«Terrorizm»ga qarshi kurash – G‘arbning Islom va uning qadriyatlariga qarshi kurashdagi, Ummatni yo‘q qilishdagi asosiy qurolidir
AQSh SSSRga qarshi olib borgan kurashida g‘alabaga erishib, kommunizmni mabda va mafkura sifatida hayot maydonidan surib chiqarishga muvaffaq bo‘lganidan so‘ng olamiy siyosatda yakka hukmron bo‘lib oldi. AQSh kommunizmdan «ko‘ngli xotirjam bo‘lgan» bo‘lsada, biroq, o‘zining gegemonligi vaqtinchalik ekanligi va boshqa bir kuch istalgan vaqtda oyoqqa turishi, uni dunyo siyosatidan supurib tashlashga qodirligini, mustamlakalaridan mahrum etib, undan etakchilikni tortib olishi mumkinligini biron lahza ham yodidan ko‘tarmadi. Bu kuch – Islom mabdasi, o‘z aqidasi va dini uchun jonini fido qilishga tayyor bo‘lgan musulmonlar edi. Shu sababli ham, uni qulatilganidan so‘ng qayta oyoqqa turishiga, uyg‘onishiga, birlashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Amerika o‘ziga Islom mafkurasini asosiy va yagona dushman deb belgiladi. Chunki uning kelajagiga rahna soladigan kuch faqat Islom mafkurasidagina mavjuddir.
Shu maqsadda AQSh 2001-yil 11-sentyabr teraktlarini uyushtirdi va “kim biz bilan bo‘lmasa, u bizga qarshi” shiorini ko‘tarib, Islom va musulmonlarga qarshi keng ko‘lamli urush boshlab yubordi. AQSh avval boshda Usoma bin-Lodin va “Al-Qoida” tashkilotini “olabo‘ji” qilish orqali butun dunyoni o‘zi bilan birga bo‘lishga majbur qildi. 2001-yili Afg‘onistonga, 2003-yili Iroqqa bostirib kirdi. AQShning Afg‘onistonga bostirib kirganidan beri o‘tgan 19 yildan oshiq vaqt mobaynida 110 mingdan ziyod afg‘on musulmonlari qurbon bo‘ldi. Iroq bosqini davomida esa 655 ming musulmon halok bo‘ldi.
“Save the Children” tashkiloti e’lon qilgan hisobotda aytilishicha, har yili dunyoning eng xavfli o‘n davlati: Afg‘oniston, Yaman, Janubiy Sudan, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi, Suriya, Iroq, Nigeriya, Somali va Malida 100 mingdan ortiq bola nobud bo‘lmoqda. Mazkur mamlakatlarda 2013-2017 yillarda asosan urush hamda ochlik, infratuzilmalarning vayron bo‘lishi, antisanitariya singari urush oqibatlari tufayli kamida 550 ming bola o‘lgan. “Agar 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar ham hisobga olinsa, halok bo‘lganlar soni 870 mingga etadi”, – deyiladi hisobotda.
Ammo AQSh olib borgan bu urush o‘z natijasini bermadi, aksincha musulmonlarni uyg‘onishlariga va o‘z dinlari sari dadil qadamlar tashlashlariga turtki bo‘ldi. Ish shu darajaga borib etdiki, Islom o‘z tuzumiga ega bo‘lgan mabda ekanligi, Xalifalik davlatini tiklash musulmonlar uchun Alloh tomonidan farz qilingan amal ekanligi olamiy ko‘rinishda muhokama va munozara qilinidigan bahs mavzusiga aylanib ketdi. Hatto AQSh va Evropa davlatlari etakchilari “Ular Indoneziyadan to Ispaniyagacha bo‘lgan hududda Xalifalik davlatini qayta tiklamoqchilar”, “Biz “isroil” davlatini surib tashlaydigan harakat bilan to‘qnashmoqdamiz, g‘arbni Islom olamidan yo‘q qilib, jami Islom Ummatiga Xalifalik o‘rnatilishi bilan shariat asosida boshqaradigan yagona islomiy davlatlarini tiklaydilar”, deyishga majbur bo‘lishdi. Bu orqali ular butun dunyo e’tiborini yana bir karra o‘zlari uchun asosiy dushman hisoblagan Islom va musulmonlarga qarshi yanada ayovsiz kurash sari undadi. “Al-Qoida”ga qarshi kurash o‘z “jozibasini” yo‘qotdi. Shundan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb mustamlakachilari “yangi dushman”, “yangi olabo‘ji” chiqarish harakatiga tushishdi. Ularning bunga undagan sabab, Arab yurtlarida boshlanib ketgan, mustabid rejimlarni uloqtirib tashlab, Islom dinini talab qilib chiqishlari edi. Bunda ularga “IShID” tashkilotiga qarshi kurash qo‘l keldi.
Suriyada boshlangan xalq inqilobi, musulmonlarni Islomdan boshqasiga rozi bo‘lmay, qirg‘in, ocharchilik va sovuqlarga qaramay o‘z e’tiqodlarida sabot bilan turishlari AQSh va G‘arb davlatlarini yanada quturishlariga, sodir etilayotgan urush jinoyatlariga ko‘z yumishlariga undadi. Asad rejimi va Putin boshchiligidagi rus jallodlari Suriyadagi musulmonlarga qarshi turli kimyoviy va biologik qurollar qo‘llashdi. Putinning ta’biri bilan aytganda, “Suriyadagi urush Rossiya uchun eng zamonaviy harbiy qurol-aslahalari namunalarini ishlatish uchun qulay poligon” vazifasini o‘tadi. 2011-yili Suriyada boshlagan xalq qo‘zg‘olonidan buyon 470 ming odam qurbon bo‘ldi, 117 ming kishi bedarak yo‘qoldi. Talafotlar umumiy miqdori 143 milliard dollarga etdi. 27438 bino vayron qilindi. Eng yomoni, 5 ming maktab buzildi. 6,2 million kishi chet ellarga chiqib ketdi, 7,6 millionlik ichki qochoqlar oqimi paydo bo‘ldi. Ishsizlik 50 foizga etdi. Aholining 82,5 foizi qashshoqlik chegarasidan ham past darajada turmush kechirmoqda. Hozir qo‘shni Turkiyada 3,6 million, Livanda 2 million, Iordaniyada 655 ming nafar qochoqlar yashamoqda.
AQSh va G‘arb davlatlari dunyoning turli o‘lkalarida Islom va musulmonlarga qarshi hujumlarini niqoblash maqsadida “terrorizm”, “diniy ekstremizm” fundamentalizm shiorlarini qo‘llab kelishmoqda. AQSh o‘z manfaatiga moslash uchun terrorizmga shunday ta’rif berdi. Bu kurash doirasida G‘arb davlatlari Islom qadriyatlari va islomiy ko‘rinishlar qarshi kurashni bir daqiqa bo‘lsin to‘xtatishmadi. Ular musulmonlarni vahshiy qotil, hazorat nima ekanini bilmaydigan, ayollarni xo‘rlaydigan, johil mutaassib, shakli xunuk, ishlari jirkanchli, kiyimlari iflos, aql yuritishi sayoz qilib tasvirlashdi. Shuningdek, etakchi va boshliqlari xotinboz, ayollar savdosi bilan shug‘ullanadigan, dini xurofot, Payg‘ambari ayollar xushtori, xalqlari qoloq va qashshoq, turli kasalliklar makoni deb tasvirlashdi. Bundan tashqari, Islomga aloqali narsa borasida shubha uyg‘otish va undan qo‘rqitishga harakat qilishdi.Hozirda Islomning o‘z davlati mavjud emas. Shunday bo‘lishiga qaramay, kapitalizm mafkurasi Islom mafkurasi qarshisida kundan kunga tanazzulga yuz tutib bormoqda. Shu bois Islomga qarshi kurashni oshkora e’lon qilishdan boshqa choralari ham qolmadi.
Amerikaning Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan urushi Markaziy Osiyodagi mustabid rejim rahbarlariga ham qo‘l kelmoqda. Ular shu bahonada o‘zlari uchun istalmagan harakat va shaxslarni yo‘q qilish, quvg‘in va qatog‘on qilishda foydalanishmoqda va mavjud bo‘lmagan xavflarni bo‘rttirib ko‘rsatish orqali ulardan arzimagan sadaqalarni qo‘lga kiritishga intilishmoqda.
Masalan, Qirg‘izistonda 2014- yili Atambaev tashabbusi, Mudofaa kengashi qarori bilan diniy soha bo‘yicha davlat siyosatining 2020- yilga qadar mo‘ljallangan yangi Kontseptsiyasini ishlab chiqildi. Natijada din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi bo‘linmalari diniy tuzilmalari faoliyatlarini analiz qilish, qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdi. O‘zgarishlari natijasida 150dan ziyod musulmonlar, shu jumladan, o‘nlab ayollar sohta ayblovlar bilan qamoqqa olindi. 2016 yoz oyida prezident Almazbek Atambaev “Ekstremistik faoliyatga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Natijada qamoqxonalarda nohaq ushlab turilgan musulmonlarni boshqa mahbuslardan ajratish, musulmonlar uchun maxsus yopiq turdagi qamoqxona qurildi va diniy e’tiqodi uchun qamalgan musulmonlar yopiq turdagi qamoqxonaga ko‘chirib o‘tkazildi.
“Vlast.kz”ning xabar qilishicha, Qozog‘iston hukumati 6 mart kuni diniy ekstermizm va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan yangi davlat dasturini tasdiqladi. Respublika Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nurgali Bilisbekov ushbu hujjatni Vazirlar mahkamasi majlisida taqdim qilar ekan, “dastur radikal qarashlarga ega shaxslarga, shuningdek, zo‘ravon ekstremistik harakatlar va terrorizmga qarshi qaratilgani”ni aytib o‘tdi.
Markaziy Osiyo respublikalari ichida Islom va musulmonlarga qarshi adovat va shafqatsizlarcha kurashi bilan nom chiqargan O‘zbekiston rejimi ham “terrorizm” va “ekstremizm”ga qarshi kurashga har yili 800 million dollardan ziyod mablag‘ sarflaydi. Hozirga qadar bu rejim qamoqxonalarida minglab musulmonlar Robbim Alloh deganlari uchungina azob chekishmoqda, yuzlab musulmonlar g‘ayriinsoniy qiynoqlar ostida – Allohdan shuni umid qilamiz – shahidlik martabasiga erishdilar.
Turkmaniston va Tojikiston rejimlari ham yuqorida zikr qilingan safdoshlaridan o‘tsa o‘tadi, aslo kam qolmaydi.
G‘arb davlatlari Islom dini, uning qadriyatlari, musulmonlar va Xalifalik davlatini tiklash yo‘lida faoliyat qilayotganlarga qarshi kurashda har qanday tubanlik va jirkanch ishlardan tiyilishmayapti. Og‘izlari bilan Allohning nurini o‘chirishni istashyapti. Shunday ekan, kofirlar va ularning malaylari yoqtirmasalar-da, Alloh biz orqali o‘z nurini to‘la qilishi uchun imkoniyatimiz boricha harakat qilishimiz va bunga jiddiy e’tibor qaratishimiz lozim.
Abdurahmon Odilov
#ReturnTheKhilafah / #أقيموا_الخلافة /
#TurudisheniKhilafah / #خلافت_کو_قائم_کرو#Установите_Халифат