KXShT: Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidagi ziddiyatga barham berish kerak
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) Bosh kotibi Stanislav Zas Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi mojaro bo‘yicha fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, “chegaradagi ziddiyatga barham berish kerak, vaziyat tinch yo‘l bilan yumshatilishi kerak”.
“KXShT bu mojaroga barham berish kerak, deb hisoblaydi. Buni tinch yo‘l bilan hal qilish kerak. Ushbu mojaroni hal qilish uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda”, – dedi KXShT matbuot kotibi Vladimir Zaynetdinov.
Unga ko‘ra, Dushanbeda bo‘lgan Stanislav Zas Qirg‘iziston va Tojikiston xavfsizlik kengashlari kotiblari Riskeldi Musaev va Nasrullo Mahmudzoda bilan mavjud vaziyatni muhokama qilgan.
29 aprel kuni Dushanbe shahrida KXShT xavfsizlik xengashlari kotiblari qo‘mitasining, 27 aprelda esa KXShT Mudofaa vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
KXShT 1992 yilda tashkil etilgan bo‘lib, unga Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va Belorussiya kiradi. KXShT “tinchlik, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, tashkilotga a’zo davlatlarning mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetini jamoaviy asosda himoya qilish” “maqsadida” tashkil etilgan.
Izoh: Qirg‘iz-tojik chegarasida sodir bo‘lgan harbiy to‘qnashuvlar aynan Dushanbeda KXShT xavfsizlik kengashi kotiblari yig‘ilish vaqtida sodir bo‘ldi. Voqeadan bir kun oldin, ya’ni 27 aprel kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti mudofaa vazirlari kengashi yig‘ilishida qatnashish uchun Tojikistonga tashrif buyurigan edi.
Tojik harbiylari ochiqchasiga og‘ir qurollar qo‘llagan holda qirg‘iz qishloqlariga bostirib kirib, uy-joylar, ijtimoiy obektlarni vayron qilayotgan vaqtda Dushanbeda jamlangan KXShT rasmiylari tojik hukumatiga qarshi bir og‘iz bayonot bilan chiqishga jur’at qilishmadi. Bo‘lar ish bo‘lib, tinch aholi vakillari qoni to‘kilib, odamlar yillar davomida qurgan uylari yoqib, vayron qilinganidan keyin ular bergan bayonot, chaqiriqning qanday qiymati bor?
Qaryib uch kun davom etgan ziddiyat natijasida qirg‘iz tomonidan 78ta uy, ikkita maktab, bitta FAP (felьdsherlik va akusherlik punkti), uchta chegara bo‘linmasi, bitta bolalar bog‘chasi, 10ta AYoQSh, ichki ishlar bo‘limi va sakkizta magazin vayron qilindi va yoqib yuborildi. 34 kishi halok bo‘lib, 178 kishi jarohatlandi.
Tojik tomonidan 15 kishi halok bo‘ldi, 90 kishi jarohatlandi.
Vaqtdan foydalanib, Rahimli Allohdan halok bo‘lgan dindosh birodarlarimizni o‘z rahmatiga olishini, ortlarida qolgan oila a’zolariga go‘zal sabr ato etishini so‘raymiz. Jarohatlanganlar tezroq shifo topib oilalari bag‘riga qaytishini tilaymiz.
KXShT ustavida tashkilotning maqsadi “tinchlik, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, tashkilotga a’zo davlatlarning mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetini jamoaviy asosda himoya qilish” ekanligi yozib qo‘yilgan holda nima uchun ushbu tashkilot o‘ziga a’zo bir davlatning boshqa bir a’zo davlatga bostirib kirishiga ko‘z yumib turdi?
Mintaqadagi iqtisodi eng nochor, eng qashshoq bo‘lgan ikki respublikaning bir-biriga qarshi urush olib borishi, birini ikkinchisi hududiga bostirib kirib granatomyot va pulemyotlarni qo‘llagan holda urush olib borishi tabiiy bo‘ldimi? Albatta, yo‘q. Agar Rossiya Tojikistonga “yashil” chiroq yoqib bermaganida va uni oshkora qo‘llab turmaganida tojik hukumati bunday qadamga borishga jur’at qilmas edi. Rossiya ushbu “urush” orqali xalqaro hamjamiyatga, xususan, Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgan va mintaqada o‘ziga yangi harbiy baza uchun joy qidirayotgan AQShga mintaqada kim xo‘jayin ekanligini, istagan vaqtda mintaqada yangi “olovli nuqta” yaratishga qodirligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘ldi. O‘z navbatida bu – AQSh bilan yaqinlashish, unga harbiy baza uchun joy berishga rozilik bermoqchi bo‘layotgan mintaqadagi respublikalarga ham o‘ziga xos “ogohlantirish” bo‘ldi…
Ey musulmonlar, guvohi bo‘lib turganimizdek, turli xil tashkilotlar, ittifoqlar va boshqalari aslo biz musulmonlar manfaati uchun xizmat qilmaydi. Ushbu tashkilotlar faqat ushbu tashkilotlarni tuzgan va etakchilik qiladigan mustalakachi kufr davlatlarining ustimizdagi nufuzini yanada mustahkamlash va ularning manfaatlarini ustimizda joriy bo‘lishigagina xizmat qiladi. Chegara muammolari ham hududlarni belgilash va baxsli hududlarni o‘zaro ayirboshlash orqali xal bo‘lmaydi. Mustamlakachi kofirlar garchi biz istasakda o‘rtalarimizda baxsli hududlar yo‘q bo‘lishiga yo‘l qo‘yishmaydi.
Chegara muammolarning xal qilishning yagona yo‘li, mustamlakachi kofirlar tomonidan o‘rtalarimizga tortilgan sun’iy chegaralarni rad etish va shu chegaralarni qonuniylashtirib bergan xalqaro qonunlarni inkor qilish, turli xil xalqaro va mintaqaviy tashkilot va ittifoqlardagi a’zolikdan voz kechishdan iborat. Buning uchun esa, o‘z aqidamizdan kelib chiquvchi islomiy tuzumni hayotga tatbiq qilishga va shu orqali ikki dunyo sodatiga erishish yo‘lida harakat qilishimiz zarur.
Abdurahmon Odilov