Muborak Ramazon hayiti (iyd al-fitr) tabrigi

693
0

Muborak Ramazon hayiti (iyd al-fitr) tabrigi

 Qadrli mo‘min-musulmon birodarlar, sizlarni Ramazon hayiti bilan tabriklaymiz.

 Alloh Azza va Jalla hadisi qudsiyda: “Odam bolasining hamma amali o‘zi uchun, faqat Ro‘za Men uchundir va uning mukofotini Men O‘zim berurman”, dedi.

 Qadrli birodarlar, Alloh uchun tutgan ro‘zalaring qabul bo‘lsin, Alloh uning ajrini behisob qilib bersin.

 Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Kim ro‘zadorga iftor qilib bersa, unga uning ajricha ajr bo‘ladi. Ro‘zadorning ajridan ham hech narsa kamaymaydi”, deganlar.

 Allohim oranglardan iftor qilib berganlarning savobini to‘liq qilib bergan bo‘lsin.

 “Ekstermizm” kabi sohta ayblovlari bilan qamalgan birodarlarimizning qamoqxonalarda ham ihlos bilan ro‘za tutishyotgani haqida xabarlar kelib turdi. Allohim ularning ajrlarini ziyoda qilib bersin. Chunki, ular Alloh yo‘lida ozorlanishayotgan bo‘lishsa-da Allohning hukmlarini ado etishmoqda.

 Nabiy sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Jannatning bir eshigi bo‘lib, Rayyon, deb nomlanur. Qiyomat kuni ro‘zadorlar undan kirurlar, ulardan boshqa birortasi kirmas.

“Ro‘zador qaerda?” deyurlar. Ular undan kirurlar. Qachon ularning oxirgisi kirsa, u bekitilur. Undan boshqa hech kim kirmas”.

 Allohim sizlarga Rayyon eshigidan kirishlikni nasib etsin.

 Allohim uzrli sabablar tufayli ro‘za tuta olmaganlarning fidyalarini qabul qilsin.

 Ramazon hayiti – ihlos bilan ro‘za tutganlarning bayrami. Chunki, Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kim Ramazon ro‘zasini iymon bilan, savob umidida tutsa, uning oldingi (o‘tgan) gunohlari mag‘firat qilinadi”, deganlar.

 Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam yana: “Kim yolg‘on gapirishni va unga amal qilishni qo‘ymasa, uning taomi va sharobini tark qilishiga Allohning ehtiyoji yo‘q”, deganlar.

 Payg‘ambarimiz: “Ro‘za va Qur’on qiyomat kuni bandani shafoat qiladi. Ro‘za: “Ey, Robbim, men unga kunduz kuni taom va shahvatlarni man qildim, unga mening shafoatimni qabul qilgin”, deydi. Qur’on: “Men uni kechasida uyqudan man qildim, unga shafoatimni qabul qilgin”, deydi. U zot: “Ularning shafoatlari qabul qilinadi”, dedilar. (Ahmad rivoyat qilgan).

 Nabiy sollallohu alayhi va sallam yana bir hadislarida: “Ro‘za – qalqon. Bandasi ro‘za tutish orqali do‘zaxga qalqon qo‘yadi. Qalqon esa bizning sabrimiz, chidamimiz mezonidir. Ro‘za – sabrning, sabr esa iymonning yarmidir”, deganlar.

 Tutgan ro‘zalaring Qiyomat kunida shafoat qilsin va do‘zahdan qalqon bo‘lsin.

Alloh taolo aytadi: Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir.  (97:3).

 Nabiy sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Kim Qadr kechasida iymon bilan va savob umidida qoim bo‘lsa, uning o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinadi”.

 Allohim qadr kechasi qilgan ibodatinglarni qabul qilsin.

 “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fitr zakotini xurmo va arpadan bir so’ bo‘lishini qulga, musulmonlardan hur-ozodga, erkagu ayolga, kichigu kattaga farz qildilar”. (Imom Buxoriy rivoyati).

 Rasuli akram sollallohu alayhi va sallamning o‘zlari ham iydgohga borishlaridan avval fitr sadaqasini berar va:

“Faqirlarni bu kun so‘rovdan behojat qilinglar, xalos qilinglar!”, der edilar. (Abu Dovud rivoyati).

 Allohim muhtojlarning xojatini chiqargan fitr sadaqalaringizni qabul qilsin.

 Qadrli musulmon birodarlar, mana, Allohning izni bilan Hayit bayramiga ham etib keldik. Ayni shu vaqtda dunyoning boshqa bir erlarida, masalan, Falastinda musulmon birodarlarimiz Hayitni bayram sifatida kutib olish o‘rniga ko‘z yoshlar bilan kutib olishmoqda. Ularning haqqiga duoda bo‘laylik va ular borasida bizdan talab qilinadigan ishlar haqida o‘ylaylik. Bu birodarlar kofirlar va ularning yugurdaklarining dinga dushmanligi sababli shu holga duch kelishmoqda. Allohim musulmonlarni kofirlar ustidan g‘olib qilsin va ularni musulmonlar qo‘li bilan xor qilsin.

 Ey Ummatning eng yaxshi farzandlari, Allohim barchangizning hayit namozida yaxshi niyatda qilgan duolaringni qabul qilsin. Keyingi yilgi Ramazonni din yo‘lida muvaffaqiyatlarga erishgan holda munosib kutib olish va munosib ado etishni nasib etsin!

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.