Muborak zamin borasida qabul qilingan sharmandalik va xoinlik hujjati

295
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Muborak zamin borasida qabul qilingan sharmandalik va xoinlik hujjati

«Maannews.net» veb-saytida (hijriy 1442 yil 9 rajab, milodiy 2021 yil 21 fevral)da nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

«Falastin ma’muriyati AQShning yangi ma’muriyatiga yo‘llagan birinchi siyosiy murojaatida Falastin fraktsiyalari, shu jumladan Hamas tomonidan erishilgan asosiy kelishuvlarni ko‘rsatib o‘tdi.

«Amad.ps» veb-saytida Falastindagi barcha fraktsiyalar 1967 yilgi hududlarda Falastin davlati barpo etilishiga, uning poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lishiga hamda xalq qarshilik harakati tinch yo‘l bilan davom etishiga sodiqdirlar, deyiladi.

Falastin vaziri Husayn Shayx saylovlar va asosiy qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha majburiyatlarga oid nomani Davlat kotibining Isroil-Falastin ishlari bo‘yicha yordamchisi Hodiy Amrga topshirdi.

Hujjat nomzod ko‘rsatish uchun saylov shartini (nomzodga ariza, 4-ilovani) ham o‘z ichiga olgan bo‘lib, unda «saylovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan har bir shaxs arizaga imzo chekmog‘i hamda asosiy qonunni va undagi Falastin Ozodlik Tashkiloti tasdiqlagan va qabul qilgan saylovlar to‘g‘risidagi qonunni va unga kiritilgan o‘zgartirishni qabul qilmog‘i, Falastin Ozodlik Tashkilotini Falastin xalqining yagona qonuniy vakili, deb bilmog‘i shart», deyilgan».

Roya:

Bu hujjatdan Falastin Ozodlik tashkilotining naqadar xoinligi, o‘zini Falastin xalqining yagona qonuniy vakili ekanini da’vo qilib, xalq nomidan Falastinning aksar qismidan voz kechishda qat’iy turgani va o‘z xiyonatini o‘rab ham o‘tirmayotgani ochiq ko‘rinib turibdi. Yana bu hujjatdan saylovlar Amerikaning «ikki davlat» loyihasiga, ya’ni Falastinning aksar qismi yahudiy vujudiga berilishi ko‘rsatilgan loyihaga asoslangani ham ko‘rinib turibdi. Bundan tashqari, bu saylovlar Falastin masalasini tugatish uchun mustamlakachi G‘arb tomonidan belgilangan xalqaro qonunga tayanadi. Zero, Falastin Ozodlik tashkilotining xoinligiga rozi bo‘lish va bu xoinlikni shaxsning saylov va ma’muriyatda qatnashishi uchun zarurat, deb bilish, yurtni va odamlarni zoe qilgan bu tashkilotni Falastin ahlining yagona qonuniy vakili, deb hisoblash hamda Falastin rejimiga kirishni va saylovlarda qatnashishni istaganlar uchun, istasa-istamasa, bu saylovlarni asosiy g‘oya, deb bilish, bularning barchasi saylovlarda ishtirok etishning asosiy talablaridan biridir.

Falastin rejimi ushbu hujjat bilan o‘zining xoinligini hamda Allohdan ham, Rosulidan ham, mo‘minlardan ham uyalmasligini ko‘rsatib qo‘ydi. U go‘yoki: bizning botqoqqa tushishni istagan kishi, avval balchiq suvidan ichishi, ammo botqoqqa kirishdan oldin – biron bir bahona qolmasligi uchun – nimaga ketayotganini bilishi kerak, demoqda. Rejim uning botqog‘iga tushayotgan kishidan xiyonatni xiyonatligini bilib, ongli holda qilishini, toki, rejim bilan hokimiyatda sherik bo‘layotganda – yon berish, sotqinlik qilish, ikki davlat loyihasiga rozi bo‘lish, yahudiy vujudi bilan xavfsizlik va mudofaa hamkorligi o‘rnatish kabi xoinliklarda – rejimdan o‘zib ketmasligini xohlaydi.

Falastin ahli bunday ochiq xiyonatni ko‘rgandan keyin, rejimning kirdikorlarini ochib tashlashi va saylovlarining yon berish va voz kechishga asoslangan saylov ekanini fosh etishi lozim. Ular shuni yaxshi bilishlari kerakki, bu saylovlar aslida bir qurol bo‘lib, undan Ozodlik tashkiloti o‘z xiyonatini oxiriga etkazib, Falastin masalasini yahudiylar foydasiga hal etishi uchun unga qonuniylik tusini berish ko‘zlangan. Bu saylovlar Ozodlik Tashkilotining hamda rejim va gumashtalarining qora bozoridir. Shuning uchun odamlar bu saylovlarda mutlaqo qatnashmasligi kerak. Falastin ahli Falastin masalasining egasi bo‘lmish Islom Ummatiga shuni ko‘rsatsinlarki, Ozodlik tashkiloti faqat o‘ziga hamda uning qanotlari ostiga kirganlarga mansub, ammo Falastin ahliga ham, uning masalasiga ham mansub emas. Bil’aks, bu rejim ushbu muborak zamin masalasini islomiy ma’no-mazmunidan uzib, yo‘q qilish uchun Falastin ahli bo‘yniga qadalgan qilichdir… mustamlakachilar qo‘lidagi quroldir…

Falastindagi fraktsiyalar shuni anglab etmoqlari kerakki, Ozodlik tashkiloti allaqachon soxta rejim evaziga Falastin masalasini sotib bo‘lgan. Rejim esa, bosqinchi yahudiylarga xizmat qiluvchi xavfsizlik organiga aylangan bo‘lib, Ozodlik tashkiloti ham, rejim ham intilishga va uning yo‘lida raqobatlashishga loyiq o‘lja emas. Shuningdek, bu fraktsiyalar Ozodlik tashkilotidan, rejimdan, ularning saylovlariyu hujjatlaridan, hammasidan qo‘lni yuvib qo‘ltiqqa urmoqlari va ularning bir bo‘lagiga aylanmasliklari lozim. Alloh Taolo aytadi:

مَن كَانَ يُرِيدُ الْعِزَّةَ فَلِلَّهِ الْعِزَّةُ جَمِيعاً إِلَيْهِ يَصْعَدُ الْكَلِمُ الطَّيِّبُ وَالْعَمَلُ الصَّالِحُ يَرْفَعُهُ وَالَّذِينَ يَمْكُرُونَ السَّيِّئَاتِ لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ وَمَكْرُ أُوْلَئِكَ هُوَ يَبُورُ

«Kim kuch-qudratni istaydigan bo‘lsa, bas barcha kuch-qudrat Allohnikidir. (Har bir) xush so‘z Unga yuksaladi va yaxshi amalni ham (Alloh O‘z dargohiga) ko‘taradi. Yomon makr-hiylalar qiladigan kimsalar uchun esa qattiq azob bor va ularning makrlari ham halok bo‘ladi (puchga chiqadi)» [Fotir 10]

Roya gazetasining 2021 yil 3 mart chorshanba kungi 328-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.