Erdogan yahudiy vujudi bilan munosabatlarni juda yaxshi normallashtirmoqchi

341
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Erdogan yahudiy vujudi bilan munosabatlarni juda yaxshi normallashtirmoqchi

«Frans 24» veb-sayti (hijriy 1442 yil 10 jumodussoniy, milodiy 2020 yil 25 dekabr juma kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Juma kuni Turkiya prezidenti Erdogan o‘zining mamlakati «Isroil» bilan munosabatlarni juda yaxshi normallashtirmoqchi ekanini aytdi. Ammo «Isroil»ni Falastinga nisbatan siyosatini tanqid qilib, uni «nomaqbul siyosat», deya atadi.

Istanbulda juma namozidan so‘ng Erdogan Turkiyaning «Isroil»dagi «yuqori lavozimli shasxlar» bilan muammosi borligini, agar shu muammolar bo‘lmaganda u bilan aloqalar «tamoman boshqacha» bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. Keyin ikki tomonda razvedka sohasida so‘zlashuvlar qayta yo‘lga qo‘yilganini qo‘shimcha qildi.

«Falastinga nisbatan siyosat biz uchun qizil chiziq. Bu masalada «Isroil» siyosatini qabul qilish mumkin emas. Ularning Falastindagi xatti-harakatlari shafqatsiz, qabul qilib bo‘lmaydi», dedi. «Agar yuqori darajadagi muammolar bo‘lmaganda edi, bizning munosabatlarimiz butunlay boshqacha bo‘lar edi. Biz munosabatlarimizni yaxshiroq nuqtaga etkazmoqchimiz», deya qo‘shimcha qildi».

Roya:

Turkiyadagi ilmoniy rejim bilan bosqinchi yahudiy vujudi o‘rtasidagi 1949 yildan beri mavjud bo‘lib kelgan yaxshi munosabatlar Erdogan davridagi darajada yaxshi bo‘lmagan. U o‘zi ta’kidlagandek bu munosabatlarni yaqin vaqt ichida yaxshiroq darajaga etkazishga urinyapti. Ilgari yahudiylar bosh vaziri Netanьyaxu Erdogan davrida munosabatlarning gullab-yashnaganidan g‘oyat baxtiyor va g‘oyat mamnun ekanini aytgandi. O‘shanda joriy yil fevral oyida «The Jerusalem Post» gazetasiga Netanьyaxu turk hukumatining o‘z bayonotida, uni ochiq-oshkor «Gitler», deb atagan bo‘lishiga qaramay munosabatlar gullab-yashnayotganini aytdi.

Barcha musulmonlar Erdoganning xoinona siyosatidan voz kechmoqlari lozim. Xususan, yahudiy vujudi va AQSh bilan do‘stlik qilayotgan bunday ilmoniy rejimni ag‘darmoqlik hamda butun olamda Islom bilan hukm yuritib, kufr davlatlarini titratgan sulton Muhammad Fotih, sulton Abdulhamid ikkinchi kabi buyuk ajdodlari tarixini qaytarmoqlik Turkiyadagi musulmonlarning vazifasidir. Agar Islom bilan hukm yurituvchi musulmon rahbariyat bo‘lsa, bugungi kunda Turkiya armiyasining bitta bo‘linmasining o‘zi Falastinni to‘liq ozod etishga qodir. Ular bunga loyiqdirlar.

Roya gazetasining 2020 yil 30 dekabr chorshanba kungi 319-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.