Pokistonliklar bilan turklar aslida bitta davlatdagi bitta Ummatdir

325
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Pokistonliklar bilan turklar aslida bitta davlatdagi bitta Ummatdir

Ikkita davlatdagi bitta ummat emas

Pokiston Havo kuchlari qo‘mondoni general Mujohid Anvar Xon Pokiston bilan Turkiya o‘rtasidagi aloqalarni ko‘klarga ko‘tarib maqtab, buni «boshqa davlatlar o‘rtasida topilmaydigan aloqa», deya baholadi. Pokistonliklar bilan turklar aslida «ikki davlatdagi bitta ummatdirlar», dedi.

Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati matbuot bo‘limi generalning ayni gapini tanqid qilib, quyidagilarni ta’kidladi:

«Biz Pokiston bilan Turkiyaning bir-birlariga nisbatan yuzaki emas, balki haqiqiy bitta pozitsiyada turishlarini qancha vaqtdan beri orzu qilyapmiz! Ayniqsa, Kipr bilan bog‘liq masalada Turkiyaning bu to‘g‘rida muzokara olib borib, uning bir qismini Gretsiyaga berish pozitsiyasini emas, balki uni ozod etish pozitsiyasini egallashini qanchalar umid qilib turibmiz! Shuningdek, Kashmir masalasida ham tinchlik uchun Modining qo‘lini siqish o‘rniga, uni ozod etilishini qancha vaqtdan buyon kutyapmiz! Ozod etilgan mintaqalarni nusayriy rejimi qo‘liga topshirib, Suriyadagi bechora ahlimizga qarshi Rossiya va Eron bilan ittifoq tuzayotgan Turkiya bilan qo‘l siqishish o‘rniga, Pokiston va Turkiya armiyalari o‘zaro birlashib, Suriyada qo‘zg‘olon qilgan aka-ukalariga nusrat-yordam berishlarini va ularni Amerika malayidan qutqarishlarini qanchalar umid qilyapmiz! Bugungi kunda – xuddi Turkiya va yahudiy davlati o‘rtasida bo‘lgani kabi – yovuz kuchlar bilan «qo‘shma mudofaa» nomli ittifoqlar tuzilib, musulmonlarning qo‘rg‘onlarini vayron qilishi uchun dushmanga harbiy bazalar ochib berilmoqda. Shuningdek, yurtlarimizni G‘arb malaylaridan ozod etish uchun jihod qilayotgan va bu yo‘lda faoliyat olib borayotgan musulmonlarga, qolaversa, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini barpo etish bilan Ummatni uyg‘otishga harakat qilayotgan insonlarga qarshi ayovsiz kurashilmoqda. Biz bu ishlarning o‘rniga, har ikki yurtning mintaqadagi Rossiya, Amerika va yahudiy vujudining terroriga qarshi kurashishda hamkorlik qilishlaridan qanchalar umidvormiz.

Roya gazetasining 2020 yil 27 yanvar chorshanba kungi 323-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.