Islom – faqat islomiy tariqat bilan hayotga qaytishiga iymon keltirishimiz farzdir!
Islomiy tariqat – Islomni mamlakat ichkarisida tatbiq qilish va tashqi siyosatda da’vat (jihod) yo‘li bilan Islomni olamga olib chiqish bo‘lib, bu ishlar Xalifalik davlati qo‘li ostida va uning boshchiligida amalga oshiriladi. Xalifalik yo‘q bo‘lib, uning o‘rnini kufr boshqaruvi (mabdasi) mutlaq egallab olganida, uni hayotga qaytarish tariqati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vassallamning Makkada olib borgan faoliyatlaridan (sunnati, tariqatidan) olinadi. Unda bir guruh (hizb) ummat qo‘li bilan xalifalikni hayotga qaytarishda faqat Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vassallamning tariqatidan borishi vojib bo‘ladi.
Islom boshqaruvdan, hayotimizdan ajratilgach, u tirikligini yo‘qotdi. Islomni hayotga qaytarish maqsadida buyuk shaxslar, guruh va jamoalar harakat olib borishyapti. Ular bu mas’uliyatni o‘z gardanlariga olishgan. Ammo Allohning nusratiga bo‘lgan ishonchlarida chalkashlik girdobiga kirib qolishdi. Ba’zilar Islom jihod bilan hayotga qaytadi desa, boshqalari parlament yoki prezident boshqaruvi ostida ham Islom bilan yashasak bo‘ladi degan fikrni olg‘a surishdi.
Muammo shundaki, biz Xalifani qayta tiklash masalasi oldida turganimiz yo‘q. Balki xalifalik boshqaruv sistemasi yo‘q bo‘lib, uning o‘rnini mutlaq kufr boshqaruvi egallab oldi. Hozirda biz islomiy boshqaruvni qayta olib kelishimiz kerak! Har bir ish sunnatga muvofiq va o‘z shar’iy echim ostida echilishi vojib ekanligidan, bu muammoni ham, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vassallamning tariqatiga qaytarishimiz vojib.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vassallam kufrdan Islomga o‘tish tariqatini Makkadagi faoliyati bilan ko‘rsatib berdilar. Bu tariqat Islomni hayotga qaytarish yo‘lida yagona shar’iy hukm bo‘lib, har bir mo‘min musulmon unga iymon keltirishi kerak va undan boshqa yo‘lni tutishi durust emas.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vassallamning oldilariga bir necha bor Quraysh vakillari kelib har turli murosaga chaqirishdi, shuningdek har xil bosimlar, zulmlar o‘tkatishdi. Shunda amakilari Abu Tolib “meni ham o‘zingizni ham qiynamang va menga toqatimdan ortiq ishni yuklamang” – deb aytganlarida “Ey amaki, o‘ng qo‘limga quyoshni, chap qo‘limga oyni qo‘ysalar ham bu yo‘limdan qaytmayman, yo Alloh uni nomoyon qiladi yo uni yo‘lida halok bo‘laman” deb javob berdilar. Shundan ko‘rinadiki, bu yo‘l engil-elpi yo‘l emas. Balki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vassallam mo‘’tabar jonini tikkan, har bir mo‘min uchun hayot mamot masala bo‘lgan tariqatdir. Uni ro‘yobga chiqarish uchun sahobalar va minglagan musulmonlar jonlarini qurbon qilishdi. Ular kufr bilan har qanday murosaga rozi bo‘lmaganlari uchun jabr va zulmlar ko‘rishdi. Muhojir bo‘lib chet o‘lkalarda jon saqlashdi. Yillar mobaynida qamalda och-yalang‘och qolishdi. Shu zulm-sitamlarning hammasiga, Payg‘ambar sollallohu alayhi vassallamning kufr bilan murosaga bormaganlari, Islomni oliy qilish yo‘li (tariqati)ni faqat vahiydan olganlari sabab bo‘ldi.
Bu tariqat qiyomatgacha o‘zgarmas shar’iy hukm bo‘lib, kufrni bartaraf qilish va Islomni o‘z o‘rniga qaytarishdagi yagona yo‘l bo‘lib qoladi! Bu biror hizb yoki jamoaning tabanniy qilgan fikri emas. Chunki bu Islom hukmi bo‘lib, unda islomiy raylarda kelishmovchilik bo‘lishi mumkin emas! Birorta Musulmon bu tariqatni inkor qilsa yoki Islomni hayotga boshqa kufr tariqatlari bilan olib kelishni qasd qilsa, qattiq gunohkor bo‘ladi. Tariqat masalasida o‘rtaimizda ixtilof bo‘lishi mumkin emas! Shu kunlarda oldimizda turgan barcha muammolar, zaifligimiz va xorligimizni davom etib borayotgani mana shu tariqatga beparvo ekanligimizdandir. Ya’ni kufr tariqatlaridan ta’sirlanib Islomni kufr tariqatlari bilan oliy qilishga intilib umrimizni zoe ketkazayotganimiz sababli zaifligimiz va xorligimizni davom etmoqda.
Islomni demokratiya tariqati bilan oliy qilishga intilish, faqat demokratiyani kuchaytiradi! Chunki Islomni hayotga qaytishi Allohning nusratiga bog‘liq, Allohning nusrati esa, ummatni nusratga loyiq bo‘lishiga bog‘liq! Nusratga loyiq bo‘lish va unda bardavom turish esa, har qanday holatda har bir muammoni o‘z tariqatiga ya’ni o‘z shariy hukmiga bog‘lab amalga oshirishga bor vujudimiz bilan harakat olib borishimizga bog‘liq. Hatto oliy maqsadlarni ro‘yobga chiqarishda ham, o‘z quvvatimizga tayanishimiz yoki insonlar o‘ylab topgan yo‘llardan tavakkul qilib yurib borishimiz bizni halokatga olib boradi. Alloh o‘zidan begona qilib o‘z holimizga tashlab qo‘ymasin!
Abdurazzoq Mo‘min