Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati Rosululloh ﷺga yordam berish uchun va yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirishga qarshi tadbir o‘tkazdi

359
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati Rosululloh ﷺga yordam berish uchun va yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirishga qarshi tadbir o‘tkazdi

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirishga qarshi o‘zining butun yurt bo‘ylab olib borayotgan yirik xalq tadbirlarini davom ettirgan holda, 2020 yil 31 oktyabr shanba kuni Ummu Durmon-Shuhado mintaqasida norozilik namoyishi o‘tkazdi. «Yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirish xiyonatdir, kim uni qilsa Alloh, Rosuli va mo‘minlarga xiyonat qilgan bo‘ladi» nomli ushbu namoyishning diqqatga sazovor jihati shu bo‘ldiki, unga yo‘lovchilar ham yaxshi munosabat bildirdilar hamda takbirlar aytish, ayni jirkanch normallashtirish jinoyatiga qarshi hayqirish, izohlar berish, shiorlar ko‘tarib chiqishda Hizb a’zolariga qo‘shildilar. Darhaqiqat, ko‘chadagi yo‘lovchilardan juda ko‘pchiligi namoyishda ishtirok etib, boshdan oxiriga qadar Hizb a’zolari bilan birga plakat va bayroqlar ko‘tarib chiqishdi. Namoyish tugagach, bir qator ishtirokchilar kelishib, Hizb bilan birga faoliyat qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Hizb a’zolari bilan munozaraga qo‘shilib, beqiyos hamkorlik ko‘rsatdilar. Albatta, bu yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirilishiga qarshi bo‘lgan Ummatning asl xazinasini ko‘rsatmoqda.

2020 yil 3 noyabr seshanba kuni soat 13:00da eski masjid oldidagi «Hurriyat» maydonida ham Hizb Islom dushmanlarining sayyidimiz Muhammad mustafo ﷺni tahqirlashlariga qarshi «Barchamiz Sizga fido ey Rosululloh» nomli namoyish o‘tkazdi. Namoyish ishtirokchilari juda yaxshi munosabat bildirib, Rosululloh ﷺga o‘z muhabbatlarini namoyish etishdi. Shuningdek, Hizb ut-Tahrirning faoliyati hamda uning Islom Ummati masalalari oldidagi mustahkam pozitsiyasini olqishladilar. Bu ularning namoyishdagi harakatlari va Hizb a’zolari ortidan hayqirib turishlarida namoyon bo‘ldi.

Shu kunning o‘zida Hizb ut-Tahrir a’zolari Vudd-Madaniy shahridagi katta bozorda ommaviy murojaat yo‘llash tadbirini o‘tkazdilar. «Yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirish jinoyat va xiyonatdir, Sudan ahlining bunga aloqasi yo‘q» nomli ushbu tadbirda ko‘pchilik, ayniqsa, siyosatchilar ijobiy munosabat bildirib, qilingan murojaatni qo‘llab-quvvatladilar.

Shu bilan parallel ravishda va bir vaqtning o‘zida Ummu Do‘rmon shimoli mahallasida «17-qo‘zg‘olon» rayonida ham ommaviy murojaat yo‘llash tadbiri o‘tkazildi. Tadbir nomi «Muvaffaqiyatsiz hukumat Xalqaro Valyuta Fondi ko‘rsatmalarini bajarish bilan odamlarni ochlikda qiynash va halok etishda davom etmoqda», deb ataldi. Darhaqiqat, bu murojaat «davlat qo‘llab-quvvatlovini bekor qilish» dastagi ostida yoqilg‘i mahsulotlarining narxini oshirilishi ortidan uyushtirildi.

«Transport inqirozi… tahlil va echimlar» nomli davriy murojaat 2020 yil 5 noyabr payshanba kuni Kalokila bozorida o‘tkazildi. Uni ustoz Abdulfattoh Ahmad Zovbayt taqdim etdi. Yig‘ilganlar murojaatda aytilgan fikrlarni juda yaxshi qabul qildilar.

Qazorifdagi Hizb a’zolari 2020 yil 5 noyabr payshanba kuni stomatologiya markaziy kasalxonasi oldida soat 16:00da «Barchamiz Sizga fido ey Rosululloh» nomi ostida siyosiy murojaat yo‘lladilar. Yig‘ilishda ustoz Maysara Yahyo Muhammadnur so‘zga chiqib, Frantsiyaning Rosululloh ﷺni haqorat qilgani haqida so‘z yuritdi. Bu davlatni Islom va musulmonlarni ich-ichidan qattiq yomon ko‘rishini, kofir G‘arbning demokratiya va erkinliklar haqidagi iddaolarining g‘irt yolg‘on ekanini, aslida bu davlatning o‘zi buzuqlik va fahsh botqog‘iga botganini ochiqladi. U shuningdek, Frantsiyada sarvari olamga nisbatan sodir etilgan tahqirlov voqeasi kofir G‘arb sistemasining buzuq va muvaffaqiyatsizligiga yaqqol dalil ekanini ta’kidladi.

Hizbning Ummu Do‘rmon shimolidagi a’zolari o‘tkazgan tadbirlardan biri yakshanba kuni shom namozidan so‘ng «42-qo‘zg‘olon» rayoni bozoridagi Atiq masjidida bo‘lib o‘tdi. «Rosululloh ﷺning mavludlari qanday xotirlanishi va ul zotga qanday yordam berilishi kerak» nomli ushbu ma’ruzani muhtaram shayx Ahmad Bakr taqdim etdi. Ma’ruzada ustoz sarvari olam Nabiy ﷺga Makka mushriklarining qanday ozor etkazishgani va ashoblarini qanday azoblashgani haqida so‘zladi. Keyin, nega Nabiy ﷺga dushmanlik qilishgan va nima uchun bugun Frantsiya ul zotga dushmanlik qilyapti? – degan savolni o‘rtaga tashladi. Bu erda Frantsiyaning Rosulullohga dushmanligi bilan Makka mushriklarining ul zotga dushmanlik qilganligi bir xil bo‘lib, bunga Rosulullohning haq tuzumni olib kelganliklari sababdir. Chunki ushbu haq tuzum ularning odamlarga behisob azob-uqubatlar keltirgan tuzumini yo‘q qiladi.

Roya gazetasining 2020 yil 18 noyabr chorshanba kungi 313-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.