بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Ummat siyosiy maydondan chiqib qolishlaring asosiy sababi (4)
Siyosiy maydonga kirib borishni maqsad qilgan har bir taqvodor mo‘min islomiy siyosiy fikrlar bilan qurollanmog‘ligi shart. Chunki Ummatni har bir ishga bo‘lgan munosabatini o‘rganib, uni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanini bilish uchun ham, noto‘g‘ri bo‘lsa, to‘g‘ri munosabatni o‘rgatishi uchun ham har bir ishdagi Islom echimini hayotiy, amal qiladigan qilib o‘rganish kerak. Aksincha, siyosiy maydondagi etakchilikni da’vo qiluvchi safsatachi, qalbaki siyosatchi bo‘lib qoladi. Tariximizdagi Mus’ab ibn Umayr(r.a.)ni eslaylik, Madinaga borganida Rosululloh(s.a.v) ta’lim bergan Islom qurolidan boshqa hech narsasi yo‘q edi. Na boylik olib bordi, na u erdagi insonlardi tanir edi. Jamiyatga yangi kirib bordiyu, lekin Islom ko‘rsatmalari bilan har qanday insonni, xoh oddiy bo‘lsin, xoh etakchi bo‘lsin o‘z maqsadi – buzuq tuzumni uloqtirib, o‘rniga Alloh Taolo rozi bo‘ladiagan hayot tarzini kurish – tamon etaklay boshladi. Ozgina vaqt ichida Islomdan boshqa har qanday etakchi fikrlarni siyosiy maydondan siqib chiqardi.
Avvalgi davrlarda, insonlar, kimga qullik qilish haqida bahslar qilishgan, ammo gaplariga hujjat keltirishmas edilar. Bu kofirlardagi tabiiy holat, chunki nohaq inson kimligi bilinib qolmasligi uchun hamda chaqirayotgan narsasini safsata ekanligi sababli fikr yuritishdan qochadi. Hujjatsiz bo‘lgan gaplarni qabul qilish faqat buyruqlarni bajarishga odatlantirilgan, fikr yuritish nimaligidan bexabar manqurtlarda tibiiy hol. Ammo Islom bunga rozi bo‘lmaydi, chunki Alloh Taolo aql ne’matini berib, uni ishlatishni farz qildi. Shuning uchun Qur’on oyatlari mushriklarni Lot, Uzzo yoki Manot kabi hayoliy sanamlari haqida fikr yuritishga chaqirdi, chunki o‘sha davrlardagi siyosat asosan budlarga qullik qilishga asoslangan edi:
أَفَرَأَيْتُمْ اللَّاتَ وَالْعُزَّى () وَمَنَاةَ الثَّالِثَةَ الْأُخْرَى
(Ey mushriklar, o‘zlaringizcha sig‘inayotgan sanamlaringiz) — «Lot», «Uzzo», va yana uchinchilari bo‘lmish tuban «Manot» haqida hech o‘ylab ko‘rdinglarmi?! [53:19-20].
Faqat fikrlashga chaqiribgina qolmay, balki bu mavzu’dagi Haq nima ekanini ham bayon qilmoqda, bu esa, siyosiy kurashdagi asosdir:
إِنْ هِيَ إِلَّا أَسْمَاءٌ سَمَّيْتُمُوهَا أَنْتُمْ وَآبَاؤُكُمْ مَا أَنزَلَ اللَّهُ بِهَا مِنْ سُلْطَانٍ إِنْ يَتَّبِعُونَ إِلَّا الظَّنَّ وَمَا تَهْوَى الْأَنْفُسُ وَلَقَدْ جَاءَهُمْ مِنْ رَبِّهِمْ الْهُدَى(23) أَمْ لِلْإِنسَانِ مَا تَمَنَّى(24)فَلِلَّهِ الْآخِرَةُ وَالْأُولَى
U (nom)lar faqat sizlar o‘zlaringiz va ota-bobolaringiz qo‘yib olgan nomlardir. Alloh ular(ga ibodat qilish) haqida biron hujjat tushirgan emas. U (mushrik)larga (payg‘ambar alayhis-salom vositalarida) Parvardigor tomonidan hidoyat (Qur’on) kelib turgan holda ular faqat gumonga va havoyi nafslarigagina ergashadilar-a! Yoki inson uchun o‘zi orzu qilgan narsa bo‘laverarmi?! (Hargiz bo‘lmas!).Zero oxirat ham, dunyo ham yolg‘iz Allohnikidir! [53:23-25].
Yahud va nasorolar Alloh Taologa iymon keltirsalarda, lekin o‘zlariga nozil qilingan hidoyat kitoblari bo‘la turib, haqqa qarshi chiqishar, haqni o‘chirib tashlashga harakat qilishar edi. Nosorolar Alloh Taologa Iso(a.s.)ni yoki rohiblarini sherk qilishib, o‘shalarga qullik qilishga intilishardi, holbuki ular zolim kimsalar edi. Alloh Taolo aytadi:
وَقَالَتْ الْيَهُودُ عُزَيْرٌ ابْنُ اللَّهِ وَقَالَتْ النَّصَارَى الْمَسِيحُ ابْنُ اللَّهِ ذَلِكَ قَوْلُهُمْ بِأَفْوَاهِهِمْ يُضَاهِئُونَ قَوْلَ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ قَبْلُ قَاتَلَهُمْ اللَّهُ أَنَّى يُؤْفَكُونَ(30)اتَّخَذُوا أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَانَهُمْ أَرْبَابًا مِنْ دُونِ اللَّهِ وَالْمَسِيحَ ابْنَ مَرْيَمَ وَمَا أُمِرُوا إِلَّا لِيَعْبُدُوا إِلَهًا وَاحِدًا لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ سُبْحَانَهُ عَمَّا يُشْرِكُونَ(31)يُرِيدُونَ أَنْ يُطْفِئُوا نُورَ اللَّهِ بِأَفْوَاهِهِمْ وَيَأْبَى اللَّهُ إِلَّا أَنْ يُتِمَّ نُورَهُ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ(32) هُوَ الَّذِي أَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدَى وَدِينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدِّينِ كُلِّهِ وَلَوْ كَرِهَ الْمُشْرِكُونَ(33)يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّ كَثِيرًا مِنْ الْأَحْبَارِ وَالرُّهْبَانِ لَيَأْكُلُونَ أَمْوَالَ النَّاسِ بِالْبَاطِلِ وَيَصُدُّونَ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ وَالَّذِينَ يَكْنِزُونَ الذَّهَبَ وَالْفِضَّةَ وَلَا يُنفِقُونَهَا فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَبَشِّرْهُمْ بِعَذَابٍ أَلِيمٍ
Yahudiylar: «Uzayr Allohning o‘g‘li», dedilar. Nasroniylar: «(Iyso) Masih Allohning o‘g‘li», dedilar. Bu ularning og‘izlaridagi (hujjat-dalilsiz) gaplaridir. Ularning bu gaplari xuddi avvalgi kofir bo‘lgan kimsalarning gapiga o‘xshaydi. Ularni Alloh la’natlagay! Qanday adashmoqdalar-a! Ular Allohni qo‘yib o‘zlarining donishmandlarini va rohiblarini hamda Masih binni Maryamni Parvardigor deb bildilar. Holbuki, faqat yagona Allohga bandalik kilishga ma’mur (buyurilgan) edilar. Hech iloh yo‘q, faqat Uning O‘zi bordir. U zot ularning shirklaridan pokdir.Ular Allohning nurini (ya’ni, islomni) og‘izlari (ya’ni, behuda gaplari) bilan o‘chirmoqchi bo‘ladilar. Alloh esa, garchi (kofirlar) xoxlamaslar-da, faqat O‘z nurini to‘la (ya’ni, har tarafga) yoyishni istaydi. U (Alloh) O‘z payg‘ambarini hidoyat va haq din bilan — garchi mushriklar xoxlamasalar-da — barcha dinlarga g‘olib qilish uchun yuborgan zotdir. Ey mo‘minlar, o‘sha donishmandlar, rohiblardan ko‘pchiligi odamlarning mollarini nohaq (yo‘l) bilan eydilar va Allohning yo‘lidan to‘sadilar. Oltin-kumushni bosib, uni Alloh yo‘lida infoq-ehson qilmaydigan kimsalarga alamli azob «xushxabarini» etkazing! [9:30-34].
Hozirda esa birorta inson “kimga qullik qilsam ekan” degan fikrga bormaydi. Insonlardagi asosiy fikrlar: “prezident boshqaruvi nizomi yaxshimi, parlament boshqaruv nizomimi yoki aralash bo‘lganimi?” – degan savol o‘rtasida bahs yuritmoqdalar. Lekin ular bu fikrlar kelib chiqadigan asos – aqida – haqida fikr yuritishni xohlashmaydilar, chunki ularni aldab qo‘ygan narsa: “xalq qanday nizom bilan yashashni o‘zlari belgilaydi” – degan ahmaqona fikrlaridir. Iqtisodda ham iqtisod ilmi bilan iqtisod nizomini ajratmagan holda, asosan ishlab chiqarishni ko‘paytirishni maqsad qilgan nizom xususida bahs ketadi. Ijtimoda erkak bilan ayolni insoniyligida farq qilmasalarda, erkaklik va ayollik sohalarida o‘ziga xos yaratilgan voqe’liklariga e’tibor qaratmagan holda hamma sohada tenglik printsipida tartiblashtiruvchi nizom atrofida bahslar olib boriladilar. Tashqi siyosatda esa, etakchi davlatlar “olam tinchligi” kabi yaltiroq nomlar ostida, o‘z foydalari uchun dunyo xalqlariga zulm o‘tkazuvchi, zo‘ravon sistemalarni majburiy ijro qildirishlari dunyoni jar yoqasiga olib kelib qo‘ymoqda va hokazo.
Shuning uchun siyosiy maydonga kirmoqchi, ikki dunyo xorligidan saqlanmoqchi har qanday inson avvalo, boshqaruv, iqtisod, ijtimo, jazo choralari va hokazolar, hamda tashqi siyosat aslida qanday tartibda bo‘lishi kerakligini yaxshilab o‘rganishlari shariat talabidir. Hamda Ummatga to‘g‘ri hayot tarzi – Alloh Taolo rozi bo‘ladigan hayot tarzi – qandayligini tushuntiradigan jamoatni tayyorlashga shoshilishlari shart. Buni inkor qilmagan holda boshqa yo‘lni tutgan insonlar kofir bo‘lmasalarda, qattiq gunohkor bo‘ladilar, Chunki Rosululloh(s.a.v) shirk-kufr, fisqu- fujurlarga, munkarlarga to‘lib toshgan Makkada Alloh Taolo nozil qilgan hukmlarni hukmron qilish uchun avvalo tirik Qur’onlarni – ashoblaridan bir jamoatni – tashkil qilish bilan uch yil shug‘ullandilar. Boshqa ishlarga jiddiy e’tibor qaratganligi rivoyat qilinmagan.
Islomni hayotda, ayniqsa siyosiy maydonda bo‘lishining boshlanishi faqat Islomni: boshqaruv, iqtisod, ijtimo, ta’lim-tarbiya kabi nizomlarini avvalo yaxshilab o‘rganishdan boshlanadi. So‘ngra yaqinlarimizga: oshna-og‘ayni, qo‘ni-qo‘shni, qarishdoshlar bilan haftalik, oylik to‘planishlar uyushtirish, loaqal tasodifan ko‘rishganda Islomga da’vat qilish orqali Islomni Ummatga o‘rgatadigan jamoatni tayorlab olish kerak. Bu Rosululloh(s.a.v)ning yo‘llari va Qur’on talabi hamda eng ajrli farzdir. Buni ajrini, ya’ni Islomni hayotga qaytarish uchun bo‘lgan sa’y-harakatlarning ajrini tasavvur qilishingiz uchun Islomni himoya qiluvchi-Murobitlarga va’da qilingan ajrlarni ifodalovchi hadislarni keltiraman. Ribotning fazli haqida bir necha nasslar kelgan. Masalan sahih Muslimda Salmon(r.a.)ning ushbu so‘zlari kelgan: Men Rosululloh(s.a.v)ning shunday deganini eshitdim:
«رِبَاطُ يَوْمٍ وَلَيْلَةٍ فِي سَبِيلِ اللَّهِ خَيْرٌ مِنْ صِيَامِ شَهْرٍ وَقِيَامِهِ، وَإِنْ مَاتَ جَرَى عَلَيْهِ عَمَلُهُ الَّذِي كَانَ يَعْمَلُهُ، وَأُجْرِيَ عَلَيْهِ رِزْقُهُ، وَأَمِنَ الْفَتَّانَ»
«Alloh yo‘lida bir kecha-kunduzlik ribot bir oy kunduzi ro‘za tutib kechasi namoz o‘qishdan yaxshiroqdir. Agar o‘lsa qilib yurgan amali unga yozilaveradi, rizqi ham yozilaveradi, fitnalardan omonda bo‘ladi». Tabaroniy marfu’ hadisda ishonchli kishilar sanadi bilan rivoyat qildi:
«… وَمَنْ مَاتَ مُرَابِطاً فِي سَبِيلِ اللَّهِ أَمِنَ مِنَ الْفَزَعِ الأَكْبَرِ»
«… Kimki Alloh yo‘lida murobit bo‘lib o‘lsa eng katta dahshatdan omonda bo‘ladi». Abu Umomadan rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar(s.a.v) shunday dedilar:
«إنَّ صَلاَةَ الْمُرَابِطِ تَعْدِلُ خَمْسَمِائَةِ صَلاَةٍ، وَنَفَقَةُ الدِّينَارِ وَالدِّرْهَمِ فِيهِ أَفْضَلُ مِنْ سَبْعِمِائَةِ دِينَارٍ يُنْفِقُهُ فِي غَيْرِهِ»
«Murobitning namozi besh yuz namozga teng keladi. Murobitlikda sarflanadigan bir dinor va dirham boshqa paytda sarflanadigan etti yuz dinordan yaxshiroqdir». Bu hadisni Bayhaqiy «Shuabul imon»da rivoyat qilgan. Fazola ibn Ubayddan shunday degani rivoyat qilindi: Men Rosululloh(s.a.v)ning shunday deganini eshitdim:
«كُلُّ مَيِّتٍ يُخْتَمُ عَلَى عَمَلِهِ إِلاَّ الَّذِي مَاتَ مُرَابِطاً فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَإِنَّهُ يَنْمُو لَهُ عَمَلُهُ إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ، وَيَأْمَنُ فِتْنَةَ الْقَبْرِ»
«O‘lgan har bir odamning amali yopiladi. Magar Alloh yo‘lida murobit bo‘lib o‘lgan kishining amali yopilmaydi. Chunki uning amali qiyomat kunigacha o‘sib boradi va u qabr fitnasidan omonda bo‘ladi». Termiziy rivoyati.
Da’vat – Islomni ta’lim berish-tarbiyalash bo‘lib, uning ma’nosi musulmonlarga ularning tuyg‘ulariga ta’sir qiladigan va ularni Allohning azobi va g‘azabidan qo‘rqitadigan suratda dinlaridagi ishlarni o‘rgatishdirki, musulmon Allohning oyatlarini o‘rganish va o‘rgatish tariqati natijasida tuyg‘ulari aqliga bog‘langan paytda ta’sir qiluvchi kuchga aylansin. Islomni siyosiy maydonga qaytirish uchun da’vat asosiy ish hisoblanadi. Da’vat shar’iy istiloh hamda farz amal bo‘lib, uni shariat talabiga muvofiq bo‘lsagina da’vat farzi ado qilingan bo‘ladi. Unda asosan uchta farz bor: Islomni qanday bo‘lsa shundayligicha o‘rgatish, har bir aytilgan fikrga hujjat keltirish hamda fikrga bog‘liq holda tuyg‘ularni shakillantishdan iborat. Shu yo‘l bilan Islom daraxtining ildizlaridan zararkunandalarni ketkazish – fikr va ahkomlarni Islom aqidasiga bog‘lash va bularni Qur’on va sunnatdan kelib chiqqanligini bayon etish bilan amalga oshadi. Ushbu fikr va ahkomlarni Qur’on va sunnatdan kelib chiqqanligi har bir fikr va har bir hukmning shar’iy dalilini keltirish bilan bo‘ladi ya’ni har bir narsaga – to u Islom yoki Islomdan deb sanalishi uchun – dalil keltirish zarur.(“Dusiya” kitobidan). Agar qarshi fikr sohibi bo‘lsa, u holda go‘zal suratda munozara qilish bilan da’vat farzi ado bo‘ladi. Alloh Taolo aytadi:
ادْعُ إِلَى سَبِيلِ رَبِّكَ بِالْحِكْمَةِ وَالْمَوْعِظَةِ الْحَسَنَةِ وَجَادِلْهُمْ بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ
إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِمَنْ ضَلَّ عَنْ سَبِيلِهِ وَهُوَ أَعْلَمُ بِالْمُهْتَدِينَ
– «(Ey Muhammad), Parvardigoringizning yo‘li-diniga donolik-hikmat bilan chiroyli pand-nasihat bilan da’vat qiling! Ular (siz bilan talashib-tortishadigan kimsalar) bilan eng go‘zal yo‘lda mujodala-munozara qiling! Albatta, Parvardigoringizning O‘zi Uning yo‘lidan ozgan kimsalarni juda yaxshi bilur va U Zot hidoyat topguvchi kishilarni ham juda yaxshi bilur» [16:125]
Hikmat – aqliy hujjat, chiroyli mav’iza esa go‘zal eslatmadir. Ya’ni odamlarning aqllariga xitob qilgan vaqtda ularning tuyg‘ularini va tuyg‘ulariga xitob vaqtida esa ularning fikrlarini qo‘zg‘atish kerak, toki tuyg‘ular fikrlar bilan bog‘lanib, komil suratdagi amal kelib chiqsin. Go‘zal suratdagi munozara esa fikratga cheklangan va shaxslarga, nafsoniyatiga o‘tmaydigan munozaradir. Da’vat tariqatidagi bu uch holatni mulohaza qilib ko‘rish shart. Bu haqiqatga, ikki dunyo saodatiga eltuvchi yo‘l, Ummatni siyosiy maydonga kirib borishining, hatto dunyo etakchiligini qo‘lga olishining asosiy shartidir. Shunga e’tibor bermay qo‘ygan kunimizdan boshlab, xor bo‘ldik, siyosiy maydondan quvildik. Alloh Taolo aytadi:
وَمَا يُؤْمِنُ أَكْثَرُهُمْ بِاللَّهِ إِلَّا وَهُمْ مُشْرِكُونَ () أَفَأَمِنُوا أَنْ تَأْتِيَهُمْ غَاشِيَةٌ مِنْ عَذَابِ اللَّهِ أَوْ تَأْتِيَهُمْ السَّاعَةُ بَغْتَةً وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ () قُلْ هَذِهِ سَبِيلِي أَدْعُو إِلَى اللَّهِ عَلَى بَصِيرَةٍ أَنَا وَمَنْ اتَّبَعَنِي وَسُبْحَانَ اللَّهِ وَمَا أَنَا مِنْ الْمُشْرِكِينَ
Ularning ko‘plari Allohga faqat mushrik bo‘lgan (ya’ni o‘zlarini «xudo» fahmlaydigan zolim hokimlarga bo‘yinsunib, ularning insoniyatni halokatga olib boruvchi «konistitutsiyalari»ga ergashgan) hollaridagina iymon keltiradilar. Yoki ular Allohning azobidan biron balo-ofat kelib qolishidan yo to‘satdan ular sezmagan hollarida qiyomat qoyim bo‘lishidan xotirjammilar?! Ayting: «Mening yo‘lim shudir. Men Allohga da’vat qilaman. Men va menga ergashgan kishilar aniq hujjatga – ishonchga egamiz. (Har qanday sherikdan) Allohni poklayman. (Zero) men mushriklardan emasman». [12:106-108].
G‘arib Muslim