بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Ey Sudan ahli! Haqiqiy o‘zgarish sizni qashshoqlashtirgan va boyliklaringizni talagan kapitalizm asosida emas, Islom asosida ro‘yobga chiqadi!
Sudanda zulm va korruptsiyaga qarshi yoshlar harakati uchquni boshlanganiga ikki yil bo‘lishi munosabati bilan, Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati matbuot bo‘limi bayonot nashr qildi. Bayonotda «insonlar ahvoli borgan sari yomonlashayotgani, chunki faqat hukmdorlar o‘zgartirilgani, tuzum va qonunlar esa, o‘sha-o‘sha, o‘zgarmagani» aytildi.
Shanba kuni ikkinchi qo‘zg‘olon harakatini boshlash to‘g‘risida chaqiriqlar yangrayotgan ekan, ushbu matbuot bayonotida quyidagilar ta’kidlandi:
«To‘g‘ri harakat – kapitalistik tuzumni o‘zgartirishni talab qilishdir. Chunki fuqaroni qashshoq, yurtni vayron etgan ham kapitalistik tuzumdir. Hukmdorlarni mustamlakachi kofir G‘arbga tobe qilib, o‘z xalqlarining dori-darmoni va oziq-ovqati hisobiga bo‘lsa ham shu G‘arbning buyrug‘ini bajaradigan va uni rozi qiladigan malaylarga aylantirgan kapitalistik tuzumdir».
Bayonoti so‘nggida bunday deyildi:
«Biroq haqiqiy o‘zgartirish ishi shaxslarni o‘zgartirish hamda qonun va tuzumni dushmandan olish bilan bo‘lmaydi. Yo‘q, aslo. Balki haqiqiy o‘zgartirish hukmron siyosiy mafkurani o‘zgartirib, o‘rniga Ummat aqidasiga, buyuk Islomga asoslangan mafkurani olib kelish bilan bo‘ladi. Bu mafkura Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatida tatbiq qilinadi.
Roya gazetasining 2020 yil 23 dekabr chorshanba kungi 318-sonidan