Falastin rejimi yurt ahliga va ularning diniga qarshi oshkora urush olib bormoqda

325
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Falastin rejimi yurt ahliga va ularning diniga qarshi oshkora urush olib bormoqda

Hizb ut-Tahrir – Falastin matbuot bo‘limining ta’kidlashicha, Falastin rejimi yurt ahliga va ularning diniga qarshi oshkora urush olib borib, namozxonlarni bostirish va qamoqqa olish, masjidlarni yopib, juma namozi o‘qitmaslik uchun o‘z gumashtalarini safarbar qilgan. Bu esa, Allohning uylari va do‘stlari hamda Islomdagi ibodatlarga ochiq urush hisoblanadi. Matbuot bayonotida bunday deyiladi:

«Falastin rejimi juma namozini o‘qishga to‘sqinlik qilish uchun o‘z kuchlarini, xavfsizlik xizmati gumashtalarini safarbar qildi. Qilqiliya, Tulkarm, Baytlahmda masjidlarni ochish va juma namozlarini barpo etish uchun qilingan da’vat ortidan, oldindan harakat qilib, ushbu shaharlarda tungi qamoqqa olish reydi o‘tkazdi. Ertalab masjidlarni yopishni boshladi, ba’zi masjidlarni xavfsizlik kuchlarining kazarmasiga aylantirdi. Bu bilan ham kifoyalanmadi, balki uning zulmu tug‘yoniga itoat qilishni istamay masjid va maydonlarda juma namozi o‘qiyotgan insonlarga qarshi tayoqlarini ishga soldi va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llab, namoz o‘qittirmaslikka yoki o‘qiganlari uchun jazolashga urindi. Namozdan so‘ng bir nechta namozxonni hibsga oldi».

Bayonotda yana bunday deyildi:

«Rejim mana shunday quturgan hujumlari bilan Allohning ibodatlaridan biriga, ya’ni, juma namoziga to‘sqinlik qilish jinoyatini sodir etdi va bu bilan Islomga, Allohning uylariga, Falastin ahliga qarshi urush ochdi. Bu paytga qadar esa, bu rejim o‘zining barcha energiyasini koronavirusga qarshi kurash niqobi ostida yurt iqtisodini vayron qilishga, ta’limni to‘xtatib, odamlarni tiz cho‘ktirishga, och qo‘yishga sarfladi… Rejim koronavirusga qarshi kurashini faqat maktablar va masjidlarga chekladi, banklar, bozorlar va muassasalarni esa ochib qo‘ydi».

Bayonotda muborak zamin ahlining kuchli harakatiga va ko‘plab masjidlar va maydonlarda namoz o‘qiganiga yuksak baho berildi. Bu ishlari ularning o‘z dinlarini qizg‘anishlariga, masjid va ibodatlarini himoya qilishga qattiq harakat qilganlariga dalolat qilishi ta’kidlandi.

«Nega ham bunga dalolat qilmasin, axir, Rosululloh ﷺ rabot ahli, deya maqtagan shu ahlimizdir… Har doim Aqso masjidi va Xalildagi Ibrohimiy masjidida yahudiylarga qarshi turganlar ham shu ahlimizdir», deyildi.

Bayonot so‘nggida quyidagilar ta’kidlandi:

«Falastin rejimi o‘zining zulm va tug‘yonini to‘xtatmayapti… Bu – oqibati juda yomon ish. Falastinning namozxon ahliga hujum qilib, qamoqqa olish ularga nisbatan zulm va tug‘yon bo‘lib, har ikkisi tez orada Ummat uchun olovga aylanadi, Ummat bu olov bilan barcha zolimlarga qarshi urush ochajak. Yaqinda shunday kun keladiki, u kunda rejim o‘zini himoya qiladigan joyni, shafqat qiladigan kimsani topolmay qoladi. Ertami-kechmi uni Alloh Azza va Jallaning g‘azabidan qutqarib qoladigan hech kim topilmaydi. Rejimning buyruqlariga itoat qilib, Allohning diniga urush qilayotgan va U Zotning uylariga hujum qilayotgan xizmatkorlarning ham Muntaqim va Jabbor oldida qo‘llaridan hech narsa kelmay qoladi.

Roya gazetasining 2020 yil 6 yanvar chorshanba kungi 320-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.