Aqso masjidi islomiy armiyalarga faryod qilib, zobitlardan nusrat berish va ozod etishni so‘ramoqda
Muborak Ramazon oyining yigirma sakkizinchi kuni zolim bosqinchi yahudiy kuchlari Aqso masjidiga bostirib kirib, namozxonlarga hujum qildi. Maqsadlari, masjidda e’tikofda o‘tirgan musulmonlarni chiqarib tashlab, yahudiylarning «quddus kuni», deya nomlangan bayramlarini o‘tkazish va talmudiy marosimlarini bajarib, masjid maydonlarini bulg‘ash edi. Bosqinchilar Aqsodagi musulmonlarga qarata ovozli va gazli granatalar hamda rezina o‘qlarini yog‘dirishdi… Aqso namozgohida namoz o‘qiyotganlarni qurshovga olib, maydonni bo‘shatish uchun odamlarni quvib kaltaklashdi. Oqibatda ulardan 200dan ziyodi yaralandi. Bir vaqtning o‘zida, yahudiylar Aqsoning g‘arbiy darvozasidan kirib, maydonlarini egallashga urinmoqda.
Ushbu jinoyatlar jonli efirlarda keng tarqalar ekan, butun dunyo buni ko‘rib-eshitib turibdi. Asosan, musulmon yurtlari hukmdorlari ham, o‘zlarini muqaddas dargohlar homiylari, deya da’vo qilayotganlar ham, musulmon yurtlari armiyalari ham, hammasi ko‘rib-eshitib miq etmay turishibdi. Ular ikki qiblaning birinchisi va Rosulullohning Isro maskani bo‘lmish Aqso masjidiga yordam berayotganlari yo‘q. Jinoyatchi hukmdorlar Xavfsizlik Kengashi kabi mustamlakachilar iniga yoki Arab davlatlari Ligasi kabi sotqinlar tashkilotiga murojaat qilib, xoinlarcha chaqiriq yo‘llash bilangina kifoyalanishmoqda!
Falastin ahlini xalqaro himoya bilan ta’minlashga chaqirish juda-juda yomon xoinlikdir. Chunki bu narsa yahudiy vujudini mustahkamlashni hamda u erdagi bosqinchilikni xalqaro bosqinchilikka aylantirishni anglatadi. Islomga qarshi kurashadigan va unga dushman bo‘lgan xalqaro hamjamiyatga va xalqaro muassasalarga murojaat qilish, Falastinni ozod etishga qodir bo‘lgan musulmonlar armiyalariga esa, murojaat qilmaslik – ta’riflab bo‘lmas xoinlik va adashtirishdir. Musulmon yurtlaridagi xoinlar to‘dasi va Falastin rahbariyati Arab davlatlari ligasi yig‘inini o‘tkazishga da’vat qilayotgan ekan, bu ularning Falastin masalasini to‘g‘ri yo‘nalishidan burib, yo‘q qilishga qaratilgan navbatdagi til biriktiruvlaridir.
Falastin masalasini Islom va Islomiy Ummatga qaytarishga hamda Ummat va uning armiyasini yahudiy vujudini ildizi bilan qo‘porib tashlash sari harakatga kelishga chaqirish Falastinni ozod etishga qaratilgan haqiqiy chaqiriq hisoblanadi. Allohga, Uning Rosuliga va mo‘minlarga xiyonat qilgan hukmdorlar to‘dasigina armiyalarni Allohning yo‘lida jihod qilishdan va ushbu muborak yurishdan to‘smoqdalar. Shu bois, mana shu razil malay rahbarlar to‘dasini ag‘darish, ortidan muborak zaminni ozod etish va bosqinchi yahudiylardan tozalash sari Ummat armiyalarini takbir sadolari ostida zudlik bilan harakatga kelishga chaqirish lozimki, ayni mana shu chaqiriq Aqso masjidini ozod etishga bo‘lgan haqiqiy chaqiriqdir. Shuning uchun biz murojaatimizni Iordaniya, Turkiya, Misr, Sudan, Jazoir, Indoneziya, Pokiston, Hijoz va boshqa musulmon yurtlaridagi armiya safidagi aka-ukalarimizga yo‘llaymiz:
Aqsoga nusrat berish va Quddusi sharifni ozod etishga qo‘zg‘aling…
Ey musulmon zobitlar, yahudiy vujudini ildizi bilan qo‘porib, Rosululloh ﷺning Isro maskanini ozod etishga qo‘zg‘aling.
يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا مَا لَكُمْ إِذَا قِيلَ لَكُمْ انْفِرُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ اثَّاقَلْتُمْ إِلَى الْأَرْضِ أَرَضِيتُمْ بِالْحَيَاةِ الدُّنْيَا مِنْ الْآخِرَةِ فَمَا مَتَاعُ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا فِي الْآخِرَةِ إلاَّ قَلِيلٌ
«Ey mo‘minlar, sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida (jihodga) chiqinglar, deyilsa, o‘z eringizga (ya’ni, yurtingizga) yopishib oldingiz?! Oxirat (ne’matlari)dan yuz o‘girib, hayoti dunyo (lazzatlari)ga rozi bo‘lurmisiz?! Oxirat oldida bu dunyo matosi juda oz narsa-ku?!» [Tavba 38]