Norinda ayollar ustidan sud boshlandi
“Ekstremizm” bo‘yicha ko‘rsatma olish uchun 13 yoshli qizcha qiynoqqa solindi
“Ekstremizm” – qulay vaziyatdan foydalanib hokimiyatni kuch bilan tortib olish yoki shunga harakat qilish, konstitutsiyani buzish yo‘li bilan hokimiyatni o‘z qo‘lida ushlab turish harakatlarini o‘z isiga oladi. Shu maqsadga etish uchun qurolli tashkilotlar tuzish yoki unga a’zo bo‘lish ham “Ekstremizm” hisoblanadi. (shanxay konventsiyasi 15.06.2001.)
Norinda 10-noyabr kuni bir nechta ko‘p bolali Muslima ayollar ustidan sud jarayoni boshlandi. Ular shu yilning iyul oyida da’vat olib borayotgan vaqtlarida GKNB va IIM xodimlari tomonidan qo‘lga olingan edi. Bu ayollarning sud jarayoniga ko‘rsatma olish uchun 13 yoshdagi qizcha qiynoqqa solingan.
Bu ayollarga, “hokimiyatni kuch bilan qo‘lga olishga harakat qilgan” (ekstremizm) deb jinoiy ish ochishgan. Ularni Hizb ut-Tahrir jamoasi a’zolari deb qamoqqa olishgan edi. Vaholanki da’vat har bir musulmon, shuningdek muslimalar uchun ham farz bo‘lib, amru-ma’ruf (yaxshilikka chaqirish) va nahiy munkar (yomonlikdan qaytarish)ning mamlakatni kuch bilan tortib olishga hech qanday aloqasi yo‘q!
Oktyabr oyida Qirg‘izistonda yana navbatdagi hokimiyatni kuch bilan tortib olish ishi amalga oshirildi. Qizig‘i shundaki, mamlakatimizda uch marotaba hokimiyatni kuch bilan tortib olish amalga oshgan bo‘lsa ham, har safar hokimiyatni “ekstremistik” yo‘l bilan tortib olgan avvalgi siyosatchilar yangi hukumatga yana qaytib kelaverishdi. Ular har safar qonun buzilgani va hokimiyat kuch bilan tortib olinganini ochiq tan olishadi. Tashqi davlatlar ham, xalqaro siyosat ham buni e’tirof etadi. Lekin “ekstremistik” yo‘l bilan hokimiyatga kelganlarni jinoiy javobgarlikka tortish masalasi qo‘yilmadi. Aksincha, “ekstremistik” yo‘l bilan hokimiyatni topshirishga majbur bo‘lgan prezident va hukumat vakillari qoralandi, ular ustidan jinoiy ishlar ochildi.
Hizb ut-Tahrir har safar davlat ag‘darilishi oqibatidan paydo bo‘lgan vaqtinchalik siyosiy bo‘shliq paytida hokimiyatni o‘z tomoniga ag‘darib olishga biror bir harakat qilgan emas! Hizb Qirg‘iziston hokimiyati o‘rnini kuch bilan yoki kurolli yo‘l bilan egallab olishni yoki hukumatni quvib uning o‘rnini egallab olishni Islom tariqatiga zid, noshariy, harom ish deb biladi. Shuningdek hizb yoki boshqa biror partiya hokimiyatni boshqarishini ham noshar’iy ish deb tabanniy qilgan.
“Ekstremizmda” ayblanayotgan bu ayollar ishi aynan ekstremistik yo‘l bilan hokimiyatni bosib olganlar tomonidan olib borilyapti!
Bu ojizalar davlat ag‘darishar emish. Bunga kim ham ishonadi?! Davlat ag‘darildi, lekin hokimiyat vakillari, organ va boshqa kuch struktura xodimlari o‘z o‘rnida qoldi. Faqat prezident va hukumat almashdi xolos. Shuning uchun ular ag‘darilgan hukumat ishini yana davom ettirishyapti. Balki ular o‘z xavfsizliklarini o‘ylab, o‘zlari ochgan asossiz va qalbaki ishlarni yopib yuborishmoqchi. Ochgan jinoyatlarini yopish uchun hatto yosh qizchani o‘g‘irlashgacha etib borishdi.
Bu kabi Islom va Musulmonlar ustida olib borilayotgan jirkanch jinoyatlarni va zulmlarni oldini olish uchun biz jamiyatdagi siyosiy maydonda o‘z mavqeyimizni tiklashimiz kerak. Har bir siyosiy voqea hodisalarga befarq bo‘lmay, ulardagi xalq va ummat manfaatlariga keltirilayotgan zararlarni fosh qilib borishimiz, shuningdek o‘sha ishlarning haqiqiy islomiy manfaatlarini ummatga tushintirib borishimish kerak. Shu tariqat asosidagi davat ummatga ko‘chishi, urf ommga aylanib ketishi kufrni Islom va Musulmonlarga bo‘lgan muomilasini o‘zgartiradi!
Abdurazzoq Mo‘’min.