Sudan o‘tish davri hukumati AQShning nuqsonli qaroriga telbalarcha quvonish bilan o‘z omadsizligini yashirmoqchi

285
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sudan o‘tish davri hukumati AQShning nuqsonli qaroriga telbalarcha quvonish bilan o‘z omadsizligini yashirmoqchi

Sudandagi o‘tish davri hukumati o‘zining harbiy va fuqaroviy qanoti bilan AQSh davlat departamentining «Sudanni terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarish» to‘g‘risidagi qaroridan – go‘yo Amerika ustidan g‘alabaga erishgandek – telbalarcha quvondi…. Ushbu holatni yoritish maqsadida Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati matbuot bo‘limi bayonot nashr qilib, bunday dedi:

«O‘tish davri hukumati va uning adashtiruvchi axborot vositalarining bunday «xursandlik»lari, qay darajada xorlik va xo‘rlikka etib kelganimizni ko‘rsatmoqda. Chunki o‘z hurmatini biladigan davlatlar hech qachon boshqa davlatdan umidvor bo‘lmaydilar va unga tiz cho‘kmaydilar va boshqa davlat har qancha kuch va imkoniyatga ega bo‘lsa ham, uni rozi bo‘lishi yoki g‘azablanishidan titramaydilar. Mabda’ga ega davlat boshqa davlat bilan tengma-teng muomala qiladi. O‘ziga qo‘ygan sanktsiyalardan qo‘rqib, Islomga qarshi kurashish va yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirish kabi uning aytganlarini qilish va millionlab dollar to‘lash bilan yovuz qilmishlar sodir etgandan so‘ng bu sanktsiya olib tashlanganda xursand bo‘lish holati bu davlatlarda aslo topilmaydi. Biroq biz ruvaybiza hukmdorlar va soxta davlatchalar zamonida yashamoqdamiz!».

Matbuot bayonotida quyidagilar qo‘shimcha qilindi:

«AQShning Sudan hukumatini telbalarcha xursand qilgan bu qarori nuqsonlidir. Mudom AQSh Kongressi Sudanga kelajakda har qanday vaqtda sud taqiqidan daxlsiz bo‘lish huquqini bermagan ekan, uni qora ro‘yxatdan aslo chiqarmaydi. Shu bois, bu qaror qonuniy jihatdan nuqsonli va soxta qarordir. Sudan hukumati bu qarordan o‘zining turli hayotiy sohalardagi muvaffaqiyatsizligini yashirishda foydalanmoqda».

Bayonot so‘nggida bunday deyildi:

«Biz Ummatni AQShning ushbu qarori farovon hayotni ta’minlaydi, deya qo‘yilgan bunday adashtiruvchi qopqonga ilinib qolishdan ogohlantiramiz. Chunki Alloh Subhanahuning boshqaruvi tiklanmagunicha farovon hayot bo‘lmaydi. Ushbu boshqaruvni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati tatbiq qiladi. Shuning uchun bunday xorlik va xo‘rlikdan chiqish uchun barchamiz Xalifalik davlatini barpo etishga harakat qilmog‘imiz darkor.

Roya gazetasining 2020 yil 30 dekabr chorshanba kungi 319-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.