Salibchi Rossiya hukumati Kerch ko‘prigida 120 nafar faolni qamoqqa oldi

265
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Salibchi Rossiya hukumati Kerch ko‘prigida 120 nafar faolni qamoqqa oldi

Arab tilidagi «Ukraina Arabiya» veb-saytida (hijriy 1442 yil 2 jumodussoniy, milodiy 2021 yil 15 yanvar juma kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

«AQShning Ukrainadagi elchixonasi Kerch ko‘prigida 120 nafar qrim tatar faolining hibsga olinganini qoraladi. Faollar Hizb ut-Tahrir ishi bo‘yicha sud majlisiga yo‘l olishgan edi.

AQSh elchixonasi o‘zining Tvitterdagi sahifasida Qrimdagi Rossiyaning ishg‘olchi hukumati tomonidan amalga oshirilgan ta’qib va hibsga olish amaliyotlariga nisbatan tashvish bildirgan.

«Biz o‘z vatandoshlarining noqonuniy hibsga olinganiga norozilik bildirgani uchun 120 nafar Qrim tatarlarining Rossiya hukumati tomonidan ta’qib qilinib, qamoqqa olinganidan tashvishdamiz. Biz ushbu noqonuniy hibslarni Ukraina politsiyasi tomonidan tergov qilinishini qo‘llab-quvvatlaymiz», deya ta’kidlaydi AQSh elchixonasi.

Rossiya hukumati 2021 yil 11 yanvar dushanba kuni 120 nafar qrim tatarlarni qamoqqa oldi. Ular Belogorskdagi «Hizb ut-Tahrir ishi» bo‘yicha sud majlisida qatnashish uchun Rostov-na-Donuga ketayotgan edilar.

Ta’kidlash lozimki, Ukrainadagi Evropa davlatlarining elchilari ham Rossiyani «Hizb ut-Tahrir ishi» bo‘yicha sudlanganlarni ozod qilishga chaqirgan».

Roya:

Bir so‘z bilan aytganda, AQSh bilan Evropa Islomga va Hizb ut-Tahrir a’zolariga xayrixohligidan kelib chiqib, Rossiyaning bu jinoyatini qoralashayotgani yo‘q, albatta. Ularning bu jinoyatni qoralashdan nimani ko‘zlaganligidan qat’iy nazar, bu xabar salibchi Rossiyaning Islom va musulmonlarni qanchalar qattiq yomon ko‘rishini hamda Islomning Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati soyasida qayta tatbiq etilishini oldini olishga urinayotganini yana bir bor tasdiqlamoqda. Shuning uchun ham Rossiya Hizb ut-Tahrirni taqiqlab, terroristik tashkilot, deb hisoblab kelmoqda. Uning a’zolarini qamoqqa olib, qiynoqlarga solyapti, uzoq yillarga ozodlikdan mahrum etyapti. Xo‘sh, shulardan keyin ham bu jinoyatkor Rossiyaning etagidan ushlaydigan va – xususan, Falastindagi islomiy harakatlar orasida – undan adolat talab qiladiganlar bormi?!

Roya gazetasining 2020 yil 20 yanvar chorshanba kungi 322-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.