بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Yahudiy vujudi elektron aloqa vositalarini boshqarmoqda
Al-Va’y jurnali veb-saytida (hijriy 1442 yil rabiulavval, milodiy 2020 yil dekabr oyidagi 411-sonida) quyidagi xabar nashr qilindi (ba’zi so‘zlarga bir oz o‘zgartish kiritilgan):
(Britaniyaning «Middle East Eye» sayti hisobotida (Gogl, Feysbuk, Tvitter va Yutub) kabi ijtimoiy media kompaniyalar qabul qilgan qarorlar hayotimizga zararli ta’sir ko‘rsatmoqda degan xavotir kuchayib borayotgani ta’kidlanadi. Unda aytilishicha, ularni siyosiy jihatdan neytral platforma deb hisoblash ahmoqlik va ularni foyda keltiradigan tarmoqlar deyish mutlaqo noto‘g‘ridir. Silikon vodiysida ishlagan sobiq televidenie xodimlari ushbu tarmoqlar sababli insoniyatni zulmatli kelajak kutayotganidan ogohlantirishgan. Hisobotda kelishicha, (Isroil) odamlarning tasavvuri va pozitsiyalarini manipulyatsiya qilishda ushbu tarmoqlarning ahamiyati katta ekanini boshqa yirik davlatlardan oldin anglagan. Unda aytilishicha, (Isroil)ni qo‘llab-quvvatlovchi media lobbi 2008 yildan beri internetdagi vikipediya entsiklopediyasiga yashirincha sizib kirishga urinadi. Undan maqsad (Isroil) uchun qulay yo‘llar bilan ma’lumotlarni tahrir qilish va (tarixni qayta yozish)dir. (Isroil) armiyasi 2011 yili ijtimoiy tarmoqlarni yangi «jang maydoni», deb e’lon qilgan edi. 2015 yilda esa, (Isroil) tashqi ishlar vazirligi internet orqali bo‘ladigan jangga rahnamolik qilish uchun sobiq askarlarni safarbar etish va josuslik shirkatlarini ta’sis etish uchun qo‘shimcha markaz ochgan. Ushbu markaz media biznesning ajralmas qismiga aylangan. 2017 yili Act.IL ilovasi ishga tushirildi va (Isroil) mobil tarafdorlari yig‘ilib, (Isroil) josuslik byurosi bilan bog‘lanishdi. So‘ngra undan ma’lumotlar (shu jumladan video lavhalarni) o‘chirishda ularga yordam berishni so‘rashdi. (Isroil) adliya vazirligi 2016 yili Gugl, Feysbuk va Yutub tarmoqlari (Isroil)ning ma’lumotlarni o‘chirish haqidagi talablarining 95 % ni bajarayotgani bilan faxrlandi.
Diffamatsiyaga (tuhmatga) qarshi kurash assotsiatsiyasi, (ya’ni Falastin tashkilotlari hamda (Isroil)ni tanqid qiluvchi yahudiy jamoalar obro‘sini to‘kishda o‘ziga yarasha tarixi bo‘lgan media lobbi) «Internetdagi nafratni qo‘zg‘ovchi so‘zlarni» kuzatish uchun 2017 yili Silikon vodiysida «markaziy boshqarma» tashkil etdi. Aynan shu yili ushbu markaz Yutub tarmog‘ining «Ishonchli xabarchi»si deb e’lon qilindi. Bu shuni anglatadiki, ushbu markaz ma’lumotlarni birinchilardan bo‘lib o‘chiradigan bo‘ldi. Shu yilning may oyida Feysbuk tarmog‘i yangi kuzatuv kengashi (Isroil)ning internetdagi Falastinliklarga qarshi repressiv siyosati muhandislaridan biri Emi Palmorni mudir qilib olayotgani haqida e’lon qildi. 2018 yilning boshida Falastin ommasining g‘azabi yanada ortdi va Feysbukni boykot qilishni talab qilishdi. Bunda ular Feysbukni «Okkupatsiyaning boshqacha yuzi» deb ayblashdi)
Roya:
Ushbu shubhali tarmoqlarning xatari (Isroil)gagina cheklanib qolmaydi, balki ular Islomga qarshi kurashning eng muhim qurollaridandir. Chunki ular musulmonlar ongini egallab olishga hamda ularning taqdiriy masalalari borasidagi qarashlari va pozitsiyalarini dinlaridan uzoqlashtirishga harakat qiladi. Ushbu qurol xatariga faqat islomiy davlat orqali barham berish mumkin. Ammo hozir musulmonlar ushbu qurolga barham berish uchun o‘zlarining taqdiriy masalalari atrofida birlashishlari, bu masalada shar’iy nususlarga murojaat qilishlari, shar’iy nususlarga binoan pozitsiya bildirishlari lozim. Shuningdek, qalblarga hayot baxsh etadigan jihodiy va qahramonona pozitsiyalarni tiriltirishlari hamda Xalifalik davlatining musulmonlar hayotida, ya’ni, o‘tmishda, hozirda va kelajakda naqadar ahamiyatli ekanini ta’kidlashlari lozim.
وَقُلِ اعْمَلُواْ فَسَيَرَى اللَّهُ عَمَلَكُمْ وَرَسُولُهُ وَالْمُؤْمِنُونَ وَسَتُرَدُّونَ إِلَى عَالِمِ الْغَيْبِ وَالشَّهَادَةِ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Ayting: amal qilinglar, bas, Alloh, Rosuli va mo‘minlar qilgan amallaringizni ko‘rib turur va yaqinda g‘aybu shahodatni bilguvchi zotga qaytajaksiz, U sizlarga qilib o‘tgan amallaringizning xabarini berajakdir» [Tavba 105]
Roya gazetasining 2020 yil 30 dekabr chorshanba kungi 319-sonidan