Muborak Ramazon oyi tashrif buyurgan ekan, uning hurmatini joyiga qo‘ying

332
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Muborak Ramazon oyi tashrif buyurgan ekan, uning hurmatini joyiga qo‘ying

Alloh Taolo muborak Ramazon oyini g‘oyat fazilatli qildi. Uning ko‘p fazilatlaridan biri:

Abu Hurayra roziyallohu anhu Rosululloh ﷺning bunday deganlarini rivoyat qiladi:

«الصَّلَوَاتُ الْخَمْسُ، وَالْجُمْعَةُ إِلَى الْجُمْعَةِ، وَرَمَضَانُ إِلَى رَمَضَانَ، مُكَفِّرَاتٌ مَا بَيْنَهُنَّ إِذَا اجْتَنَبَ الْكَبَائِرَ»

«Besh vaqt namoz (oralari), juma keyingi jumagacha, Ramazon keyingi Ramazonga qadar – agar gunohi kabiralardan chetlanilsa – gunohlarga kafforatdir». (Muslim va Ahmad rivoyati. Buxoriy ham «Tarixi Kabir»da rivoyat qilgan).

Abu Hurayra roziyallohu anhu Rosululloh ﷺning bunday deganlarini rivoyat qiladi:

«رَغِمَ أَنْفُ رَجُلٍ ذُكِرْتُ عِنْدَهُ فَلَمْ يُصَلِّ عَلَيَّ، وَرَغِمَ أَنْفُ رَجُلٍ دَخَلَ عَلَيْهِ رَمَضَانُ فَانْسَلَخَ قَبْلَ أَنْ يُغْفَرَ لَهُ، وَرَغِمَ أَنْفُ رَجُلٍ أَدْرَكَ عِنْدَهُ أَبَوَاهُ الْكِبَرَ فَلَمْ يُدْخِلَاهُ الْجَنَّةَ – قَالَ رِبْعِيٌّ: وَلَا أَعْلَمُهُ إِلَّا قَدْ قَالَ: أَوْ أَحَدُهُمَا»

«Men zikr qilinsam-u, menga salavot aytmagan kimsaning burni erga ishqalsin. Ramazon kelib-ketsa-yu, undan gunohlari mag‘firat qilinmagan holda chiqqan kimsaning burni erga ishqalsin. Ota-onasi qarib qolsa-yu, xizmatlarini qilib, shu xizmatlari bilan jannatga loyiq bo‘lmagan kimsaning burni erga ishqalsin…». (Ahmad, Termiziy, Ibn Xuzayma va Hokim rivoyat qilgan. Sanadi yaxshi).

Abu Hurayra roziyallohu anhu Rosululloh ﷺning bunday deganlarini rivoyat qiladi:

«إِذَا دَخَلَ رَمَضَانُ فُتِّحَتْ أَبْوَابُ الْجَنَّةِ وَغُلِّقَتْ أَبْوَابُ جَهَنَّمَ وَسُلْسِلَتْ الشَّيَاطِينُ»

«Ramazon kirganda jannat darvozalari ochilib, jahannam darvozalari yopiladi va shaytonlar zanjirband qilinadi». (Buxoriy, Muslim, Nasoiy, Ahmad, Ibn Hibbon va Doramiy rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhu Rosululloh ﷺning bunday deganlarini rivoyat qiladi:

«مَنْ صَامَ رَمَضَانَ إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ»

«Kimki imon-ishonch bilan, savob umidida Ramazon ro‘zasini tutsa, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinadi». (Buxoriy, Nasoiy, Ibn Mojja, Ahmad, Ibn Hibbon rivoyati).

Ibn Abbos roziyallohu anhu Rosululloh ﷺning bunday deganlarini rivoyat qiladi:

«عُمْرَةٌ فِي رَمَضَانَ تَعْدِلُ حَجَّةً»

«Ramazondagi umra hajga tengdir». (Ibn Moja, Nasoiy va Ahmad rivoyati).

Ey musulmonlar!

Biz sizga ushbu ulug‘ oyni hoziringizni nurli o‘tmishingizga ulagan holda eslatamiz. U paytda qanday qilib ajdodlaringiz ushbu oyni toat-ibodatlar, nusratlar va buyuk amallar qilinuvchi mavsum sifatida o‘tkazganlarini xotirlatamiz. Sizga ushbu fazilatli oy ostonasidayoq osiy amallarni elkangizdan olib tashlashingizni eslatamiz. Aliyul Qodir Allohga xolis bo‘lish uchun elkangizdan olib tashlanmog‘i shart bo‘lgan bu osiy amallardan ham kattasi borligini, u Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etishga harakat qilmaslik gunohi ekanini xotirlatamiz. Buning uchun quyidagi amallarni tavsiya etamiz:

–     Qudrat va yordam ahliga: Sizga Alloh bergan qudratni Alloh, Rosuli va mo‘minlar uchun nusratga aylantiring. Ana shunda ansor roziyallohu anhular kabi bo‘lasiz. Zero, Alloh Subhanahu va Taolo ular haqida Qur’onda to qiyomat kuniga qadar tilovat qilinuvchi ushbu oyatni nozil qildi:

وَالَّذِينَ آَمَنُوا وَهَاجَرُوا وَجَاهَدُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَالَّذِينَ آَوَوْا وَنَصَرُوا أُولَئِكَ هُمُ الْمُؤْمِنُونَ حَقّاً لَهُمْ مَغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ

«Imon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yo‘lida kurashgan zotlar va (muhojirlarga) uy-joy berib, yordam qilgan zotlar — ana o‘shalar haqiqiy mo‘minlar bo‘lib, ular uchun mag‘firat va ulug‘ rizq bor»   [Anfol 74]

Shunday ekan, hoziroq, hoziroq qo‘lingizni Hizb ut-Tahrir bering. Madinai Munavvarada Rosululloh ﷺga nusrat berish orqali ilk Islom davlatini barpo etgan sizdan oldingi birodarlaringizni eslang. Ulardan biri Sa’d ibn Muoz edi. U vafot etganda onasi yig‘ladi… Shunda Rosululloh ﷺ onasiga bunday marhamat qilganlar:

«لِيَرْقَأْ (لينقطع) دَمْعُكِ، وَيَذْهَبْ حُزْنُكِ؛ فَإِنَّ ابْنَكِ أَوَّلُ مَنْ ضَحِكَ اللَّهُ لَهُ، وَاهْتَزَّ لَهُ الْعَرْشُ»

«Ko‘z yoshingizni to‘xtating, xafalikni ketkazing, chunki o‘g‘lingiz Alloh unga kulgan va arshi a’lo titragan eng birinchi insondir».

–     Talaba va yoshlar…dan iborat jamiyatning faol qatlamiga: Siz Hizb ut-Tahrir halqalarida qatnashmog‘ingiz va Payg‘ambarimiz ﷺning ashoblariga ergashib, ushbu halqalarda Islom mabdaini, aqidasini va ahkomlarini o‘zgartirishning yagona quroli sifatida o‘rganmog‘ingiz lozim. Zero, bu sahobai kiromlar Islomga kirgach, yosh davrlaridayoq Rosulullohning uyushmalariga qo‘shilganlar. U erda Islomni juda chiroyli tushunishib, so‘zda va amalda da’vatni ko‘tarib chiquvchilarga va insonlar orasida harakatlanuvchi Islomga aylanganlar.

–     Hizb ut-Tahrirga a’zo bo‘lish yoki halqalarida qatnashishga imkonlari yo‘q insonlar esa, faoliyat qilayotganlarni qo‘llab-quvvatlab, ularga yordamchi bo‘lmoqlari kerak. Hizb ut-Tahrir ma’rifatini uning kitoblaridan, nashrlaridan, forumlaridan, dokladlaridan va namoyishlaridan o‘rganib, tarafdorlar sonini ko‘paytirmoqlari lozim. Toki, bu bilan kofir va munofiqlarning halovatini buzing va Allohga yaxshiligingizni ko‘rsating.

Keling, ey musulmonlar, ushbu fazilatli oyda Allohga yaxshiligingizni ko‘rsating. Alloh sizda qanchalar Uning shariatini tatbiq etilishi yo‘lida sur’at bilan harakat qilayotganingizni ko‘rsin. Shoyad, karami keng va qudrati ulug‘ Robbingiz Islom davlatini barpo etishga muvaffaq qilish bilan Islomga va sizga kuch bersin.

Roya gazetasining 2021 yil 14 aprel chorshanba kungi 334-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.