Xitoy granti evaziga Bishkekda yo‘llar tiklanadi

306
0

Xitoy granti evaziga Bishkekda yo‘llar tiklanadi

 15 martdan boshlab Bishkekda yo‘llarni rekonstruktsiya qilish XXRning granti hisobidan loyihaning ikkinchi bosqichi doirasida qayta tiklanadi. Bu haqda poytaxt shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

 Ta’kidlanishicha, ish rasman 2020 yilning kuzida boshlangan va bunga tayyorgarlik ko‘rilgan. Rejaga ko‘ra 2021 yilda 43 ta, 2022 yilda 17 ta ko‘cha ta’mirlanadi.

2 yilga mo‘ljallangan shahar ko‘cha va yo‘llar tarmog‘ini rivojlantirish loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida 5 ta ko‘prik qurish va umumiy uzunligi 70 kilometrdan ortiq bo‘lgan 60 ta ko‘chani ta’mirlash rejalashtirilgan.

2016-yili uch bosqichdan iborat “Bishkek shahrining ko‘cha va yo‘l tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasi uchun qariyb 44 million dollarlik grant shartnomasi imzolanganligi haqida xabar berilgan edi.

 Xitoyning China Road and Bridge Corporation kompaniyasi “Bishkek shahrida yo‘llar tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasining ikkala bosqichini amalga oshirish bo‘yicha tenderda g‘olib bo‘ldi. Birinchi bosqich doirasida poytaxtda 7 ta ko‘prik qurildi va 49 ta ko‘chada deyarli 95 kilometrlik yo‘llar ta’mirlandi.

 Izoh: Agar yangi yo‘l qurish va ta’mirlash davlatning o‘z pullari evaziga qurilganida xavotirga tushmaslik mumkin edi. Afsuski, bu mablag‘lar mustamlakachi davlatlar yoki sudxo‘rlikka asoslangan halqaro moliyaviy tashkilotlardan olingan qarzlar evaziga quriladi va ta’mirlanadi. Oddiy xalqdan olingan soliqlar hisobiga yillar mobaynida qarz foizi to‘lab kelingani etmaganidek, hukumat yangidan-yangi qarz olaveradi. Natijada davlat ado etib bo‘lmas qarz botqog‘iga botib boraveradi.

 Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, 2020-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonning umumiy qarzi 5 milliard dollar (4 mlrd. 928,67 million)ga yaqinlashib qoldi. Buning 4 mlrd. 220,31 mln. dollari (85,44%) tashqi qarz, 708,36 mln. dollari (14,4%) ichki qarzdan iborat. Xabarga ko‘ra, eng ko‘p qarz Xitoydan olingan. Bu tashqi qarzning 41,8%ini tashkil etadi. Bishkek yo‘llarini ta’mirlash bo‘yicha tenderni ham aynan Xitoy kompaniyasi yutib olgan. Demak, xalq zimmasiga yana yangi qarz majburiyati yuklandi.

  Kuni kecha Aqilbek Japarov “Agar Xitoy qarzidan vaqtida qutula olmasak, O‘sh-Bishkek yo‘li bilan Bishkek TESni o‘z nazorati ostiga olib qo‘yishi mumkin” dedi. Qirg‘iziston hozir  Xitoydan olgan qarzini to‘lash holatida emas. Shu sababli ham qirg‘iz rasmiylari Xitoydan qarz muddatini kechiktirishni iltimos qilib kelishmoqda. Xitoyga esa bergan qarzini pul ko‘rinishida emas, er maydonlari va qazilma boyliklar hisobidan olishi manfaatli. Bu xalq va ummat kelajagi uchun xatarli holatdir.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.