Sudan o‘tish davri hukumati mahalliy valyuta kursini o‘zgartirishi bilan Xalqaro Valyuta Fondiga itoatgo‘yligini kamoliga etkazdi

318
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sudan o‘tish davri hukumati mahalliy valyuta kursini o‘zgartirishi bilan Xalqaro Valyuta Fondiga itoatgo‘yligini kamoliga etkazdi

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati matbuot bo‘limi nashr qilgan bayonotda ta’kidlanishicha, Sudan o‘tish davri hukumati mahalliy valyuta kursini o‘zgartirishi bilan Xalqaro Valyuta Fondiga itoatgo‘yligini kamoliga etkazdi. Shu vaqtga qadar hukumat Fondning barcha buyruqlarini itoatgo‘ylik bilan bajarib keldi, buning yurt fuqarolariga qanchalar falokat keltirishiga parvo ham qilmadi.

Matbuot bayonotida bunday deyiladi:

«Xalqaro Valyuta Fondining tavsiyalari dunyoning qaysi davlatida tatbiq etilgan bo‘lsa, barchasi ofat keltirgan. Zero, bu tavsiyalarni avvalgi rejim tatbiq etgan edi. Biroq ommaning g‘azabidan qo‘rqib, bir yuzini Fondga qaratsa, ikkinchi yuzini ommaga qaratardi va nihoyat ag‘darildi ham. Bugungi rejim esa, xalqqa zulm-zo‘ravonlik qilmoqda. Ammo ertaga aniq yutqazadi. Chunki bu rejim uni ildizi bilan qo‘porib tashlaydigan haqiqiy qo‘zg‘olon bilan yo‘q bo‘ladi.

Xalifalik ag‘darilishining yuz yillik xotirasida Hizb ut-Tahrirning Sudandagi rasmiy notig‘i ustoz Ibrohim Usmon (Abu Xalil) Sudan ahliga murojaat qilib, ularni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali mustamlakachilar va ularning malaylaridan qutulmoq uchun Hizb ut-Tahrir bilan birga jiddiy harakat qilishga chaqirdi. Ustozning ta’kidlashicha, Xalifalik davlatigina yurtlarimizdan kofirlar ildiziga bolta urib, insonlar ustidan Robbul olaminning ahkomlari bilan hukm yuritadi, yurt boyliklarini idora qilib, ularni Ummat manfaati uchun sarflaydi. Zero, Sudan qashshoq yurt emas. Biroq u zolim kapitalistik tuzum siyosati ostida qashshoqlashtirildi. Chunki insonlarning o‘lib ketishlari yoki qolishlari kapitalistik tuzumni tashvishlantirmaydi. Balki uning uchun mamlakat protsentli qarzlarga botirilsa va boyliklarini o‘g‘irlab, ularni ajnabiy sarmoyadorlar qo‘liga topshirilsa, bas.

Roya gazetasining 2021 yil 3 mart chorshanba kungi 328-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.