Musulmon jurnalistlar uchun Xalifalik mafkurasini xiralashtirish va buzib ko‘rsatish o‘rniga Ummat mabdasi tarafiga o‘tish hamda uni qo‘llab-quvvatlash vaqti kelmadimi?!

265
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Musulmon jurnalistlar uchun Xalifalik mafkurasini xiralashtirish va buzib ko‘rsatish o‘rniga Ummat mabdasi tarafiga o‘tish hamda uni qo‘llab-quvvatlash vaqti kelmadimi?!

Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati matbuot bo‘limi chiqargan bayonotda bunday deyiladi:

Yuz yildan ziyod vaqtdan buyon ommaviy axborot vositalari mustamlakachilar va ularning musulmon yurtlaridagi malaylari qo‘lida qoldi. O‘tgan shuncha yillar davomida Islom fikrlarini buzib ko‘rsatishga va bu fikrlar haqida shubha uyg‘otishga harakat qilib kelindi. Bu vazifa mustamlakachi G‘arb fikrlari bilan sug‘orilgan dindoshlarimizga yuklandi. Darhaqiqat, mustamlakachi bizdan jurnalistlarni tortib olib, ularni malay rejimlarga hamdu sano aytuvchi itoatkor qurollarga aylantirdi hamda Ummatning fikr va tuyg‘ularidan begona kishilarga aylantirdi».

Matbuot bayonotida musulmon jurnalistlarga quyidagi murojaat yo‘llandi:

«Sizning vazifangiz qanchalar fitna ostida qolganini bilamiz. Biroq Ummat olib borayotgan kurash zimmangizga kurashuvchanlik pozitsiyasini egallashni hamda Ummatni uyg‘otish tarafiga o‘tib, dushmanga qarshi liniyada turishni yuklaydi. Axir, Ummatning bag‘riga qaytib, u bilan birga Xalifalik g‘oyasini ko‘tarishingiz va unga chaqirish sharafiga erishishingiz uchun yuz yil davomida mustamlakachi G‘arb va uning malaylari safida yurib, uning fikrlarini tashviq qilib kelganingiz etarli bo‘lmadimi?! Ummatning mabdasi tarafga o‘tishingiz uchun yuz yillik soxta «betaraflik» cheklovi etarli emasmi?!

Roya gazetasining 2021 yil 17 mart chorshanba kungi 330-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.