XALIFALIK QANDAY QULATILGAN: MILLATChILIK VA VATANPARVARLIK

408
0

XALIFALIK QANDAY QULATILGAN: MILLATChILIK VA VATANPARVARLIK

Islom tongi otganidan boshlab haq bilan botil o‘rtasidagi kurash to‘xtovsiz davom etib kelmoqda va bu kurash Qiyomatga qadar davom etadi. Biz bu haqiqatni aqlan asoslab olishimiz zarur. Kufr hech qachon bu kurashini to‘xtatmagan, ba’zan yaltoqlanib, ba’zida hiyla-nayrang, qudratli bo‘lganida zo‘ravonlik qilib Islomga qarshi kurashib kelgan va hamon davom ettirmoqda.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning 13 yillik da’vatidan so‘ng Alloh Taolo musulmonlarga rahmatini ato etib buyuk nusrat berdi, shu kundan e’tiboran Islom va musulmonlarni himoya qiluvchi Islom davlati tiklandi va Xalifalik mislsiz buyuk etakchi davlatga aylandi. Biroq, 12-asrga kelib Islom davlati viloyatlari mustaqil bo‘la boshladi, ular ichki siyosatda muhim bo‘lgan sohalar – boshqaruv, harbiy, moliyaviy sohalarda mustaqil bo‘lib olishdi. Oqibatda Islom davlati “davlatlararo sheriklik”ka o‘xshab qoldi.

Albatta, Evropa davlatlari har qanday imkoniyatni qo‘ldan chiqarmay, sharoit paydo bo‘lishi bilan Islom davlatiga zarba berishga harakat qilishgan. Shunday qilib, 12-asrda Evropa davlatlari shunday imkoniyat paydo degan xulosaga kelib, musulmonlarga qarshi “salibchilik urushi”ni boshlashdi. Hatto ular muvafaqqiyatga erishdi, Shom va Falastin 100 yil mobaynida ularning ishg‘oli ostida bo‘ldi. Bu vaqtda musulmonlar Falastinni qaytarib olish uchun harakatni to‘xtatishmadi. Bosqinchilarga qarshi jihod olib borishdi, salibchilarni mag‘lub etib, Shomdan quvib chiqishdi. Ammo, salib yurishlari to‘xtashi bilanoq yangi sinov keldi – mo‘g‘ullar bosqini boshlandi. Mo‘g‘ullar Bog‘dodni qulatib, Shomni bosib oldi. Biroq, tarixda mashxur “Ayn Jalut” jangida musulmonlar mo‘g‘illarni butunlay mag‘lubiyatga uchratdilar. Ushbu voqealardan so‘ng musulmonlarning Islomni olamga yoyish ruhi qayta jonlanib, jihod ortidan jihod qilishdi. Islom davlati dunyoda avvalgi etakchilik mavqeyiga qaytdi.

Bu holat 4 asrga yaqin davom etdi. 18-asrga kelib Evropada sanoat inqilobi sodir bo‘ldi. Kuchlar muvazanati o‘zgardi. Musulmonlar tobora ko‘proq hududlarini evropaliklarga boy bera boshlashdi. Shundan so‘ng Evropa Islom davlati (Usmoniy Xalifalik)ni bosib olish bilangina cheklanmay, musulmonlarning o‘zaro munosabatlarida Islomni yo‘q qilishni ko‘zlab, Islomni diniy marosimlar bilan cheklashni rejalashtirdi.

G‘arb o‘z bosqinchiligini mustahkamlash, musulmonlar birligini buzish, mamlakatni mayda, zaif davlatlarga aylantirish uchun millatchilik va vatanparvarlik (mustaqillik) g‘oyalariga alohida e’tibor qaratdi. Musulmonlarni bo‘lib tashlashda ushbu g‘oyalarning ta’siri juda katta bo‘ldi. Shuningdek, G‘arb bu g‘oyalarni ayniqsa turk va arablar orasida tarqatishga harakat qildi. Islomda millatchilik va vatanparvarlik (bo‘linish) tushunchalari yo‘q. Hatto, Islom bunday qarashlarni qoralaydi, musulmonlar birligini saqlash uchun bunday tushunchalarga qarshi turishni talab qiladi. Shuning uchun millatchilik va vatanparvarlik chetdan kirib kelganini ko‘ramiz.

G‘arb islomiy yurtlarda millatchilik va vatanparvarlik g‘oyalarni yoyishda missionerlik harakatlariga suyandi, G‘arb elchixonalari millatchilik va vatanparvarlikni tarqatadigan, josuslarni tayyorlaydigan zahar uyaga aylandi.

Millatchilik va vatanparvarlik g‘oyalarini arablar orasida tarqatish harakati 17-18-asrlarda boshlandi. Bu harakatlar asosan missionerlik tashkilotlari va G‘arb asos solgan o‘quv yurtlari, ilmiy jamiyatlar orqali olib borildi. 1842-yili AQSh Bayrut (Shom)da ilmiy qo‘mita tashkil etadi. Ushbu qo‘mita kattalar va yoshlarga bilim berib, shu bilan bir vaqtda G‘arb madaniyati, g‘oyalari, millatchilik va vatanparvarlikni targ‘ib qilgan. Qo‘mitaning 5 yillik qattiq harakatlariga qaramay, butun Shom bo‘yicha 50 nafar odamgina qo‘mitaga a’zo bo‘ladi, ularning aksari nasroniylar bo‘lib, birorta ham musulmon bo‘lmagan. Shu sababli 1857-yili yangi jamiyat tashkil etildi. Avvalgi muvafaqqiyatsizliklarni hisobga olgan holda, mazkur qo‘mita yangi tartibda shakllantirildi. Aniqroq aytganda, ushbu jamiyat a’zoligiga faqat mahalliy aholi va arablar qabul qilinishi shart bo‘ldi. Ko‘rinib turganidek, missionerlik tashkilotlari va ilm tarqatishni niqob qilgan universitetlar musulmonlarni jalb qilishga muvaffaq bo‘lishmagan. Sababi, dunyoviylik, millatchilik, vatanparvarlik – bularning barchasi musulmonlarga begona edi. G‘arb bunday zaharli fikrlarni yoyishda Itanbul, Bayrut, Qohira, Damashq, Jidda shaharlariga alohida e’tibor qaratdi. Yangidan yangi missionerlik tashkilotlar tuzildi, universitetlar ochildi. Bu missionerlar (nasroniylar!) arab tili, adabiyotini tadqiq qilishga targ‘ib qilishdi. Ushbu harakatlarining asosiy maqsadi musulmonlarni Islomdan millatchilikka burishdan iborat edi. Shuningdek, missionerlar olimlar, Usmoniy Xalifalik to‘g‘risida turli xil yolg‘onlarni tarqatishdi, “Usmoniy Xalifalik shariatni buzib tatbiq qilmoqda”, “Tukrlar Xalifalikni arablardan kuch bilan tortib olgan” deb nomlangan maqolalarni e’lon qilib turishdi. Arab millatchiligi targ‘ibotiga nasroniylar etakchilik qilishdi. Islom davlati bu tashkilotlar, universitetlar ochilishiga qarshilik qila olmadi, sababi bu vaqtda zaif bo‘lib, hatto G‘arb ba’zi yurtlarni bosib olgan edi. Albatta, bu tashkilotlar va universitetlar AQSh, Frantsiya va Britaniyaning qo‘llab-quvvatlashi, ko‘rsatmasi asosida ochildi va ushbu davlatlar ularni to‘liq himoya qilishdi.

O‘sha vaqtda AQSh, Frantsiya, Britaniya tomonidan tashkil etilgan universitetlarning ayrimlari hozirga qadar faoliyat olib bormoqda, bugungi kunga qadar musulmon yoshlarni zaharlab kelishmoqda. Hatto, AQSh, Frantsiya, Britaniya va boshqalarning qo‘llab-quvvatlashi ostida bugun musulmon yurtlarida bunday tashkilot va universitetlarning yangilari ochilmoqda. Ular musulmonlar birligiga bolta urgan millatchilik, vatanparvarlik, dunyoviylik fikrlarini tarqatish markazlari hisoblanadi.

G‘arb millatchilik bilan zaharlashda turklarni ham chetlab o‘tmadi. Aksincha, ularga ko‘proq e’tibor qaratdi. Sababi Xalifalik markazi Istanbul edi, Xalifalikning etakchilari turklar edi.

G‘arb harakatlari natijasida G‘arb madaniyatiga mahliyo bo‘lgan turk yoshlari qatlami paydo bo‘ldi. Bu yoshlarning bir guruhi Parijda asos solingan “Yosh Turkiya” (yoki “Birlik va Taraqqiyot”) tashkilotini tuzishdi. Avvaliga bu jamiyat yashirin faoliyat olib bordi. Parij, Berlin, Saloniki, Istanbul shaharlarida jamiyatning bo‘limlari bor edi. Jamiyat “Al-Anba” nomli gazeta chiqargan, gazetalar Evropa pochta kanallari orqali yashirin tarzda Istanbulga etkazilib tarqatilgan. Mazkur jamiyatda sobiq vazirlar, mamlakatni isloh qilishga undagan sobiq yuqori martabali odamlar ham bo‘lgan. Jamiyat yashirin yig‘ilishlar o‘tkazib, o‘z a’zolarini inqilobiy kayfiyatda tarbiyalagan. “Yosh Turkiya” jamiyati a’zolari Islom hozirgi zamonga to‘g‘ri kelmaydi va turk millatchiligini himoya qilish birinchi galdagi masala deb hisoblashgan. Shuningdek, Turkiyani boshqa musulmon yurtlardan, turklarni esa boshqa musulmonlardan yuqori qo‘yishgan.

Shunday qilib, 1908-yili to‘ntarish sodir bo‘ldi va ushbu jamiyat hokimiyat tepasiga keldi. Jamiyat a’zolari davlat lavozimlariga G‘arbga muhabbat qo‘ygan odamlarni olib kelishdi. Ular voqelikni ham, Islomni ham tushinmagan, faqat G‘arbning yolg‘on g‘oyalariga maftun bo‘lgan yoshlar edi. Ular G‘arbning aytganlarini ko‘r-ko‘rona bojarishdi. Endi G‘arbda ularning qo‘li bilan xohlagan ishini amalga oshirish imkoni paydo bo‘ldi. Shuning uchun “yoshlar hokimiyatga kelsin” shiori ko‘pincha G‘arbga oshiq bo‘lgan odamlarning hokimiyat tepasiga kelishini anglatadi.

Hokimiyatni egallagan bu guruh Islomga zid, millatparvarlik kayfiyatidagi xatti-harakatlar qildi. Bu harakatlar Usmoniy Xalifalikdan yashagan xalqlarning birlashishiga emas, balki bo‘linishiga olib keldi. Masalan, ular armiya safida millatchilik siyosatini olib borishdi, harbiy arablarni Istanbulga safarbar qilinishini taqiqlashdi. Vaqf vaziri arab edi, u xizmatdan olindi, o‘rniga turk tayinlandi. Ichki va tashqi ishlar vazirligiga turk millatidagilarni tayinlash harakatlari boshlandi. Arab tilini bilmaydigan turk millatiga mansub odamlar arab diyorlariga rahbarlikka tayinlandi, bunday harkatlar natijasida davlat tili turk tili deb e’lon qilindi. Arab tili davlat ishlaridan chetlashtirilishi shu darajaga etdiki, Usmoniy Davlatning Vashingtondagi elchisi ish hujjatlarini turk tilidan boshqa tilda yuritishni taqiqladi. Aslida, bu vaqtda Amerikada Usmoniy Davlatning yarim millionga yaqin fuqarosi bo‘lib, ularning hech biri turk tilini bilmas edi.

“Yosh Turkiya” jamiyatining millatchilik asosidagi bunday harakatlari Usmoniy Davlatdagi boshqa fuqarolarni ham millatchilikni ushlashga undadi. Hatto, boshqa milatlar millatchilik asosidagi o‘z jamiyatlari va tashkilotlarini tashkil eta boshlashdi. Shunday qilib, millatchilik, vatanparvarlik g‘oyalari musulmonlarni Islomdan ancha uzoqlashtirib yubordi. Musulmonlar o‘rasidagi munosabatlar Islomga emas, millatchilikka asoslanib qoldi. Usmoniy Xalifalikda yashagan xalqlar millatchilik va vatanparvarlik (mustaqillik)ni ushlab, Xalifalikdan bo‘linib, mustaqil bo‘lish harakatlarini kuchaytirishdi. Keyinchalik bu g‘oyalar Xalifalikni qulatgan asr jinoyatchisi Mustafo Kamolni qo‘llab-quvvatlagan odamlarni paydo bo‘lishiga sharoit hozirlab berdi.

Xorun Abdulhaq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.