Cho‘kib borayotgan bir davlatda botib qolgan kema tortib chiqarildi!

0
346

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Cho‘kib borayotgan bir davlatda botib qolgan kema tortib chiqarildi!

Ustoz Said Fazl

Hizb ut-Tahrir – Misr viloyati matbuot bo‘limi a’zosi

Bir necha kun avval Suvaysh kanalida konteyner kemasining to‘liq olti kun suvga botib va yo‘lni to‘sib qo‘yishi kapitalizmni titratdi, global iqtisodni larzaga soldi.

Suvaysh kanalida bir kemaning to‘xtab qolishi Misr ahliga hech qanday ta’sir qilgani yo‘q. Chunki kanaldan tushuvchi daromadlar boshidan talon-toroj qilinib kelinadi va xalqqa bu daromadlardan ko‘zga ko‘rinarli biror bir foyda kelmaydi. Chunki ziyon foyda ko‘ruvchiga etadi. Suvaysh kanalidan G‘arbdan boshqasi foyda ko‘rmaydi. Yirik hajmi bilan kanalni toraytirayotgan ham, xavf solayotgan ham shu G‘arbning kemalari. Uning kemalari tranzitidan tushadigan daromadlarni cho‘ntaklariga urayotganlar ham shu G‘arbning misrlik malay hukmdorlaridir. Misr ahliga kelsak, ularning eskirgan infratuzilmalari, chirib qolgan poezdlari, tor uylari bor. Ya’ni, eskiligidan qulab tushib, ichkaridagi aholisini vayronalar ostida qoldirayotgan… natijada ulardan o‘nlabi, ba’zan yuzlabi nobud bo‘layotgan uylari bor. Darvoqe, olti kunlik mana shu kema to‘sib qolishi voqeasi mobaynida biz Misr poezdi halokatiga, unda o‘nlab inson halok bo‘lib, yuzlabi jarohatlanganiga guvoh bo‘ldik. Poezd g‘ildiraklari ostida odamlar bir necha kun qolib ketib, qonlarga belanib yotganini, hukmdorlar shuncha vaqt ularga yordam bermaganini, ammo to‘sib qolgan kemani qutqargani esa, ya’ni, G‘arb kapitalizmini qutqargani biz zumda chopib borishganini ko‘rdik. Aslini olganda, insonlar joni bu hukmdorlarni umuman tashvishlantirmaydi. Jasadlar ochiqda qolib ketmasligi uchun odamlarni maxsus xizmatlardan yordam so‘rashga majbur qilgan narsa ham mana shu bo‘lsa kerak.

Ha, mazlum xalqlarning o‘g‘irlangan boyliklari yuklangan kapitalistik G‘arbning ushbu yirik konteyner kemasi bir necha kundan so‘ng botgan eridan chiqarilib, yana yo‘lga tushdi va yurtlarimiz resurslarini G‘arb yurtlariga olib ketdi… U Misr kanalida botib qolib, so‘ng qayta yo‘liga ravona bo‘lgan esa-da, biroq Misrning o‘zi botgan botqog‘idan chiqolmay qalqib yotibdi. O‘z fuqarosini boshqarishga e’tibor bermaslik, huquqlarini poymol etish, boyliklarini mustamlakachilar tomonidan tashib ketilishiga yordam berish botqog‘ida qalqmoqda… Yana shu ahvoldagi rejim yangi soxta qahramonliklar haqida og‘iz ko‘pirtirib gapirish, mashaqqatlarni mardonavor engib o‘tganini iddao qilish, Misrga dushmanlik qilayotganlar va suv huquqlaridan mahrum etishga harakat qilayotganlar tahdidini go‘yo yo‘q qilganligi to‘g‘risida cho‘pchak aytishdan charchamayapti. Vaholanki, Efiopiya to‘g‘on to‘ldirilishining ikkinchi bosqichini boshlab yuborgan. Albatta, Misr rejimi, rahbari va armiyasi bunga javob qaytaradi. Ammo Sinayni bombardimon qilish bilan yoki odamlarni uy-joysiz qoldirib, istagancha ulardan qirg‘in qilish bilan yoki Oq uyga malaylik qilish bo‘yicha hamkasbi Haftarga yordam sifatida Liviyani bombardimon qilish bilan javob qaytaradi. Yoxud Misrdagi biror fojiani yoritishga harakat qilgan yoki insonlarning baxtsiz hayoti manzaralarini tasvirga olishga jur’at qilgan kishilarni qamoqqa olish bilan javob beradi. Chunki bu fojia va baxtsiz hayot rejimning qasddan e’tiborsizligi sababli kelib chiqmoqda va Misr poezdi halokati ham ularning navbatdagisidir.

Qishloq ahlini bombardimon qila oladigan darajada texnikasi bor bir davlatda kemani tortib chiqarishga yoki qalqitishga hech qanday texnika yo‘q! Dunyoda odat bo‘lib kelayotgan oddiy uslubda, ya’ni ulkan kemaning ostini kovlab, tortish bilan kifoyalandi, xolos. Ammo shuncha sa’y-harakat sarflagan rejim texnikasi poezd halokati sababli och qolgan bechoralarni qutqarishga safarbar qilinmadi. Bil’aks, ularni qutqarish o‘rniga, to‘plangan odamlarni olti soat ichida tarqalishlarini talab qilib, biror norozilik harakatini boshlamasliklari, aks holda, ularni bostirishi bilan tahdid qildi. Bunday rejimdan odamlarni tanklar bilan surib bostirib tashlashini ham kutsa bo‘ladi, axir, ilgari Robia, Nahza va boshqa erlardagi hodisalarda shunday qildi-ku?! Biroq paradlar va tahdidlar uchun qo‘llanayotgan uning harbiy texnikasi insonlar hayotini qutqarishga yoki huquqlarini mudofaa qilishga hargiz safarbar qilinmaydi.

Al-Arabiyya telekanalining 2021 yil 4 apreldagi xabariga ko‘ra, Misr floti qo‘mondoni, Suvaysh kanali hay’ati raisi general-leytenant Usoma Robi kanal to‘silishi sababli ko‘rilgan ziyonning bir milliard dollarga etganini ma’lum qildi. U chorshanba kuni oqshomda televideniega bergan bayonotida «Ko‘rilgan zarar va talafotlar hajmi, ishlatilgan draga (suv ostini kavlaydigan mashina) xarajatlari hisoblab chiqiladi, mamlakatimiz taxminan bir milliard dollarga yaqin ziyon ko‘rishi mumkin», dedi. 2021 yil 27 mart shanba kuni o‘tkazgan matbuot konferentsiyasida Kema hodisasida ko‘rilgan zarar va tranzit to‘lovlari ziyoni kuniga 12-14 million AQSh dollarini tashkil qilganini ma’lum qilgan edi. Suvaysh kanali dengiz transporti ma’lumotiga asoslanib aytilgan bu gap shuni anglatadiki, ayni kanal hay’atining tranzit to‘lovlar ko‘rinishidagi zarari seshanbadan to 29 mart dushanbagacha etti kun mobaynida taxminan 84-98 million AQSh dollarini tashkil etgan va bu hisob o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, Keyp of Gud Xop tomonga qaytib ketgan kemalardan olinishi kerak bo‘lgan to‘lovlardan tashqari hisobdir. Bu Amirliklarning «Ayn» axborot agentligi xabaridan olindi.  Bundan anglash mumkinki, demak, Suvash kanalidan tushadigan bir haftalik daromad 100 million dollarga yaqinlashmoqda, xo‘sh, shuncha pul qaerga ketyapti?! Kanalning o‘ziga ham, uning uskunalarini ishlab chiqarishga ham, mana shunday krizislarga qarshi kurash uchun jihozlarga ham sarflanmayapti-ku?! Hatto rejim da’vo qilayotgan xayoliy yutuqlarga ham, anavi yangi «Fir’avn» qarorgohiga xizmat qilish uchun yo‘l ochuvchi ko‘prikka ham, boshqa yangi yo‘llarga ham, baland devorli yangi poytaxtga ham sarflanmayapti. Zotan, bu poytaxt o‘z yo‘lidagi ho‘lu quruqdan samarali foydalanuvchi xalqning yaqinlashib kelayotgan qo‘zg‘oloni yuz bergan paytda qochib borishi uchun Sisiyga tayyorlab qo‘yilgan.

Bir necha kun davom etgan va odamlarning kunlik hayotiga ta’sir qilmagan ushbu kema tiqilishi hodisasi Misr ahlining Suvaysh kanaliga muhtoj emasligini, uning borligidan eng birinchi zarar ko‘rayotganlar shu ahlimiz ekanini isbotladi. Chunki bu kanal musulmonlarning bir butun erini ajratib, foydali savdo rivojiga to‘sqinlik qiladi. Agar kanal yopib qo‘yiladigan bo‘lsa, Qizil dengiz bilan Oq dengizni ajratib turgan bu mintaqa butun dunyo savdo-sotiq qiladigan savdo va sanoat mintaqasiga, ya’ni, global hukmronlik mintaqasiga aylanadi. Bu mintaqa va butun Misr dunyoning eng boy mintaqasi va davlatiga aylanadi. Ushbu mintaqaning voqeligi mana shu. Shunday bo‘lishi uchun esa, Misr va uning ahliga yaxshilikni ravo ko‘ruvchi boshqaruv bo‘lishi kerak.

G‘arb kemasining to‘silib qolib, dunyo iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qilgani, Misrning Islom Ummatining bir bo‘lagi sifatida, o‘zining chegaralari bilan butun dunyoga siyosiy jihatdan ta’sir qilishga qodir ekanini ko‘rsatdi. Bu hozirda shunday. Ammo ertaga hayotga nisbatan Islom nuqtai nazaridan boqadigan davlatidachi?! Unda butun dunyoda o‘zgarish yuz berishiga va kapitalizmning ochko‘zligi va vahshiyligi bilan butun insoniyat boshiga tushgan azob-uqubatlar barham topishiga aslo shubha yo‘q.

Haqiqatda ham Misr Suvaysh kanaliga muhtoj emas. Uning yo‘q bo‘lishi bu yurtga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Aksincha, xuddi qadim zamonda bo‘lgani kabi, u butun dunyo savdosi uchun asosiy markazga aylanadi. Zero, undagi mavjud resurslar, boyliklar va ulkan insoniy kuch buning barchasini amalga oshishiga imkon beradi. Biroq, Misr haqiqiy g‘amxo‘rlik loyihasiga ega ongli xolis bir boshqaruvga muhtoj. Chunki ushbu loyiha bo‘yicha Misrning insoniy kuchi to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltiriladi va resurslaridan insonlarga manfaat keltiradigan darajada oqilona foydalaniladi. Buning ro‘yobga chiqishi uchun amaliy va haqiqiy yo‘l esa, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik loyihasi bor Islom yo‘lidir. Hizb ut-Tahrirning Islomni to‘g‘ri tatbiq etishga qodir ongli o‘g‘lonlariga faqat bir narsa, nusrat etishmayapti. Biz ushbu nusrat-yordamning Misr va uning armiyasidan umid qilamiz. Chunki ular har doim Islom va musulmonlarga nusrat ko‘rsatib kelganlar.

Allohdan shonli tarixni va avvalgi ansorlar siyratini qaytarishini, shu orqali Misrni Islom davlatining gultojisiga, ikkinchi Madinai Munavvarasiga aylantirishini so‘rab qolamiz. Allohim, bizga buni kechiktirmay, tezroq ato et.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَجِيبُواْ لِلّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُم لِمَا يُحْيِيكُمْ

«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar» [Anfol 24]

Roya gazetasining 2021 yil 7 aprel chorshanba kungi 333-sonidan

Izohlar yo'q