بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Tunis boshdan kechirayotgan krizislarni kapitalizmga asoslangan yamoq solishlar bilan hal qilib bo‘lmaydi
Tunis Evropa Ittifoqi bilan «ALECA» (Chuqur va Keng qamrovli Erkin Savdo Maydoni) shartnomasi bo‘yicha muzokaralar boshlashni maqsad qilgandan so‘ng, Bosh vazir Hishom Mashishiy Xalqaro Valyuta Fondiga strukturaviy islohotlar yo‘lidan borishga amalda tayyor ekanini bildirdi. Tunisning iqtisodiyot va moliya vaziri hamda bosh vazirning iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi hozir bo‘lgan uchrashuvda iqtisodiy islohotlar dasturini tuzishga kelishib olindi.
O‘z navbatida, Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot bo‘limi chiqargan bayonotlarda quyidagi savollar o‘rtaga tashlandi:
«Bu da’vo qilinayotgan islohotlar orasida o‘g‘irlangan boyliklarni qaytarish ham bormi?! Unda Sanoatni hamda Tunis xalqining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaydigan qishloq xo‘jaligini qayta tiklash kabi dolzarb loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rilganmi?! Yoki bu islohotlar Xalqaro Valyuta Fondi muhandisligi ostida ishlab chiqilgan strukturaviy islohotlar dasturini tamomiga etkazishmi?! Axir, ayni shu narsa Tunisning to‘qimachilik sanoatini vayron qilmaganmidi?! Evropa Ittifoqi bilan chuqur va keng qamrovli erkin savdo shartnomasini kengaytirish bo‘yicha muzokaralarga kirishgan bosh vazirdan nimanidir kutish mumkinmi? Axir, 1995 yil Ibn Ali rejimi bilan tuzilgan ayni shartnoma Tunis sanoatini vayron qilmadimi?!».
Matbuot bayonoti so‘nggida bunday deyildi:
«Tunis boshdan kechirayotgan iqtisodiy krizislarni G‘arb doiralari nazorati ostida olib borilgan islohotlar orqali engib bo‘lmaydi. Shuningdek, kapitalizmga asoslangan yamoq solishlar bilan ham hal qilib bo‘lmaydi. Aksincha, echim Ummat mafkurasi va uning hazoriy loyihasi asoslaridan kelib chiqishi kerak. Islomdagi mavjud iqtisod nizomi Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik soyasida barcha krizislardan xoli odil iqtisodiy hayotni ta’minlashga qodirdir.
Roya gazetasining 2020 yil 20 yanvar chorshanba kungi 322-sonidan