Xalifaliksiz o‘tgan so‘nggi asr Ummat uchun eng og‘riqli asr bo‘lib qoldi

442
0

Xalifaliksiz o‘tgan so‘nggi asr Ummat uchun eng og‘riqli asr bo‘lib qoldi

Bu alamlarga chek qo‘yish vaqti keldi

Hizb ut-Tahrir rajab oyining birinchi kuni, fazilatli uch oyning kirib kelishi hamda Xalifalik qulatilganiga yuz yil to‘lishining alamli xotirasi munosabati bilan olamiy kampaniya boshladi. Hizb ushbu kampaniya orqali barcha musulmonlarga, xususan, mazlumlarga yordam berish va ularni zolimlar zulmidan qutqarish imkoniga ega bo‘lgan quvvat egalariga yuzlanib, bunday deydi: Ey musulmonlar! Xalifasiz o‘tgan yuz yil etar endi! Xalifalik qulatilishining yuz yilligida biz sizlarni uni qayta barpo etishga chaqiramiz!

Ha, Xalifalik qulatilganidan beri yuz yil o‘tdi. O‘tgan ushbu uzun yillar, Islom Ummati o‘tkazgan eng og‘ir yillar bo‘ldi. Islom Ummati o‘z tarixida yuz yilga cho‘zilgan bunday zulmga duchor bo‘lmagan! Islomning muqaddas maskanlari ushbu yillar davomida uchragan hujumlarga avval uchramagan! Tarixda musulmonlar qoni ushbu asrda to‘kilganchalik bu qadar ochiq va osonlik bilan to‘kilmagan! Musulmonlar bu qadar ochiqchasiga parchalanib, boshliqsiz qolmagan!

Ey musulmonlar, insonlar uchun chiqarilgan ummatning eng yaxshisi bo‘lgan ummatga mana shunday ahvolga tushib qolish yarashadimi? Musulmonlar vahiy nozil bo‘lishni boshlagan paytdan boshlab Xalifalik qulatilganiga qadar Allohning buyruqlariga amal qilishdan va Islom arqonini mahkam tutishdan chekinmaganlar. Ular bir necha bor mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsalar-da, har safar Allohning arqonini mahkam tutish va qayta oyoqqa turish bilan yutuqqa erishganlar. Ular og‘riqli alamlarni totgan bo‘lsalar-da, Islomdan boshqa narsadan davo izlamaganlar. Musulmonlar Allohning buyruqlariga qanchalik rioya qilsalar, shunchalik yutuqqa erishganlar, Allohning shariatini hukmron qilish uchun qancha kuch sarflasalar, shuncha g‘alaba quchganlar.

Siz ajdodlaringiz singari bo‘lishni istamaysizmi? Alamli kunlardan, qoloqlikdan, bo‘linishlardan, odamlar zulmidan va G‘arb mustamlakachiligidan xalos bo‘lishni istamaysizmi? Muqaddas maskanlaringizga hujum qilgan Islom dushmanlariga munosib tarzda saboq berib qo‘yishni istamaysizmi? Bularning barchasiga erishish yo‘li ochiq ravshan bo‘lib, unda hech bir noaniqlik yo‘q. Siz millatchilikni rad eting. Chunki uni Alloh harom qilgan bo‘lib, u parchalanishingiz sababchisidir. Siz demokratiyadan yuz o‘girin, chunki u sizni Allohning dinidan uzoqlashtiradi. Ilmoniylikdan yuz o‘giring, chunki u «Alloh dunyo ishlariga aralashmaydi» deb da’vo qiladi. Alloh ular aytgan narsadan Pok va nihoyat darajada Yuksakdir. Siz birligingizni qayta tiklang va payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni qayta barpo eting!

Mana, Hizb ut-Tahrir sizlarni najot yo‘liga chaqirmoqda, sizlar unutgan haqiqatlarni sizlarga eslatmoqda. U sizlarga yaxshilikni, najotni va Alloh Taoloning roziligiga erishishingizni istamoqda. Hizb ut-Tahrir dunyodagi biron bir go‘dak o‘limga uchrashini, biron bir musulmon zulmga duchor bo‘lishini va yurtingiz boylikka to‘la bo‘la turib, sizlarning qashshoqlikda yashashingizni istamaydi. U sizlarga haqni va sabrni tavsiya etadi. U o‘zi asoslangan shar’iy asosga muvofiq sizlarni yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradi. Allohim O‘zing guvoh bo‘l!

#أقيموا_الخلافة

#خلافت _ کو _ قائم _ کرو

#YenidenHilafet

#ReturnTheKhilafah

#Xalifalikni_barpo qilinglar

Hizb ut-Tahrirning Turkiyadagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.