Ummatning ong-saviyasini oshirib, uning zimmasiga Xalifalikni qayta barpo etish javobgarligini yuklash

317
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ummatning ong-saviyasini oshirib, uning zimmasiga Xalifalikni qayta barpo etish javobgarligini yuklash

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati Xalifalik qulatilganining yuz yilligi xotirasida «Ummatning ong-saviyasini oshirib, uning zimmasiga Xalifalikni qayta barpo etish javobgarligini yuklash» nomli haftalik forumni bu safar Ummu Do‘rmon telekanali studiyasida o‘tkazdi. Unda bir qator siyosatchilar, mufakkirlar, jurnalistlar va ommaviy axborot vositasi xodimlari qatnashdi. Shu haqda jurnalist Muhammad Mabruk Sudanda chiqadigan «Axborul Yavm» gazetasining yakshanba kungi sonida bunday deydi: «Forumda qatnashish ishtiyoqim yanada oshdi. Chunki Hizb ut-Tahrir yoshlari quruq gaplarni gapirmaydi va soxta shiorlarni ko‘tarib chiqmaydi. Aksincha, g‘oyalariga erishish uchun o‘ziga xos yondashuvga va qat’iy qarorga ega bo‘lib, ayrim ommaviy axborot vositalarining hujumlaridan mutlaqo zaiflashmaydilar».

Shanba kungi forumda doktor Abdurahmon birinchi ma’ruzada usul qoidasi haqida so‘z yuritdi. Ya’ni, siyosiy faoliyat natija berishi uchun u albatta Islom manhajiga asoslanmog‘i kerakligini ta’kidladi. Doktor Makkadagi islomiy da’vatning Madinada davlat barpo etilgungacha bo‘lgan bosqichini sharhlab, bu bosqich adolatga asoslangan davlatning boshqaruv asoslarini mustahkamladi, dedi. Doktor arab bahori va boshqa qo‘zg‘olonlarning tez orada jilovlanib qolgani haqida gapirar ekan, «haqiqiy o‘zgarish uchun aniq yo‘lga ega sog‘lom mafkura kerak, birgina ehtirosning o‘zi kifoya emas, mustamlakachi G‘arb yo‘liga ergashish zulm va jaholat bo‘lib, Ummat ahvolini tuzatolmaydi, balki buning birdan-bir yo‘li Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Islomiy Xalifalikni qayta barpo etishga va bitta imom-xalifa saylashga qaratilgan siyosiy faoliyat olib borishdir», dedi. Ikkinchi ma’ruza advokat Ahmad Abkarga berildi. U ma’ruzasida o‘zgarish tayanchlari yoshlar ekani, bu ishga etakchilik qilish uchun haqiqiy kuch yoshlardaligini ta’kidladi. Forum qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga bu ikki ma’ruzachilar batafsil javob berishdi. Jumladan, bu ish qudrat va nusrat ahlidan yordam olishni talab qilar ekan, nega Hizb ut-Tahrir armiya vazifasi bilan shug‘ullanmaydi? degan savolga bunday javob qilindi: Hizb ut-Tahrir da’vat manhajiga va yaxshi mav’izaga tayanadi. Chunki davlat, ya’ni, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini barpo etish uchun yagona yo‘l mana shu go‘zal nasihatdir.

Roya gazetasining 2021 yil 3 mart chorshanba kungi 328-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.