بسم الله الرحمن الرحيم
Xalifa – Rasululloh ﷺdan keyin musulmonlarni boshqaradigan shaxsdir
Xalifa – Rasululloh ﷺdan keyin musulmonlarni boshqaradigan shaxsdir. U Ummatni boshqarishda va unga g‘amxo‘rlik qilishda Rasululloh ﷺga o‘rinbosar bo‘lganligi uchun xalifa (o‘rinbosar) deb ataldi. Hadislarda bayon qilingan va Rasululloh ﷺdan keyin xalifalar amalda ijro qilgan narsa mana shudir.
Rasululloh ﷺ shunday marhamat qildilar:
«إِنَّمَا الْإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ، فَإِنْ أَمَرَ بِتَقْوَى اللَّهِ وَعَدَلَ، فَإِنَّ لَهُ بِذَلِكَ أَجْراً، وَإِنْ أَتَى بِغَيْرِهِ فَعَلَيْهِ إِثْمُهُ»
«Imom bamisoli ortida turib jang qilinadigan va himoyalaniladigan bir qalqondir. Agar u taqvoga amr etsa va adolat qilsa, buning uchun ajrini oladi. Agar aksini qilsa gunohi o‘zining bo‘ynidadir».
Xalifalik – agar mavjud bo‘lsa uni saqlash, agar yo‘q bo‘lsa uni qayta tiklashga harakat qilish va bu yo‘lda jonlar-u mollarni qurbon qilish vojib bo‘lgan Ummatning taqdiriy masalasidir. Chunki u Islomni davlat ichida tatbiq qilish va da’vatni butun olamga olib chiqishning yagona tariqatidir.
Xalifalik – bu tark qiluvchi gunohkor bo‘ladigan va uni qilgan kishi savob oladigan shaxsga oid farz emas, balki u Islom hukmlari tatbiq qilinishining yagona yo‘lidir. Zero Islom hukmlarini tatbiq qilmagan kishi kofir bo‘lishi mumkin. Bu esa, Xalifalik ulug‘ farz ekinligini ko‘rsatadi. Chunki u bo‘lmasa Islom tatbiq bo‘lmaydi, shuning uchun u farazlarning tojidir. Xalifalik Islom ahkomlarini davlat ichida musulmonlarga tatbiq qilish va da’vat va jihod orqali uni butun olamga olib chiqish bilan Islomning kuchayishi va er yuziga yoyilishiga kafildir.
Islomga da’vat qilishning eng yaxshi, eng qisqa va eng samarali usuli, Alloh Taolo buyurganidek, davlat soyasida uni to‘liq va batafsil tatbiq etishdir.
1431-yilda Sulton Murod ikkinchi Saloniki shahrini fath qildi. U venesiyaliklarni xunuk suratda mag‘lubiyatga uchratib, shaharga g‘alaba bilan kirib kelgan paytda, bekchilardan biri unga Yaniya shahridan elchilar tashrif buyurganligini va Sulton bilan muhim masala bo‘yicha uchrashishni istayotganligini ma’lum qildi.
O‘sha paytda Yaniya shahri italiyalik Tokko oilasi hukmronligi ostida edi. Karlo Tokko birinchi 1430 yilda vafot etgach, hokitiyatni uning jiyani Karlo Tokko ikkinchi egalladi. Biroq Tokko birinchining noqonuniy o‘g‘illari isyon ko‘tarib, hukmronlikni talab qilishdi. Natijada tartibsizlik, boshboshdoqlik va janglar davri boshlandi. Bundan jabr ko‘rgan xalq Sulton Murod ikkinchining Saloniki shahriga kelganini eshitishi bilanoq unga elchi yuborishga qaror qilishdi.
Sulton Murod bekchilar boshiga elchilarga kirish uchun ruxsat berishga buyurdi. So‘ngra Sulton bilan elchilar boshlig‘i o‘rtasida tarjimon orqali shunday suhbat bo‘lib o‘tdi:
Sulton: “Xush kelibsiz, Nima uchun keldingiz? Bizdan nima xohlaysiz?”.
Elchilar rahbari: “Ey buyuk Sulton, biz sizdan yordam so‘rab keldik, yordamsiz qaytarmaysiz degan umiddamiz”.
Sulton: “Sizga qanday yordam berishim mumkin?”.
Elchilar rahbari: Ey Sultonim! Bizning boshliqlarimiz bizga zulm qilib, qul kabi ishlatmoqda, mol mulklarimizni tortib olib, so‘ng bizni urushga haydamoqda.
Sulton: men nima ham qilishim mukin? Bu siz bilan boshliqlaringiz o‘rtasidagi muammodir.
Elchilar rahbari: Ey Sulton, biz musulmon emasmiz, nasroniymiz. Lekin musulmonlarning adolati haqida juda ko‘p eshitganmiz. Ularning boshliqlari xalqiga zulm qilmasligi, hech kimni dinlariga kirishga majburlamasligi va har kimni o‘z holiga qo‘yishi haqida sayyohlardan va sizning mamlakatingizga borgan savdogarlardan eshitganmiz. Shuning uchun bizni ham o‘z hokimiyatingizga qo‘shib olasiz va zolim hukmdorlarimizdan bizni xalos qilish uchun mamlakatimizga rahbarlik qilasiz degan umid bilan keldik.
So‘ng ular Sultonga shaharning oltin kalitini taqdim qilishdi. Sulton ham Yaniya shahri aholisining iltimosini qabul qildi va qo‘mondonlaridan birini qo‘shinga amir qilib, Yaniya shahriga jo‘natdi. Bu shahar ham shu yilning o‘zida, ya’ni milodiy 1431 yilda fath qilindi.
Bu tarixda bo‘lib o‘tgan voqeadir. Inshaalloh ikkinchi Roshid xalifalik davlati barpo etilganida bunday hodisalar yana takrorlanadi.
إِذَا جَاء نَصْرُ اللَّهِ وَالْفَتْحُ * وَرَأَيْتَ النَّاسَ يَدْخُلُونَ فِي دِينِ اللَّهِ أَفْوَاجاً * فَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ وَاسْتَغْفِرْهُ إِنَّهُ كَانَ تَوَّاباً
– (Ey Muhammad), qachon Allohning yordami va g‘alaba kelsa. Va odamlar to‘p-to‘p bo‘lishib, Allohning dini (Islom)ga kirayotganlarini ko‘rsangiz. Darhol Parvardigoringizga hamd aytish bilan (U zotni har qanday «sherik»lardan) poklang va U zotdan mag‘firat so‘rang! Zero U tavbalarni qabul qilguvchi bo‘lgan zotdir.
Royadan tarjima