Da’vatni ko‘tarib chiqayotgan insonning vafoti haqidagi xabar
كُلُّ نَفْسٍ ذَائِقَةُ الْمَوْتِ وَإِنَّمَا تُوَفَّوْنَ أُجُورَكُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ فَمَن زُحْزِحَ عَنِ النَّارِ وَأُدْخِلَ الْجَنَّةَ فَقَدْ فَازَ وَمَا الْحَيَاةُ الدُّنْيَا إِلَّا مَتَاعُ الْغُرُورِ
«Har bir jon o‘limni totguvchidir. Qiyomat kunida hech shak-shubhasiz ajr-savoblaringizni komil suratda olursiz. Bas, kim do‘zaxdan chetlatilib, jannatga kiritilsa, muhaqqaq (baxt-saodatga) erishgay. Bu hayoti dunyo esa aldaguvchi matodir» [Oli Imron 185]
Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati chuqur qayg‘u ila shuni xabar qiladiki, hijriy 1442 yil 12 jumodussoniy, milodiy 2021 yil 25 yanvar dushanba kuni bomdod vaqtida da’vatni ko‘tarib chiqayotgan a’zolaridan biri Livanning Sur shahridan hoji Mojid Zayd (Abu Romiy) o‘zining bedavo dardi ortidan vafot etdi.
Biz o‘zimizga va marhumning ahli-oilasi va yaqinlariga ta’ziya bildirgan holda, G‘ofur va Rohim bo‘lgan Alloh Subhanahudan Abu Romiyni O‘z mag‘firati va rahmatiga olishini so‘raymiz. Alloh Subhanahu O‘zi bilgan uning butun da’vat ishlari, xususan, Sur shahrida jonini, vaqtini va sa’y-harakatini sarflab musulmonlar safida qilgan da’vat mehnatlari uchun o‘zining karami va fazliga burkasin.
Alloh Subhanahudan hoji Abu Romiy barpo qilish uchun kurashgan adolat va rushd davlati bilan ko‘zlarimizni quvontirishini umid qilamiz. Zero, ushbu Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati musulmonlarni birlashtirib, yagona «la ilaha illalloh Muhammadur Rosululloh» bayrog‘i ostida saflarini jamlaydi.
وَبَشِّرِ الصَّابِرِينَ * الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ * أُوْلَئِكَ عَلَيْهِمْ صَلَوَاتٌ مِنْ رَبِّهِمْ وَرَحْمَةٌ وَأُوْلَئِكَ هُمُ الْمُهْتَدُونَ
«Biror musibat kelganda: «Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga qaytguvchilarmiz», deydigan sobirlarga xushxabar bering (ey Muhammad). Ana o‘shalarga Robbilari tomonidan salovot (mag‘firat) va rahmat bordur. Ana o‘shalar haq yo‘lni topguvchilardir» [Baqara 157]