Chegara: Iftorlikda osh o‘rniga “tosh”
28 apreldan beri davom etayotgan qirg‘iz-tojik chegaralaridagi to‘qnashuvlar natijasida odamlar qurbon bo‘lgani xabar qilinmoqda. So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston tomonidan 134 odam jarohatlanib, 13 nafari halok bo‘ldi. Tojikiston hozircha rasmiy ma’lumot bermadi, norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikiston fuqarolaridan 10 kishi halok bo‘lgan, 90 nafari jarohatlangani xabar qilinmoqda. O‘zaro o‘q otishni to‘xtatish kelishuviga qaramay ,vaziyat keskinligicha qolmoqda, kelishuvdan so‘ng bir marta otishma qayd etilgan.
Qirg‘izistondagi Hizb ut-Tahrir bu dindosh, birodar xalqlarning Muborak Ramazon oyida bir-birlariga tosh va o‘q otishini qattiq qoralaydi.
Alloh taolo musulmonlarni o‘zaro janjallashishlari, qir-pichoq bo‘lib, biri–biri bilan urushib qon to‘kishlarini harom qilgan.
Alloh taolo aytadi:
مَنْ قَتَلَ نَفْسًا بِغَيْرِ نَفْسٍ أَوْ فَسَادٍ فِي الْأَرْضِ فَكَأَنَّمَا قَتَلَ النَّاسَ جَمِيعًا
“Biror jonni o‘ldirmagan yoki Erda (buzg‘unchilik va qaroqchilik kabi) fasod ishlarni qilmagan insonni o‘ldirgan odam xuddi hamma odamlarni o‘ldirgan kabidir” (Moida surasi, 32-oyat).
Nabiy sollallohu alayhi va sallam dedilar:
«كُلُّ الْمُسْلِمِ عَلَى الْمُسْلِمِ حَرَامٌ، دَمُهُ، وَمَالُهُ، وَعِرْضُهُ»
“Har bir musulmonning qoni, moli va nomusi boshqa musulmonga harom”
«مَنْ أَعَانَ عَلَى قَتْلِ مُسْلِمٍ بِشَطْرِ كَلِمَةٍ لَقِيَ اللهَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ مَكْتُوبٌ فِي جَبْهَتِهِ، آيِسٌ مِنْ رَحْمَةِ اللهِ»
“Kim bir musulmonni o‘ldirishga bir og‘iz so‘z bilan bo‘lsa-da yordam bersa, qiyomat kuni peshonasiga “Allohning rahmatidan noumid”, degan yozuv yozilgan holda tiriladi”
«لَزَوَالُ الدُّنْيَا أَهْوَنُ عِنْدَ اللهِ مِنْ قَتْلِ رَجُلٍ مُسْلِمٍ»
“Dunyoning yo‘q bo‘lib ketishi Alloh nazdida bir musulmon kishining o‘ldirilishidan ko‘ra engilroqdir”.
«لَهَدْمُ الْكَعْبَةِ مِائَةَ مَرَّةٍ أهْوَنُ عَلَى اللهِ مِنْ إرَاقَةِ دَمِ مُسْلِمٍ»
“Albatta, bir musulmon qonini nohaq to‘kishdan Ka’baning yuz marta vayron qilish engilroq”.
Ey Qirg‘iziston va Tojikistonda biri-biriga qarshi chiqayotgan musulmonlar! Sizlarga kim ekanligingizni eslatib o‘tamiz; sizlar musulmonsizlar va bir butun Ummat vakillarisiz!
Alloh taolo aytadi:
وَإِنَّ هَذِهِ أُمَّتُكُمْ أُمَّةً وَاحِدَةً وَأَنَا رَبُّكُمْ فَاتَّقُونِي
“Shak-shubhasiz (barchangizning) millatingiz (ya’ni, diningiz) bir millat (ya’ni, Islomdir). Men esa sizlarning Parvardigoringizdirman, bas, Mendangina qo‘rqingiz!”. (Mo‘minun surasi 52 oyat).
Ha, sizlarning taqvodor bobolaring bir Ummat vakili bo‘lib, birodarlikda, yonma-yon yashab kelishgan. Shu sababli ham tarixning hech bir joyida qirg‘iz-tojik millatlararo ziddiyati yoki mojarosi degan narsani uchratmaymiz. Hatto, chor Rossiyasi bosib olganda ham o‘rtalarimizga chegara tortgan emas. Chegara chiziqlarini keyingi mustamlakachi SSSR imperiyasi chizib berdi. Chegaralar mustamlakachilarning “bo‘lib tashla va hukmronlik qil” rejasiga asosan chizildi. Biroq, SSSR tarkibida bo‘lgan vaqtda bu dindosh xalqlar o‘rtasida janjal bo‘lmagan. Kommunistik mafkura zavolga yuz tutib, SSSR qulaganidan so‘ng G‘arb mustamlakachilari O‘rta Osiyoni rus etakchiligi ostidan tortib olish uchun sohta “mustaqillik” berishdi. Xalqlar o‘rtasida “millatchilik” fikrlarini kirgizishdi. Mana shundan boshlab, bu xalqlar o‘rtasida millatchilikdan kelib chiqqan chegara mojarolari ko‘payib ketdi.
Ey, dindosh musulmon birodarlar. Islom dinimizda millatchilik harom ekanligini yodinglarga solmoqchimiz.
Nabiy sollallohu alayhi va sallam dedilar:
“Kimda-kim millatchilikka chaqirsa, bizdan emas, kimda-kim millatchilik asosida jang qilsa, bizdan emas, kimda-kim millatchilik asosida jang qilib o‘lsa, bizdan emas”.
Ey musulmonlar, sizning ushbu hukmlarga befarqligingiz sababli, ahvolingiz shu darajaga etdi. Agar esinglarni yig‘ishtirib olmay davom etaveradigan bo‘lsangiz, bundan ham yomon oqibatlarga duch kelishingizdan ogohlantiramiz!
Ish shu darajaga borib etdi. Biroq, shunday davom etavermay, o‘z diningizga qayting. Dinimizdagi echim esa o‘rtamizni tuzatishdadir.
Alloh taolo aytadi:
إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ إِخْوَةٌ فَأَصْلِحُوا بَيْنَ أَخَوَيْكُمْ وَاتَّقُوا اللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ
“Mo‘minlar hech shak-shubhasiz, og‘a-inilardir. Bas, sizlar ikki og‘a-iningizning o‘rtasini o‘nglab qo‘yinglar! Allohdan qo‘rqinglar – shoyad U Zot tomonidan bo‘ladigan rahmatga erishsangizlar”. (Hujurot” surasi 10 oyat).
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:
«أَلَا أُخْبِرُكُمْ بِأَفْضَلَ مِنْ دَرَجَةِ الصَّلَاةِ، وَالصِّيَامِ، وَالصَّدَقَةِ؟» قَالُوا: بَلَى قَالَ: إِصْلَاحُ ذَاتِ الْبَيْنِ قَالَ: وَفَسَادُ ذَاتِ الْبَيْنِ هِيَ الْحَالِقَةُ«
“Sizlarga ro‘za, namoz va zakot darajasidan ham yaxshi amal haqida xabar beraymi?”. Ha, xabar bering, yo Rosululloh, deyishdi. Ul zot bunday dedilar: “Odamlar orasini isloh qilish, zero odamlar orasini buzish dinni yo‘q qiladi”.
Hizb ut-Tahrir – Qirg‘iziston
30. 04. 21