Joriy yilning 11 oyida Rossiyadan 211 o‘zbekning jasadi olib kelindi

311
0

Joriy yilning 11 oyida Rossiyadan 211 o‘zbekning jasadi olib kelindi

 Joriy yilning yanvaridan noyabrь oyigacha o‘tgan muddatda Rossiyadan 211 nafar o‘zbekistonlik muhojirning jasadi olib kelindi.

 Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umrzoqov ma’lum qildi.

 “2020 yilda chet eldan salkam 211 kishining jasadi davlat hisobidan olib kelinib, janozalari o‘tkazildi. Dafn marosimlari tashkil qilinib, oilalariga moddiy yordam berildi”, -deb iqtibos keltirdi vazir o‘rinbosari so‘zlaridan “Daryo” nashri.

 Rossiyada o‘zbekistonlik muhojirlar asosan baxtsiz xodisalar, jumladan, yong‘inlar, qurilishlarda mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmayotgani va millatchilar hurujlari oqibatida halok bo‘lishadi.

 Ma’lumki, O‘zbekistonda chuqur ildiz otgan ishsizlik, korruptsiya va tanish-bilishchilik illatlari oqibatida har yili millionlab odamlar chet o‘lkalarga, xususan Rossiyaga ish izlab chiqib ketishga majbur bo‘ladilar. Rasmiy hukumat o‘z fuqarolarini yurtlarida ish bilan band qilishni uddasidan chiqa olmagani etmaganidek, ularni chet o‘lkalarda haq-huquqlarini himoya qilish yo‘lida etarli chora ko‘rmaydi. Natijasida oddiy insoniy huqulardan ham mahrum bo‘lgan o‘zbekistonliklar o‘z oyoqlari bilan tark etgan vatanlariga temir tobut – yuk-200da qaytib kelmoqda.

 O‘zini isloxatchi sifatida taqdim qilishga intilayotgan Mirziyoev tomonidan mehnat muhojirlarining huquqlarini ta’minlash bo‘yicha qabul qilinayotgan qarorlar –xuddi O‘zbekiston ichida bo‘lgani kabi – qog‘ozda qolib ketmoqda. Rossiya va boshqa davlatlarda faqat nomigagina faoliyat olib borayotgan O‘zbekiston elchixonalari mamlakat ichkarisida bo‘lgani kabi xalqdan uzilib qolgan. O‘zbekiston ichkarisida ham, tashqarisida ham oddiy xalq dardi va muammosi bilan qiziqadigan birorta amaldor qolmadi.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.