Sudan harbiylari yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirish bilangina kifoyalanishmay, hatto ularni yurtning harbiy mudofaa tizimidan xabardor qilishmoqda

259
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sudan harbiylari yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirish bilangina kifoyalanishmay, hatto ularni yurtning harbiy mudofaa tizimidan xabardor qilishmoqda

Ustoz Muhammad Jome (Abu Ayman)

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati rasmiy notig‘i o‘rinbosari

«Sudan Tribьyun» veb-sayti 2020 yil 29 noyabr kuni quyidagicha xabar tarqatdi: «Joriy yil 23 noyabrda «Isroil» delegatsiyasi birinchi marta Xartumga keldi. Poytaxtda bir necha soat bo‘lib, harbiy qo‘mondonlar bilan uchrashdi. Sudan suveren kengashi «Isroil» delegatsiyasining kelishidan xabari bo‘lmaganini va buni rejalashtirmaganini aytdi. Suveren kengash matbuot kotibi Muhammadfakkiy Sulaymon 2020 yil 29 noyabr kuni «Hikoyat» gazetasiga bergan intervьyusida shunday dedi: «Sudanga kelgan «Isroil» delegatsiyasi yurt qurolli kuchlarining mudofaa sanoati tizimini ko‘zdan kechirdi hamda harbiylar bilan uchrashdi. Delegatsiya ayni damda tafsiloti ochiqlanmayotgan masalalarni muhokama qildi. Uning bu ziyorati harbiy xarakterga ega bo‘lib, siyosiy sohaga daxldor emas».

Ushbu xabardan ko‘rinib turibdiki, Sudan o‘tish davri hukumati etakchilarining surbetligi kofirlar hukmronligiga imkon beruvchi mustamlakachilik loyihasiga moslashish hamda bosqinchi jinoyatkor yahudiylar bilan til biriktirib, ularga yurtning harbiy tizimini fosh etish darajasiga etib bordi. Vaholanki, ular Alloh Taoloning

لَتَجِدَنَّ أَشَدَّ النَّاسِ عَدَاوَةً لِّلَّذِينَ آمَنُواْ الْيَهُودَ وَالَّذِينَ أَشْرَكُواْ

«Imon keltirgan zotlarga eng qattiq adovat qilguvchi odamlar yahudiylar va mushrik bo‘lgan kimsalar ekanini ko‘rasiz» [Moida 82]

degan kalomida aytilganidek, bizning ashaddiy dushmanlarimizdir.

Mazkur xabardan hatto hukumatning ham harbiy, ham fuqaroviy etakchilari ushbu mustamlakachilik loyihasiga rozi bo‘lishayotgani, ular eng katta xoinlikda va eng jirkanch malaylikda o‘zaro barobar ekanliklari fosh bo‘lmoqda. Zero, bu ularning bayonotlariyu qilmishlaridan ham ko‘rinib turibdi.

Yurtning harbiy qo‘mondonligini va mudofaa potentsialini dushmanga fosh etmoq Islom Ummatining dini va shariatidagina emas, hatto inson tuzgan tuzumlarda ham xiyonat hisoblanadi. Nahotki, Sudan rahbarlari yahudiylarning Sudanni parchalash loyihalarini o‘qimagan bo‘lsalar. Axir, yahudiy vujudining ichki xavfsizlik direktori Avi Dixter o‘zining mashhur dokladida buni ochiq ifodalagan-ku?! Darhaqiqat, dokladda Dixter Sudan ahlining o‘z qaroriga ega bo‘ladigan, boyliklarini o‘zi boshqarib, mustamlakachi kofirlarning qo‘lini kesib tashlaydigan qudratli davlatlari bo‘lmasligi kerakligini ta’kidlagan.

Boshida o‘tish davri hukumatidagi fuqaroviy hukmdorlar yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirish borasida munofiqlik qilishdi. Ushbu normallashtirishni qat’an rad etuvchi musulmon jamoatchiligiga yolg‘on gapirdi. Bunga misollar talaygina:

2020 yil 25 avgustda matbuotda Abdulloh Hamdukning AQSh davlat kotibiga o‘z hukumati yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirish vakolatiga ega emasligini ma’lum qilgani haqida aytildi. O‘shanda o‘tish davri hukumati matbuot kotibi Faysal Muhammadsolih «o‘tish davri hukumati «Isroil» bilan munosabatlarni normallashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilish vakolatiga ega emas», dedi. 2020 yil 24 avgustda «Ozodlik va O‘zgarish kuchlari bosh vazir Abdulloh Hamdukka «Isroil» bilan munosabatlarni normallashtirish sari hech qanday qaror qabul qilmasligini aytdi. «Sudan Tribьyun» veb-saytida 2020 yil 5 fevral kuni «Sudan vazirlar kengashi Burhonning «Isroil» bilan munosabatlarni normallashtirish ishini qayta avj oldirayotganligi to‘g‘risidagi gaplarni inkor etdi» sarlavhali xabar nashr qilindi. «Hukumat matbuot kotibi o‘z bayonotida Burhon-Netanьyaxu uchrashuvi tasodif bo‘lganini qayta ta’kidladi», deyiladi ushbu xabarda. «Sudan Tribьyun» veb-sayti 2020 yil 18 avgustda Sudan tashqi ishlar vaziri lavozimini vaqtincha bajarayotgan Umar Qamariddinning mana bu so‘zlarini nashr qildi: «Sudan tashqi ishlar vazirligi «Isroil» bilan munosabatlarni normallashtirgani va ikki davlat o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lgani to‘g‘risidagi matbuot kotibi bayonotlarini rad etadi». 2020 yil 21 sentyabrda Faysal Muhammadsolih matbuot bayonotida «vazirlikning o‘tish davri kengashi raisi hamkorligidagi delegatsiya «Isroil» bilan munosabatlarni normallashtirish ishini muhokama qilish vakolatini o‘z zimmasiga olmasligi»ni ta’kidladi. U o‘z mamlakatining «Isroil» bilan munosabatlarni normallashtirish pozitsiyasi aniq ekanini aytar ekan, jumladan, «chunki bizda bu kabi ishlarda qaror qabul qiladigan vakolat yo‘q, balki bu saylanadigan hukumat vazifalariga kiradi, biz bu pozitsiyadan qaytganimiz ham, undan voz kechganimiz ham yo‘q», dedi.

Biroq adliya vaziri AQSh delegatsiyasi bilan bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng hukumatning kofirlar bilan til biriktirgani va ularning ta’limotiga bo‘ysunganini tasdiqlovchi bayonot berdi. Uning bayonoti «Sudan Tribьyun» veb-saytining 2020 yil 24 oktyabrdagi xabarida nashr qilindi: «Sudan adliya vazirligi o‘tish davri hukumatining Sudan manfaatlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida «Isroil» bilan munosabatlarni normallashtirish vakolatiga ega ekanini ta’kidladi». «Konstitutsiya hujjatida manfaat, mustaqillik va muvozanatdan boshqa hech qanday cheklov qo‘yilmagan, shu bois «Isroil» bilan munosabatlarni normallashtirishga hech qanday monelik yo‘q», deya qo‘shimcha qildi Adliya vaziri Nasrulloh Abdulboriy.

Darhaqiqat, bu tentak hukmdorlar ushbu jirkanch ishni hamda Sudanning muborak erini yahudiylarga va ularning razvedka xizmatiga topshirish uchun AQShdan mablag‘ talab qilishdi. Bunga misol, «Sudan Tribьyun» veb-saytining 2020 yil 4 sentyabrda «Sudan «Isroil» bilan munosabatlarni normallashtirish evaziga AQShdan katta miqdorda mablag‘ talab qildi» sarlavhali maqolasida shunday keladi: «Ishonchli diplomatik manbalarga ko‘ra, Sudan «Isroil» bilan munosabatlarni normallashtirish evaziga AQShdan katta mablag‘ berilishini hamda Sudanning terroristlarni himoya qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarilishini talab qildi». «Ilaf» elektron gazetasiga ko‘ra, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Sudan hukumatiga «Isroil» bilan munosabatlarni normallashtirishga rozi bo‘lgani uchun 50 million dollar qiymatida uncha katta bo‘lmagan moliyaviy ko‘mak berganini ma’lum qildi!! Ushbu manbalarning ta’kidlashicha, Xartum buning muqobilida kutilayotgan yutuqlar ro‘yxatini taqdim etgan bo‘lib, u Sudan nomini terroristlarni qo‘llovchi davlatlar ro‘yxatidan o‘chirilishini hamda yurtning kuchli iqtisodiy krizisidan chiqishi uchun kamida o‘n milliard dollarlik moliyaviy yordam olishni o‘z ichiga olgan. «Tiyor net» veb-saytida 2020 yil 2 sentyabr chorshanba kuni Sudan tashqi ishlar vaziri lavozimini vaqtincha bajarayotgan Umar Qamariddinning «Pompeo biror aniq majburiyat olmadi, faqat va’dalar berdi», degan so‘zlari nashr qilindi. Sudan rahbarlarining asl siyosiy dallolliklari mana shu.

Shubhasiz, qo‘llari muborak Shom zaminidagi musulmon ahlimiz qoniga belangan «Isroil» bilan munosabatlarni normallashtirishdek xiyonatga Sudan hokimiyatidagi harbiy va fuqaroviy rahbarlar til biriktirishdi. Ulardan fuqaroviy hukmdorlar bergan bayonotlar esa, yolg‘on va munofiqlikdan boshqa narsa emas. Bu Nьyu-York Tayms gazetasida nashr qilingan mana bu yolg‘on va munofiqlikdan farq qilmaydi: «Sudandagi suveren kengash raisi Abdulfattoh Burhon AQSh davlat kotibiga AQSh Kongressi suveren daxlsizlik to‘g‘risidagi qonunga ijozat bermagunicha «Isroil» bilan munosabatlarni normallashtirish amalga oshmaydi, dedi». (Sudan Tribьyun veb-sayti, 2020 yil 1 dekabr).

Burhon mustaqil hech narsa qilolmaydi. Yuqoridagi maqolaning o‘zida shunday so‘zlar kelgan: «Gazetada aytilishicha, Oq uy shu yilning dekabr oyida Sudan bilan «Isroil» o‘rtasida o‘zaro hamfikrlikka erishish uchun rasmiy imzolash marosimi o‘tkazishni rejalashtirmoqda».

Bulardan ko‘rinib turibdiki, bu hukumat ham mustamlakachilar Xalifalik davlatini ag‘dargandan so‘ng paydo qilgan milliy hukumatlardan farqsiz o‘laroq, Allohga, Rosuliga va mo‘minlarga xiyonat qilish bilan rizq topishga urinib, jinoyatlar sodir etmoqda. Mustamlakachi davlatlar esa, uni qo‘g‘irchoqdek o‘ynatyapti. Shunday bo‘lgach, hukumatlar bunday qilmishlari bilan Sudandek olijanob bir yurtni boshqarishga haqlimi?!

Sudan ahli bunday tentak hukmdorlarni ag‘darib tashlab, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida Islom boshqaruvini barpo etmoqlari, uning shariatini tatbiq qilmoqlari lozimdir.

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.