Saudiya Qamoqxonalaridagi mahbus ayollar

408
0

Saudiya Qamoqxonalaridagi mahbus ayollar

Qamoqlardagi mahbus ayollarning qiynoqqa solinayotgani va zo‘rlanayotgani saudlar oilasi hukmdorlari peshonasiga tushgan navbatdagi sharmandalik tamg‘asidir

Britaniyada chiqadigan «Daily Mail» gazetasining 2020 yil 17 noyabr kungi sonida britaniyalik advokat Xelena Kennedining maqolasi nashr qilindi. Maqola «Saudiyalik ayollarning sharmandalarcha hibsda ushlab turilishi va qiynoqlarga solinishi butun dunyo rahbarlarining hamda Saudiyadagi «G20» sammiti rahbarlarining peshonasiga tushgan sharmandalik tamg‘asidir», deb atalgan. Muallif maqolasida mamlakatda boshlangan 2018 yilgi qamoqqa olish kampaniyasidan buyon Saudiyadagi huquq himoyachilari bo‘lgan ayollarga nisbatan turli xil qonunbuzarliklar sodir etilib, ularning fahsh filьmlar ko‘rishga majburlanayotgani, zo‘rlanayotgani, zo‘rlash bilan tahdid qilinayotgani, shiftga osib qo‘yib kaltaklanayotgani, elektr toki bilan azoblanayotgani va boshqa vahshiyona qiynoqlarga duch kelishayotgani haqida yozadi.

Ushbu maqolada aytilgan faktlar jinoyatkor Saudlar oilasi peshonasidagi navbatdagi sharmandalik tamg‘asidir. Shundoq ham, Salmon va o‘g‘lining boshqaruv davrida muxolafatchilarga nisbatan bir qator qonunbuzarlik va repressiyalar sodir etilgan. Ularning qamoq lagerlari da’vatchilar, huquq himoyachilari va Salmon bilan o‘g‘lini tanqid qilgan fikr mahbuslari bilan to‘lib ketgan. Hatto u erlarga tushganlar hayotdan ayriladigan, chiqqanlar esa, hayotga qayta keladigan bo‘lib qoldi. Rejim jinoyatlari jurnalist Jamol Qoshiqchi hodisasida bo‘lgani kabi muxoliflarini arra bilan bo‘laklarga bo‘lib tashlash hamda Huvaytiy hodisasida bo‘lgani kabi uning loyihasiga qarshi chiqqanlarni izsiz yo‘q qilib yuborish darajasiga etdi. Mahbus va mahbusalarga nisbatan qo‘llanayotgan qiynoq va zolim sudlar to‘g‘risidagi maqola va guvohliklar rejimning jinoyatlarini hamda Muhammad ibn Salmon va uning otasi davridagi qora ro‘yxatni tasdiqlamoqda. Hali maxfiy qolayotgan jinoyatlari bulardanda kattadir.

Muhammad ibn Salmon o‘zining «2030 yil uchun Saudiya qarashlari» loyihasi orqali o‘z rejimini chiroyli qilib ko‘rsatishga, inson huquqlari va xotin-qizlar huquqlarini himoyachisi qilib tasvirlashga urinmoqda. Bu sohada bir qator qaror va qonunlar chiqarish bilan mamlakatni Xotin-qizlar haq-huquqlari bo‘yicha ochiq, ilg‘or va muvaffaqiyatli mamlakat sifatida ko‘rsatmoqchi bo‘lyapti. Aslida esa, bu rejim buzuq va buzg‘unchi bo‘lib, g‘arblik xo‘jayinlari va tashkilotlarining ko‘rsatmalarini birortasini ham qoldirmay bajarmoqda. Masalan, amri ma’ruf va nahi munkar hay’atini ko‘ngilochar muassasaga o‘zgartirdi, oqibatda bu ko‘ngilochar muassasa buzuqlik va munkarni hujjatlashtirib-qonuniylashtirib bermoqda! Mamlakatda kinoteatrlar ochildi, erkak-ayol aralash bo‘ladigan kontsertlar bo‘lib o‘tmoqda, ayollarga stadionlarga kirib, futbol bellashuvlarini tomosha qilishlariga ruxsat berildi. Vasiylik nizomi bekor qilinib, yigirma bir yoshdan yuqori ayollarga o‘z valiylaridan (ya’ni, ota, aka va boshqa erkak yaqinlaridan) izn olmagan holda safarga chiqishlariga ruxsat berildi.

Inson huquqi faollari va tashkilotlari rejimni mamlakat ichkarisida muxolafatchilarni qamoqqa olib, ularga qiynoqlar qo‘llashda, tashqarida esa, Yamanga qarshi urush olib borishda va bu bilan inson huquqlarini poymol qilishda ayblab, «G20» sammitini boykot qilishni talab qilmoqdalar. Shuningdek, o‘z mamlakatlaridan Saudiya Arabistoniga mahbuslarni, xususan xotin-qizlar huquqlari sohasida faoliyat qiluvchi huquq himoyachilarini ozod etishi uchun bosim o‘tkazishni talab qilishmoqda. Ayniqsa, xotin-qizlarga imkoniyat yaratish «G20» sammitining kun tartibidagi masala bo‘lgani uchun ham shunday qilishmoqda. Shu erda bizda tabiiy savollar tug‘ildi: Bu faollar o‘z mamlakatlarining Saudiya Arabistoni bilan tili bir ekanini, uning jinoyatlariga va inson huquqlarini toptayotganiga ular ham sherik ekanini unutishdimi yoki o‘zlarini unutganga solishdimi?! Masalan, AQSh Salmon va uning o‘g‘lidan olgan pullar evaziga ularning jinoyatlariga sukut qilmayaptimi?! Ularning mamlakatlari qo‘lidagi qurollar, ya’ni, Yaman ahlini vayronagarchilik, qashshoqlik, ochlik va kasalliklarga giriftor etgan zulm urushida qo‘llangan qurol-aslahalar mana shu yigirmalik guruhi davlatlaridan, xususan, AQSh va Britaniyadan sotib olingan qurollar emasmi?!

Biror bir mazlumga o‘zining haqqi berilishini yoki biror bir ayol yo erkakka insof qilinishini bu mustamlakachi davlatlardan aslo umid qilib bo‘lmaydi. Chunki bu mamlakatlar inson huquqlari masalasini faqatgina o‘z manfaatlarini amalga oshirish yo‘lida hukumatlarga bosim qilish uchun yoki o‘z xalqlari va dunyo oldida rasvo bo‘lgan obro‘larini tiklash uchun ilgari surishadi. Ularning vaz’iy qonunlari davrida insoniyat uchun baxtli hayot hech qachon ro‘yobga chiqmaydi. Har bir ishning hikmatini biluvchi va har narsadan xabardor bo‘lgan Allohning qonunlari Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida tatbiq qilinsagina insoniyat izzat-ikromda hayot kechiradi, huquqlari to‘liq ta’minlanib, nomuslari himoyalanadi.

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.