Muborak Ramazon hayiti tabrigi

391
0

Muborak Ramazon hayiti tabrigi

Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar … laa ilaha illalloh, Allohu akbar, Allohu akbar… va lillaxil hamd…

 Allohga hamd bo‘lsin. Allohning Rosuli sollalohu alayhi va sallamga, ul zotning oilalari, sahobalari va ul zot bilan do‘st bo‘lganlarga hamda ul zotga ergashib, yo‘lidan yurgan, Islom aqidasini o‘zining fikratiga asos qilib olgan, shar’iy ahkomlarni esa amallariga o‘lchov va hukmlariga manba qilgan zotlarga salotu salomlar bo‘lsin, ammo ba’d:

 Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Qirg‘izistonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir jamoati Siz azizlarni va sizlar orqali er yuzidagi jamiyki musulmonlarni Muborak Ramazon Hayiti bilan muborakbod etadi. Rahimli va Mehribon Alloh taolo o‘tgan Ramazon oyida qilgan amallarimizni ajru mukofotlarga boy qilsin! Bu oyda qilgan hayrli amallarimiz bundan keyin ham davomli bo‘lsin. Hayotdagi har bir amalimiz Allohning roziligi tomon yo‘nalsin! Allohning roziligi uchun yashash hayotimizdagi asl g‘oya bo‘lib qolsin!

 Qodir Alloh butun Islom Ummatini Islomda jamlab, qalblarini birlashtirsin. Butun dunyodagi mazlum va mazluma birodarlarimizga, shu jumladan, muborak Ramazon oyida yahudlar tajovuziga qarshi kurashayotgan shijoatli Falastin musulmonlariga, kofirlarni mudhish tazyiqlari ostida Allohdan ofiyat so‘rayotgan musulmonlarga ham bu ulug‘ bayramlarni o‘z oilalari bag‘rida, yaqinlari quchog‘ida bayram sururidan bahramand bo‘lishlarini nasib ayla. Sendan yolvorib so‘raymiz Parvardigorim, bu aziz Ummatga azizligini qaytar, Ummatni boshini birlashtirib ixtilofotlarini ko‘taradigan yagona Xalifalik davlatimiz bo‘lishini bizlarga nasib et. Shu da’vatlarni ko‘tarib chiqayotgan birodarlarimizni dunyoyu oxiratda sabotli qil. Bizlarni ham bu ezgu ishlarda peshqadamlardan qil.

 Alloh Subhanahudan bizlarni ushbu fazilatli Ramazon oyida do‘zahdan ozod qilingan bandalaridan qilishini, shuningdek, Qadr tunining ajr-savoblariga ega bo‘lgan bandalaridan qilishini so‘raymiz. Alloh barchamizning gunohlarimizni Nabiy sallollahu alayhi va sallam aytganlaridek mag‘firat qilsin. Nabiy sallollahu alayhi va sallam:

«مَنْ صَامَ رَمَضَانَ، إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا، غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ»

“Kim Ramazon ro‘zasini iymon bilan, savob umidida tutsa, uning oldingi (o‘tgan) gunohlari mag‘firat qilinadi” dedilar. (Imom Buxoriy rivoyati).

 Biz har ishga qodir Allohdan ushbu Ramazon hayiti Xalifasiz o‘tkazgan so‘nggi hayitimiz bo‘lishini, kelayotgan Iydi Qurbon hayiti namozini Xalifa imomligida ado etishni nasib qilishini va Islom dinini er yuzida g‘olib qilishini so‘rab qolamiz.

Hizb-ut Tahrirning Qirg‘izistondagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.