Shri-Lanka koronavirusdan vafot etgan musulmonlarning jasadlarini yoqib tashlashda davom etishini ta’kidladi

311
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Shri-Lanka koronavirusdan vafot etgan musulmonlarning jasadlarini yoqib tashlashda davom etishini ta’kidladi

«Frans 24» veb-sayti (hijriy 1442 yil 25 jumodulavval, milodiy 2021 yil 9 yanvar shanba kuni) nashr qilgan xabarda quyidagilar ta’kidlangan:

«Kecha juma kuni Shri-Lanka hukumati Kovid-19dan vafot etgan har bir jasadni yoqish to‘g‘risidagi majburiy qarorni tatbiq etishda davom etajagini bildirdi. Musulmonlarga o‘z mayyitlarini o‘z diniy qoidalariga binoan dafn qilishlariga ruxsat berishga oid xalqaro chaqiriqlarni rad etdi.

Rasmiylar sog‘liqni saqlash vaziri Pavisra Vanniarachchining mana bu so‘zlarini keltirishdi: «Bu qaror ijtimoiy, diniy, siyosiy yoki shaxsiy sabablarga qarab o‘zgarmaydi».

O‘z navbatida, «Shri-Lanka Musulmonlar Kongressi» partiyasi hukumatni bu bilan yoshlarni loqaydlikka o‘rgatayotganlikda aybladi. Adliya vaziri Muslim Ali Sabriy ham shundan ogohlantirdi.

Mazkur partiyaning ta’kidlashicha, kovid-19dan o‘lganlarning barchasi 222 nafar bo‘lsa ularning teng yarmidan ko‘pi musulmonlardir. Bu yurtda 21 million nafarni tashkil qiluvchi musulmonlar aholining 10 foizini tashkil qiladilar.

«Shri-Lanka Musulmonlar Kongressi» partiyasi matbuot kotibi Halmiy Ahmadning Frans-Press axborot agentligiga aytishicha, kovid-19dan vafot etayotgan musulmonlar Shri-Lanka aholisiga nisbatan ko‘pchilikni tashkil qilmoqda, «chunki ayni kasallikni yuqtirgan musulmonlar vafot etgandan so‘ng jasadlari yoqilishidan qo‘rqib, davolanishdan bosh tortishadi».

Roya:

Ta’kidlash lozimki, Hizb ut-Tahrir – markaziy matbuot bo‘limining ayollar qismi Shri-Lankadagi musulmonlar yo‘liqayotgan bunday ulkan zulm va qonunbuzarlikka nisbatan butun olamni xabardor etish uchun keng ko‘lamli kampaniya uyushtirdi. Kampaniyada Shri-Lanka hukumatidan koronavirusdan vafot etgan musulmonlar jasadini majburan yoqishdek bunday razil siyosatini to‘xtatish talab qilindi. Shundoq ham bu yurtdagi musulmonlar uzoq yillardan buyon diskriminatsiya, badnom qilish va zo‘ravonlik qurboni bo‘lib kelmoqdalar. Bunga sabab Shri-Lankada avvalo millatchi butparast ekstremist harakatlar kuchayib ketganidir. Qolaversa, musulmon yurtlaridagi mavjud zolim rejimlar ham bu yurtdagi musulmonlar ahvolidan ko‘z yumib kelmoqdalar.

Roya gazetasining 2020 yil 13 yanvar chorshanba kungi 321-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.