بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Savolga javob
Mьyanmadagi harbiy to‘ntarish oqibatlari
Savol:
(BMTning Mьyanmadagi maxsus vakili Kristin Shraner Burgenerning videokonferentsiyada bildirishicha, mamlakatda 1 fevralda yuz bergan harbiy to‘ntarishdan beri haftaning ushbu chorshanbasi «eng qonli kun» bo‘lgan va unda «28 nafar namoyishchi o‘ldirilgan», Mьyanma xavfsizlik kuchlari harbiy hokimiyatga norozilik bildirib chiqqan namoyishchilarga qarata o‘q uzgan… Al-Jazira net, 2021 yil 3 mart). Ma’lumki, Mьyanma-Birma armiyasi 2021 yil 1 fevralda mamlakatda harbiy to‘ntarish sodir etdi. O‘sha kuni yangi parlament o‘zining birinchi sessiyasini o‘tkazishi kerak edi. To‘ntarish ortidan respublika prezidenti, bosh vazir, ko‘plab vazirlar va siyosatchilar qamoqqa olindi. Harbiy to‘ntarishga AQSh keskin munosabat bildirdi va hokimiyatning zudlik bilan qayta tiklanishini talab qildi. Ushbu inqilob ortida nima turibdi? Nega AQSh bunchalik g‘azablandi? To‘ntarishning Mьyanmadagi mazlum musulmonlarga qanday ta’siri bor?
Javob: Javob aniqroq bo‘lishi uchun quyidagilarni bayon qilib o‘tamiz:
1 – Saylovga bir hafta qolmasdan armiya bilan hukumat o‘rtasida dahanaki jang boshlangan edi. Armiya bosh qo‘mondoni general Min Aun Xlayn xususiy ommaviy axborot vositalaridan biriga bergan intervьyusida saylov komissiyasi (UEC)ning ishonchliligi va xolisligi shubha ostida ekanini ta’kidladi. U saylov komissiyasini ovoz berishdan oldingi tartib-qoidalar va qonunlarni keng miqyosda buzganlikda aybladi. Bunga javoban, hukumat matbuot kotibi armiya qo‘mondonining bayonotlarini tanqid qilib, uni asossiz ayblovlar, deb atadi hamda bu bayonotlarning konstitutsiyadagi «Davlat xizmatchilari, shu jumladan, harbiylar va politsiya xodimlari partiyaviy siyosatdan chetda bo‘lishlari kerak», degan matnga zid kelayotganidan ogohlantirdi. Shuningdek, armiyaning «Agar Demokratiya uchun Milliy Liga bu safargi saylovlarda yana g‘alaba qozonsa, armiya qo‘l qovushtirib o‘tirmaydi…», degan ochiq gaplari ham tanqid ostiga olindi. (Hadaf axborot agentligi, 2021 yil 11 yanvar). Bundan armiyaning agar Milliy Liga saylovlarda yutib chiqadigan bo‘lsa, avvaldan inqilobga tayyorgarlik ko‘rganligi ayon bo‘lyapti.
2 – Aun San Su Chjining «Demokratiya uchun Milliy Liga» partiyasi 2020 yil noyabr saylovlarida ikkinchi marta 83 % ovoz bilan g‘alaba qozondi. Bu ko‘rsatkich 2015 yilgi saylovlardan ancha ko‘p bo‘lib, unda 75 % ovoz bilan g‘alaba qozongan edi. O‘shanda armiya o‘zi tuzgan «Birdamlik partiyasi» parlamentdagi jami 476 o‘rindan atigi 33 o‘rinni egallagan edi. Shuning uchun armiya bu safar qo‘l qovushtirib o‘tirmaslik to‘g‘risidagi tahdidlarini yo‘llab, 2008 yilda konstitutsiyaga kiritgan hamda Su Chji va uning sobiq hukumati tomonidan qabul qilingan moddadan foydalandi. Ma’lumki, ayni modda matnida parlamentdagi o‘rinlardan 25 %ini armiya egallashi hamda mudofaa, ichki ishlar, chegara qo‘shinlari vazirliklarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri armiyaga bo‘ysunishi aytilgan. Shuningdek, unda armiya o‘zi aralashishni zarur deb bilgan vaziyatda aralashish huquqiga ega ekani ham qayd etilgan. Kuni kecha armiya yangi parlament yig‘inidan bir necha soat oldin konstitutsiyadagi mana shu moddadan foydalandi. Ya’ni, Parlament yig‘inidan va saylov natijalari konstitutsiyaviy tasdiqdan o‘tishidan oldin harbiy to‘ntarishni amalga oshirdi. Shundan so‘ng harbiy to‘ntarishga qarshi ommaviy noroziliklar boshlanib, 2021 yil 3 mart chorshanba kungi namoyish shu paytgacha bo‘lgan namoyishlarning eng shiddatlisi bo‘ldi: (BMTning Mьyanmadagi maxsus vakili Kristin Shraner Burgenerning videokonferentsiyada bildirishicha, mamlakatda 1 fevralda yuz bergan harbiy to‘ntarishdan beri haftaning ushbu chorshanbasi «eng qonli kun» bo‘lgan va unda «28 nafar namoyishchi o‘ldirilgan», Mьyanma xavfsizlik kuchlari harbiy hokimiyatga norozilik bildirib chiqqan namoyishchilarga qarata o‘q uzgan… Al-Jazira net, 2021 yil 3 mart). Shunga qaramay, norozilik namoyishlari alangasi biroz pasaygan bo‘lsada, lekin o‘chmadi.
3 – Armiya bosh qo‘mondoni general Min Aun Xlayn, Mьyanma armiyasining yana uch qo‘mondoni bilan birga 2019 yil dekabrdan AQSh sanktsiyalari ro‘yxatiga kiritilgan. Ularga «inson huquqlarini jiddiy ravishda buzganlik» ayblovi qo‘yilgan. Bu esa, generalni o‘z kelajagi va taqdiridan xavotirlanishga undadi. Chunki u agar nafaqaga chiqadigan bo‘lsa, o‘zini himoya qilishdan ojiz bo‘lib qoladi. 2016 yil armiya bosh qo‘mondoni lavozimidan bo‘shashi kerak edi. Biroq u o‘zining yangi muddatini cho‘zishni uddasidan chiqib, 2021 yilning yozida nafaqaga chiqishga va’da berdi. Uning nafaqaga chiqqandan keyin ham inglizlarning malayi sifatida siyosiy rolь o‘ynashni xohlayotgani ko‘rinib turibdi. Uni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatayotganlar ham topildi. Hukmron harbiy kengash yig‘inidan so‘ng 2021 yil 1 fevralda armiyaning rasmiy veb-saytida quyidagi so‘zlar bilan shunga ishora qilib o‘tilgan: «Armiya qo‘mondoni general Min Aun Xlayn haqiqiy plyuralistik demokratiya tizimini amalga oshirish bilan shug‘ullanishga va’da berdi». Bu esa, uning mamlakat prezidentligi sari tashlagan qadamidir.
4 – Shunday qilib, armiya saylov natijalarini tan olmadi. Chunki saylov natijalari armiyaning 1962 yildan beri davom etib kelayotgan hokimiyatdagi hukmronligiga tahdid solardi. Shuning uchun saylovda o‘n millionta firibgarlik bo‘lganligini ta’kidlab, San Su Chji tayinlagan saylov komissiyasini til biriktiruvda aybladi. Ammo San Su Chji bu ayblovlarga parvo qilmay, yangi parlamentning birinchi sessiyasini o‘tkazishga harakat qildi. Natijada, armiya qo‘mondoni favqulodda holat e’lon qilishga va hokimiyatni egallashga ruxsat beruvchi konstitutsiyadagi moddani qo‘llamoqchiligi bilan tahdid qildi. Yangi parlamentning birinchi sessiyasidan bir necha soat oldin armiya qo‘mondoni sessiyani kechiktirishni talab qildi. Biroq o‘tgan noyabrda bo‘lib o‘tgan va San Su Chji partiyasi g‘olib chiqqan saylovlardan so‘ng San Su Chji va uning partiyasi rahbarlari armiya talabini bajarishdan bosh tortishdi. Shunda armiya ularning bosh tortuvidan foydalanib, hokimiyatni egallab oldi, so‘ng favqulodda holat e’lon qildi. U hukumat maslahatchisi Aun San Su Chji bilan prezident Vin Mьin kabilarni hibsga oldi. Ularni uy qamog‘iga olib, ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
5 – Masala, aslida saylovlarni soxtalashtirish ham, ularning shaffof emasligi ham emas. Chunki ikki tomon ham o‘z partiyalari foydasiga saylov o‘yinlari qilishdan tap tortishmaydi. Balki masala, siyosiy kurashdadir. Bu kurashni bir tomonda AQSh va uning malayi San Su Chji, ikkinchi tomonda Britaniya va uning malayi bo‘lgan armiya qo‘mondoni olib boryapti. Amerika San Su Chjini qo‘llab-quvvatlar ekan, bu bilan Mьyanmaning Xitoy uchun qamal nuqtasi bo‘lishini istayapti. Britaniyaga kelsak, u Hindiston yarim orolini o‘zining ta’sir doirasiga olib, Birma armiyasini tashkil qilgandan beri Mьyanmani o‘z qo‘lida ushlab kelgan. O‘shandan beri Mьyanmada armiya bevosita yoki bilvosita hukmronlik qilgan. Biroq bu hol Amerika Su Chji partiyasini qo‘llab-quvvatlab, uning partiyasi 2015 yil saylovlarda katta g‘alabaga erishguniga va hokimiyatni qo‘lga kiritguniga qadar davom etdi. Biroq armiyaning 2008 yilgi konstitutsiyada ko‘rsatilgan vakolatlari sababli, Su Chji partiyasining barcha xatti-harakatlari deyarli armiya nazorati ostida qoldi. 2020 yilgi saylovlarda bu partiya 83 % ovoz bilan g‘alaba qozongach, Britaniya mamlakatda Amerika nufuzi o‘rnashib qolishidan xavotirlanib, armiyani to‘ntarish yasash tomon harakatlantirdi va shunday bo‘ldi ham. Bu shuni anglatadiki, Mьyanmadagi voqea-hodisalar AQSh-Britaniya o‘rtasidagi siyosiy kurash natijasida kelib chiqdi. Saylovlar esa, bir yuzaki manzaradan o‘zga narsa emas. Bu erda aslida kurash ketayotgani har qanday aqliraso inson uchun avvaldan ma’lum-ravshan edi. 2012 yil 26 iyunda nashr qilingan savolga javob varaqasida bunday degan edik: «Birmadagi rejim harbiy formadagi generallar tomonidan bevosita nazorat qilinar edi. Hozirda uni fuqaroviy kiyimdagi nafaqaga chiqqan generallar boshqarmoqda. Rejim esa hamon inglizlarga sodiqligicha qolmoqda. Inglizlar bu rejimni yashirin va oshkora, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita malaylari orqali qo‘llab-quvvatlab kelishdi. Musulmonlarni qirg‘in qilish, qiynoqqa solib o‘ch olishda butparastlarni qo‘llab-quvvatlagan ham Angliyadir. Bu jinoyatlar nafaqat shu kunlarda bo‘lmoqda, balki ushbu yurtda Islom boshqaruvi tugagan paytdan buyon davom etib kelyapti. Amerikaga kelsak, u Aun San Su Chji rahbarligidagi «Demokratiya uchun Milliy Liga» partiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda. Amerikaning ko‘magi bilan 1991 yil Tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan bu ayol Aun Sanning qizidir. Aun San esa, inglizlarga muxolif bo‘lgan va u 1947 yil o‘ldirilgan. Shunday qilib, Amerika Birmadagi vaziyatdan rozi emas…». Iqtibos tamom.
6 – Shu tarzda Amerikaning reaktsiyasi kuchli bo‘ldi. Oq uy matbuot kotibasi Jen Psaki bu haqda quyidagicha bayonot berdi: «Qo‘shma Shtatlar Mьyanmadagi so‘nggi saylovlar natijalarini o‘zgartirishga ham, demokratik o‘zgarishlarga to‘sqinlik qiluvchi har qanday urinishlarga ham qarshidir. Agar ushbu qadamlar bekor qilinmasa, AQSh javobgarlarga nisbatan chora ko‘radi». (Bi-Bi-Si va Frans-Press, 2021 yil 1 yanvar). AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken «Mьyanmadagi barcha hukumat rasmiylari va fuqaroviy jamiyat etakchilarining ozod etilishiga chaqirib, harbiylar bunday choralarni darhol bekor qilishlari kerak, deya ta’kidladi». (Bi-Bi-Si, 2021 yil 1 yanvar). Obama davrida Sharqiy Osiyo masalalari bo‘yicha davlat kotibi yordamchisi bo‘lgan va Aun San Su Chji bilan yaxshi aloqaga ega bo‘lgan Deniel Rassel navbatdagi hokimiyatni bosib olish ishini «mintaqadagi demokratiyaga zarba», deb atadi. (Frans-Press, 2021 yil 1 yanvar). Reyter axborot agentligi 2021 yil 2 fevralda amerikalik bir rasmiyning so‘zlarini nashr qildi. Unga ko‘ra, AQSh Birlashgan Harbiy shtab boshliqlarining raisi general Mark Milli Oq uyning talabi asosida Mьyanma armiyasi bilan aloqa tiklashga uringan. Ammo bunga muvaffaq bo‘lolmagan. Reyter axborot agentligi xabarida «Mьyanma harbiy kuchlari Xitoy bilan mustahkam aloqaga ega. Lekin AQSh harbiylari bilan esa, unchalik aloqaga ega emas», deyiladi. Bundan aniq ma’lum bo‘ladiki, Aun San Su Chji ortida Amerika turibdi va uning Mьyanmaga bunchalik ahamiyat qaratayotganligi avvalo bu davlatning Xitoyga tutash joylashganidir. Shu bois, Amerika Xitoyni har tomonlama o‘rab olmoqchi. U Xitoyni hatto mintaqadagi kengayishini oldini olishga urinib, faqat o‘z erlarida cheklanib qolishini xohlayapti. Mьyanmadan esa, Britaniya nufuzini tugatishga va uni barcha mintaqalaridan, xususan, Hindiston yarim orolidan yo‘q qilishga harakat qilyapti.
7 – Shunga qaramay, Britaniya o‘zining siyosiy makkorligini ishga solib, 1962 yilgi birinchi harbiy to‘ntarishdan beri Birma armiyasidagi malaylarining haqiqiy yuzi qanday bo‘lgani, ya’ni ularning britaniyaparast ekanini pardalash uchun ularga Xitoyga do‘stlik izhor qilishni hamda u erdagi kommunistlar va Rossiya bilan yaqinlashishni buyurdi. O‘shandan keyin Rossiya bilan Xitoy Birma rejimini AQShga qarshi qo‘llab-quvvatlashga kirishishdi. Shuning uchun yaqinda Su Chji hukumatiga qarshi harbiy to‘ntarish sodir bo‘lganda, Britaniya bunga qarshi bo‘ladigan reaktsiyalarni kamaytirish uchun Xavfsizlik Kengashiga harbiy to‘ntarishni qoralash va hokimiyatni qayta tiklash to‘g‘risida rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi. U armiya boshchiligidagi rejimni ochiq-oydin qo‘llab-quvvatlayotgan Xitoyning bunga qarshi chiqishini bilar edi. Darhaqiqat, bu haqda Britaniyaning Xavfsizlik Kengashidagi doimiy vakilasi Barbara Vudvorod Kengashga Britaniyaning rezolyutsiya loyihasini taqdim etar ekan, diplomatik yumshoq ohangda bunday dedi: «Biz iloji boricha konstruktiv muhokama olib borish hamda bir qator harakatlarni ko‘rib chiqish tarafdorimiz… Shuningdek, xalqning demokratik istaklarini hurmat qilishga qaytishlarini xohlaymiz…». (Arabiy 21, 2021 yil 2 fevral). Haqiqatdan ham Britaniya 2021 yil 2 fevralda Xavfsizlik Kengashiga rezolyutsiya loyihasini topshirgan paytda Xitoy qarshilik qildi. O‘zining inqilobchilarni qo‘llab-quvvatlash pozitsiyasida ekanini boshdanoq ochiq ma’lum qilayotgan Xitoy o‘z tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venьbin og‘zidan bunday dedi: «Xitoy Mьyanmaning do‘stona qo‘shnisidir. Biz Mьyanmadagi barcha tomonlar o‘zaro kelishmovchiliklarini konstitutsiya va qonunchilik asosida hal qiladilar va ijtimoiy barqarorlikni saqlab qoladilar, degan umiddamiz. Shuningdek, Mьyanmada nimalar bo‘lganini kuzatib, vaziyatni yanada chuqurroq tushunishga harakat qilyapmiz…». (Sinьxua axborot agentligi, 2021 yil 1 fevral). Rossiya harbiy to‘ntarishni qoralamadi. Rossiya tashqi ishlar vazirligi bunday bayonot berdi: «Biz siyosiy muloqot qayta tiklanishi va yurtning barqaror ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi ta’minlanishi orqali vaziyatning amaldagi qonunchilikka muvofiq tinch yo‘l bilan hal etilishi tarafdorimiz». (Novosti, 2021 yil 1 fevral). Demak, Rossiya bilan Xitoy Mьyanma armiyasi tomonida turibdi. Britaniya o‘zining makkor o‘yinini muvaffaqiyatli amalga oshirdi!
8 – Endi, Mьyanmadagi musulmonlarga nisbatan oladigan bo‘lsak, bugungi harbiy to‘ntarishning etakchisi musulmonlarning 2017 yilda qirg‘in etilishiga va yurtdan ko‘chirib yuborilishiga birinchi navbatdagi javobgar tomondir, bunga aslo shubha yo‘q. BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrik 2021 yil 1 fevralda bunday bayonot berdi: «Hozirda Raxin (Arakan) viloyatida 600 ming atrofida rohinga mavjud. Ulardan 120 mingi lagerlarda «hibs» holatida qolib, erkin harakatlanishdan mahrumdirlar. Sog‘liqni saqlash, ta’lim kabi asosiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari juda cheklangan. Shuning uchun ayni vaziyatdagi hodisalar ularga nisbatan juda yomon bo‘lishidan xavotirdamiz». (Reyter, 2021 yil 1 fevral). Shuni ta’kidlash lozimki, musulmonlarning repressiya qilinishida bu ikki davlat ham sherik. Faqat uslublarida farq bor, xolos. Biz 2012 yil 26 iyunda nashr qilingan savolga javob varaqamizda bunday degan edik: «Garchi Birmadagi Britaniya bilan AQSh o‘rtasidagi kurash siyosiy bo‘lsa-da, biroq musulmonlarni repressiya qilishda butparastlarni qo‘llab-quvvatlashga ikkala tomon ham rozi. Bunga nisbatan G‘arbning da’vo qilgan insonparvarlik tuyg‘usi ham qo‘zg‘almayapti, faqat quruq gaplarga cheklanyapti, xolos». Iqtibos tugadi. Voqelikda ham aynan shunday bo‘ldi… Mьyanma armiyasi hamda musulmonlarni yomon ko‘ruvchi butparastlar 2017 yil musulmonlarni yoppasiga repressiya qilayotgan paytda, bunga nisbatan AQSh aytarlik hech narsa qilmadi! Uning malayi Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori Su Chji esa, armiyaning yuz minglab musulmonni bostirib, yurtdan quvib chiqarishini qo‘llab-quvvatladi! Arakan viloyatidan ko‘chirib yuborilgan rohinga musulmonlari soni 700 mingdan oshdi. Ularning erlari va mollari egallab olindi. Armiya bosh qo‘mondoni general Min Aun Xlayn o‘zining feysbukdagi sahifasida 2017 yil 19 sentyabrda musulmonlarga nisbatan qattiq nafratomuz gaplarni yozib, ularning bu yurtda mavjud bo‘lishlarini va haq-huquqlarini butunlay inkor etdi. Buni u Britaniya bilan Evropaning o‘zini qo‘llab-quvvatlashlariga ishongani va xalqaro reaktsiyadan qo‘rqmagani uchun gapirdi. O‘zining sahifasida u bunday degandi: «Ular bizdan o‘zlarini rohingalar sifatida tan olishimizni talab qilishyapti. Vaholanki, ular Mьyanmada bir jamoa xolos, bir kun ham etnik guruh bo‘lishmagan». Rohingalarni bengallar, deya hisoblab, «Bengallar masalasi – o‘zlarining milliy masalasi. Biz bu boradagi haqiqatni ochib berish uchun birlikka muhtojmiz», dedi. Armiyaning ta’kidlashicha, «Raxin shimolida olib borilgan amaliyotlar rohinga isyonchilarini yo‘q qilishga qaratilgan. Chunki ular 25 avgustda politsiya markazlariga hujum qilishgan». (Bi-Bi-Si radiosi, 2017 yil 17 sentyabr). Bi-Bi-Sining qo‘shimcha qilishicha, «Armiya bosh qo‘mondoni Xlayn o‘tgan yili 2016 yil noyabrda Evropaga safar qilgan. Chunki Evropa armiyasi qo‘mondonligi Xlaynni konferentsiyaga taklif qilib, uni olqishlar bilan kutib olgan. Na Italiyada va na Belgiyada uning kelishiga qarshi biror norozilik namoyishi kuzatilmagan». G‘arb hamda uning Birmada kurashayotgan ikkita davlati ham musulmonlarga qarshi sodir etilayotgan ishlardan mutlaqo tashvishlanmaydi. O‘zining mustamlakachiligi davrida boshqa mintaqalarda musulmonlarni qirg‘in qilgan ham, Bosnya kabi davlatlarda qatli om qilinishlariga ko‘z yumib turgan ham G‘arbdir. Shuningdek, Falastinni bosib olib, u erda juda ko‘p musulmonlarni o‘ldirayotgan va quvib chiqarayotgan yahudiy vujudini qo‘llab-quvvatlovchi ham G‘arbdir. Yahudiylarning bu qilmishlari uning ko‘z va quloqlari ostida sodir bo‘lmoqda. Biroq Britaniya va Amerika, har ikkalasi ham Mьyanmadagi musulmonlarning azob-uqubatlaridan kerak bo‘lganda siyosiy maqsadlar yo‘lida foydalanishadi.
Endi, Amerikaning ba’zi birmalik harbiylarga, shu jumladan, mana shu harbiy to‘ntarish etakchilariga sanktsiya qo‘llashiga kelsak, buni ularning inglizlarga malay bo‘lgani uchun qilyapti, xolos. Musulmonlarni repressiya qilishgani va yurtdan quvib chiqarishgani uchun emas. Aks holda, Amerika sanktsiyalarni Birma bosh vazirasi Aun San Su Chjiga ham qo‘llashi kerak edi. Chunki bu ayol ayni repressiyani qo‘llab-quvvatlab, uni qoralashdan yoki armiya va butparastlarni ayblashdan bosh tortdi. Shundan bo‘lsa ham, u sanktsiya ro‘yxatiga kiritilgani yo‘q.
9 – Islom dunyosidagi mavjud rejimlarga kelsak, ularni musulmonlar masalasi tashvishlantirmaydi. Shuning uchun Mьyanmadagi rejimga hech qanday bosim qilishmagan. Hozir ham bu rejimlarning u erdagi musulmonlarga yordam berishlaridan umid yo‘q. Ularning barchasi demokratiyaga qarshi bo‘lgan to‘ntarishni qoralash bilan AQSh va G‘arb nog‘orasiga o‘ynab yotishibdi. Musulmonlar mavzusi ularning xayollariga ham kelgani yo‘q. Zero, musulmonlarning qalqoni xalifa barpo etilgani yo‘q! Rosululloh ﷺ bu bunday deganlar:
«الْإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ»
«Imom-xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi, u bilan himoyalaniladi». Agar musulmonlarning xalifasi bo‘lganda edi, u «yo Mo‘’tasim», deya yordamga chaqirgan bir dona rohinga muslimasiga ham sukut qilmagan bo‘lar edi!
Biroq bitta ayol emas, dunyoda minglab musulmon o‘ldirilmoqda, yurtlaridan quvib chiqarilmoqda. Shu bois ham ushbu Xalifalik tuzumini barpo etishga jiddiy faoliyat qilmoq farzlarning farziga aylandi. Allohning izni ila, Xalifalik barpo bo‘lganda, er kurrasining har eridagi Ummati Muhammadni yordamsiz qoldirmaydi. Zero, u Rosululloh ﷺ
«ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»
«Keyin Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi», deya bashorat qilgan tuzum mana shu biz da’vat qilayotgan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikdir.
وَيَقُولُونَ مَتَى هُوَ قُلْ عَسَى أَن يَكُونَ قَرِيباً
«Ular o‘sha (kun) qachon bo‘lur?, deb (so‘raydilar). «Shoyadki yaqin bo‘lsa», deb ayting!» [Isro 51]
21 rajab 1442h
06 mart 2021m