Hizb ut-Tahrir Iordaniya viloyatidan shariat fakultetlariga va «Iordaniyadagi ichimlik suvi voqeligi» nomli konferentsiyasini uyushtiruvchilariga maktub
Iordaniya universiteti shariat fakulteti Islomiy ishlar va Vaqf vazirining rahnamoligida Germaniyaning xalqaro hamkorlik agentligi bilan hamkorlikda konferentsiya o‘tkazdi. Ushbu konferentsiya Iordaniya universiteti shariat fakultetida birinchi marta o‘tkazilayotgan bo‘lib, u «Iordaniyadagi ichimlik suvi voqeligi… muammolar va islomiy nuqtai nazardan kelib chiqqan echimlar» deya nomlandi. Konferentsiya 2020 yil 12 dekabr kuni Zoomda onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.
Biz shariat fakultetlari dekan va doktorlari… konferentsiya uyushtiruvchilari… shariat ilmi mutaxassislariga bunday deymiz:
Sizlar suv muammosi va uning islomiy nuqtai nazardan kelib chiqqan echimlari haqida suhbatlashish uchun Iordaniyadagi barcha shariat fakulteti o‘quvchilari ishtirokida konferentsiya o‘tkazishga bel bog‘lagan ekansiz, biz sizga bir necha punktlarni havola etamiz. Iordaniyadagi suv muammosi haqida suhbat bo‘lar ekan, ushbu punktlardan chiqib ketish va ularga e’tiborsiz qarash mumkin emas.
Avvalo, bizni ajablantirgan narsa shuki, nima uchun suv muammosi Germaniya agentligi va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rtaga tashlanmoqda? Muammoning echimiga islomiy nuqtai nazardan qaralayotgan ekan, musulmonlar muammolarining echimiga xalqaro tashkilotlarning nima aloqasi bor? Sizning Falastin muammosi echimiga shar’iy nuqtai nazardan emas, xalqaro qonun asosida qarayotganingiz kamlik qilyaptimi, axir, bu xalqaro qonundan Falastin masalasini yo‘q qilish ko‘zlangan-ku?!
Endi yuqorida aytgan punktlarga kelsak, bu quyidagilar:
Birinchidan: Islom suvni umumiy mulk qilib belgilagan bo‘lib, u musulmonlarning umumiy mulkidir. Shariat uni musulmonlar o‘rtasida mushtarak qilib, unga biror shaxs egalik qilishidan qaytargan. Bu haqda Rosululloh ﷺ shunday deydilar:
«النَّاسُ شُرَكَاءُ فِي ثَلَاثٍ: فِي الْكَلَأِ، وَالْمَاءِ، وَالنَّار»
«Odamlar uch narsada sherikdirlar: o‘t-o‘lan, suv va olovda». Shuning uchun ularni Iordaniyadagi kabi xususiylashtirish va muayyan shirkatga sotish haromdir.
Ikkinchidan: Iordaniyadagi suv muammosi asosidan siyosiy muammo bo‘lib, u Iordaniyaning vujudga kelishi, u erdagi boshqaruv nizomi va uning yahudiylar bilan bo‘lgan aloqasiga bog‘liqdir. Chunki Iordaniya o‘z xalqini yaroqli va kerakli suv bilan ta’minlamasligining sababi u erda suv tanqisligidan emas. Balki u odamlarning hayoti va suvlarini kofir va yahudiylar irodasi va manfaatlariga bog‘liq qilib qo‘yganidandir. Iordaniya bu ishlarni turli kelishuv va bitimlar orqali amalga oshirgan. Boshlanishda Angliya loyihalari, keyin Amerikaning Jonston loyihalari va oxirida yahudiy vujudi bilan Vodiy Arobadagi kelishuvlar orqali amalga oshirdi. Yahudiy vujudi bilan bo‘lgan kelishuvda Iordaniyaning er osti va usti suv manbalariga yahudiylar egalik qiladigan bo‘ldi.
Uchinchidan: Yahudiy vujudi yo bosqinchilik, yo kelishuv yoki o‘g‘irliklar bilan Iordaniyaning suvlariga bo‘lgan egalikni qo‘lga kiritdi.
Ammo yahudiylar Jo‘lon tepaliklarini bosib olgach, Iordaniya daryosi manbalari va (Xosboniy, Banyos va Don) kabi o‘zanlari ustidan to‘la egalikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Yarmuk daryosining yarmidan ko‘prog‘ini bosib oldi.
Kelishuvlar haqida aytadigan bo‘lsak, ularga Vodiy Arobadagi suv borasidagi kelishuv eng yaxshi dalildir. Suv haqidagi kelishuvning oltinchi bandida shunday deyiladi: (Ikki taraf ikki o‘zaro odilona taqsimotga rozi bo‘ladilar. Bular Iordaniy va Yarmuk daryosi hamda Vodiy Arobaning er osti suvlaridir).
Ammo o‘g‘irlik yo‘li bilan o‘zlashtirib olgan suvlarga kelsak, BMTning 1992 yilda chiqargan qarorida shunday deyiladi: (Isroil milliy kanalga kelishuv va ro‘yxatdagidan ko‘proq suvni nasos orqali chiqarmoqda. Shuningdek Tabariya suvlarini iflos qilmaslik maqsadida ayrim navigatsiya jadvallarini Iordaniya daryosining janubiy qismiga o‘zgartiryapti).
To‘rtinchidan: Musulmonlar Madinada birinchi islomiy davlat paydo bo‘lgandan beri suvning davlat va jamiyat qurishdagi ahamiyatini, ya’ni uning muhim va hayotiy omil ekanini bilishgan. Usmon ibn Affon roziyallohu anhu aytadi: Rosululloh ﷺ Madinaga kelganlarida Ruma qudug‘idan boshqa biron ichimlik suvi yo‘q edi. O‘shanda Rosuli akram bunday deganlar:
«مَنْ يَشْتَرِيهَا مِنْ خَالِصِ مَالِهِ فَيَكُونُ دَلْوُهُ فِيهَا كَدِلَاءِ الْمُسْلِمِينَ، وَلَهُ خَيْرٌ مِنْهَا فِي الْجَنَّةِ…»
«Kimki uni o‘z molidan sotib olib, o‘z nasibasini musulmonlar nasibasidek bir xil qilsa, jannatda bu quduq suvidan ham yaxshirog‘iga noil bo‘ladi…». Ammo Iordaniyaga kelsak, bu hukmdorlar Iordaniya va Falastindagi musulmonlar suvlarini bosqinchi yahudiy vujudiga topshirib qo‘yishdi. Balki hokimlar yahudiylar bilan qilgan kelishuvlariga vafo qilishlari uchun musulmonlar bilan ularning suvlari o‘rtasiga to‘siq qo‘yishdi.
Beshinchidan: Iordaniyadagi suv muammosi mahalliy darajada emas, balki Ummat va mintaqa darajasida to‘la to‘kis echilishi lozim. Chunki mintaqada mavjud bo‘lgan suv boyligi Ummatning umumiy mulkidir, shuning uchun Ummatning barcha a’zolari undan foydalanishi lozim. Rosululloh ﷺ aytadilar:
«مَثَلُ الْمُؤْمِنِينَ فِي تَوَادِّهِمْ وَتَرَاحُمِهِمْ وَتَعَاطُفِهِمْ كمَثَلِ الْجَسَدِ الوَاحِد؛ إِذَا اشْتَكَى مِنْهُ عُضْوٌ تَدَاعَى لَهُ سَائِرُ الْجَسَدِ بِالسَّهَرِ وَالْحُمَّى»
«Mo‘minlarning birodarlik, rahmdillik va mehr shafqatdagi misoli bitta jasad misoliga o‘xshaydi, chunki jasadning bitta a’zosiga shikast etsa, qolgan joylarida bedorlik va isitmani paydo qiladi». Shuning uchun ushbu yagona jasad yahudiy vujudini yo‘qotish uchun bitta siyosiy vujudga birlashishi kerak. Iordaniya va mintaqadagi suv muammosi shu yo‘l bilan to‘la to‘kis echiladi.
Xotima: Biz sizlarni Hizb ut Tahrir 1999 yil (Iordaniyadagi suv muammosi va uning echimi) nomi ostida chop etgan kitobchaga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz. Chunki Hizb unda muammoni uning echimi bilan birga yoritgan va suvning voqeligi, qanday saqlanishi va Iordaniyada uni qanday taqsimlanishini bayon qilgan. Shuningdek, Iordaniya uning qancha zaxirasiga egalik qilishi, odamlarning unga qanchalik muhtojligi va undan qanchasi talon-toroj qilinayotgani bularning barchasi ishonchli raqam va hisob- kitoblar bilan berilgan. Biz sizlarga yana Alloh Taoloning ushbu qavlini eslatamiz:
وَإِذْ أَخَذَ اللَّهُ مِيثَاقَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ لَتُبَيِّنُنَّهُ لِلنَّاسِ وَلَا تَكْتُمُونَهُ
«Eslang (ey Muhammad), Alloh Kitob berilgan kimsalardan «Albatta u Kitobni odamlarga ochiq bayon qilursizlar va yashirmaysizlar!» — deb ahd-paymon olgan edi» [Oli Imron 187]