trog‘u ko‘chmanchining xonadoni qolmaydi. Alloh Azza va Jalla ularni yo kuchli qilib kalimago‘y ahlga aylantiradi yoki tiz cho‘ktirib itoat qildiradi».

Hizb ut-Tahrir

29 ramazon 1442h

11 may 2021m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.