بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
O‘tish davri hukumati davrida AQSh-Sudan munosabatlari istiqboli
Ustoz Ibrohim Usmon Abu Xalil
Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati rasmiy notig‘i
Davlatlararo munosabatlarni manfaatlar belgilaydi. Manfaatlarni esa, amalga oshirmoqchi bo‘lgan rejasi va himoya qilmoqchi bo‘lgan maqsadlariga qarab davlat belgilaydi. Davlat bu manfaatlarini tashqi siyosat, deb atalgan xalqaro maydonga olib chiqadi. Bu manfaatlar printsipial va moddiy bo‘ladi. Printsipial manfaatga millat so‘zini va qadriyatlarini yoyishni misol qilish mumkin. Moddiy manfaatga strategik mintaqalarga yoki xom ashyoga boy mintaqalarga hukmron bo‘lishni yoki savdo bozorlarini ochishni va boshqalarni misol qilish mumkin.
Lekin biz bu gapimizni musulmon yurtlaridagi mavjud davlatlarga, masalan, Sudanga tatbiq qiladigan bo‘lsak, aslo tushmaydi. Chunki mustamlakachi bu davlatlarni bitta qilib birlashtirib turgan Xalifalik davlatini avval ag‘darib, ularni davlatchalar sifatida paydo qildi. So‘ng ularni bevosita o‘zi yoki vakili orqali boshqarib keldi. U bu yo‘lda ma’lum kimsalarni etishtirib, ularga zohirda hokimiyatni topshirdi, haqiqiy hokimiyat esa o‘zining qo‘lida turdi. Uni ayni davlatlardagi elchixonalar orqali boshqardi. Qariyb bir asrcha vaqtdan buyon bu davlatlar hukmdorlari mana shunday malaylik qilib kelishyapti, xo‘jayinlari buyruqlarini o‘z xalqlari hisobiga bajarib, ko‘p hollarda xalqlarini ezib, zulm qilishmoqda.
Sudan Britaniyaning mustamlakasi bo‘lgani e’tiboridan, siyosiy elitaning deyarli barchasi inglizlarga tobe bo‘ldi. Kurash maydoniga Amerika kirib kelgan paytda Sudanda uning odamlari yo‘q edi. Shuning uchun Sudan armiyasiga tayanib, uning ichidan hokimiyatni harbiy to‘ntarish orqali olishga qodir odamlarni kasb qildi. Mana shu inqiloblarning so‘nggisi 1989 yil Umar Bashir inqilobi bo‘ldi. Bashir boshqaruvi Amerika malayi sifatida o‘ttiz yildan ziyod davom etdi. Bu vaqt mobaynida Amerikaga qattiq ixlos bilan xizmat qildi, uning Sudandagi barcha loyihalarini ijro etdi. Bashir rejimining Amerikaga ko‘rsatgan xizmatlari ichida eng yomoni Sudan janubini shimolidan bo‘lish jinoyatida unga butkul itoat qilgani bo‘ldi. Keyin yurtning qolgan erlarini ham mash’um Nevasha bitimi orqali bo‘lish va parcha-parcha qilishga tayyorlab berdi. Ammo xalq ko‘tarilgan paytda, ayniqsa, Sudanning er osti va usti boyliklariga to‘la bo‘lishiga qaramay, insonlarni qashshoq ahvolga olib kelgan iqtisodiy tuzum siyosatiga qarshi ko‘cha yoshlari qo‘zg‘algan paytda Amerika Bashirning bu va boshqa xizmatlarini qadrlamadi, undan voz kechdi. Zero, u odamlardan ham ko‘proq harbiy muassasaga ishonadi. Bu narsa bir guruh generallar hokimiyatni egallagan paytda ko‘rindi. Ular keyinroq harbiy kengash, degan muassasaga aylandi. Britaniya ham armiyaning Amerika odamlaridan iboratligini bilgani uchun Ozodlik va O‘zgarish kuchlariga ochlik, zulm, korruptsiya va muhtojlikka qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni o‘g‘irlashni buyurdi. Bu kuchlar qo‘zg‘olonchilarning elkasiga minib oldi va eski rejim qoldirgan ayanchli vaziyatni o‘nglash uchun hech narsa qilmadi. Aksincha, hokimiyatni harbiylar bilan bo‘lishib olib, sizlar talab qilayotgan fuqaroviy hukumatni olib keldim, deya qo‘zg‘olonchilarni aldadi. Hamdukni bosh vazir sifatida olib kelib, unga kuchli ijroiy vakolatlarni bergan esa-da, biroq hokimiyatdagi haqiqiy ta’sir kuchi amerikaparast armiya qo‘lida qoldi (masalan, ulardan besh nafari harbiy suveren kengashdan ikki nafari vazirlar kengashidan, ya’ni ichki ishlar va mudofaa vazirligidandir).
Shunday qilib, biz Afrika Ittifoqidagi Amerika malaylari tuzgan konstitutsiya hujjatiga muvofiq, Sudandagi boshqaruvning ikki guruh orasida qolganiga guvoh bo‘lyapmiz. Bu ikki guruh o‘zaro bir-biriga dushman, salohiyatlari ham farqli hamda o‘zaro kurashuvchi tashqi kuchlarga malaydir. Bu narsa yurtning xavfsizlik va iqtisodiy vaziyatida yaqqol aks etdi. Chunki ikkala guruh bir-biriga tuzoq qo‘yishadi. Ana, Hamduk armiyani davlat molidan 80 %iga ega bo‘lib olganlikda ayblayapti. Bundan u qurolli kuchlar kompaniyalarini nazarda tutdi. Bu yoqda Burhon chiqib, muvaffaqiyatsizlikda va o‘z muvaffaqiyatsizligini armiyaga yuklayotganlikda Hamdukni ayblayapti.
Shunday bo‘lishi tabiiy, chunki manfaatlar ayri bo‘lgani va mahalliy qo‘g‘irchoqlar boshqa-boshqa ekani bois AQSh bilan Britaniya Sudanda tinch yashay olishmaydi. Shuning uchun hozirda ular biri ikkinchisining oyog‘idan chalishga harakat qilyapti. Masalan, Amerika Sudanni o‘z changaliga olish maqsadida Hamdukning fuqaroviy hukumatini namoyishni harakatlantirgani sababli muvaffaqiyatsizlikka uchratishga harakat qilib, unga iqtisodiy bosim qilyapti. Chunki Bashirga qarshi ko‘cha harakatini keltirib chiqargan asosiy sabablardan biri iqtisodiy vaziyat edi. Hamduk hukumati bo‘lsa, odamlarga iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga va’da berib, va’dasi ustidan chiqolmadi. Bunday qilolmasligiga Amerikaning evropaliklarga, asosan, Britaniyaga qilgan bosimi sabab bo‘ldi. Chunki u Sudanga yirik miqdordagi moliyaviy yordamning berilishiga ruxsat bermadi, faqat bu yurt «terrorizm»ni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqqandan keyingina yordam olishi mumkinligini tiqishtirdi. Bu davlat, ya’ni Amerika Sudanni mazkur ro‘yxatdan aslo chiqarmaydi. Buning uchun u hokimiyatning to‘la o‘z qo‘liga o‘tganiga, o‘z qarshisida Sudan masalasida hech qanday raqib qolmaganiga to‘liq ishonch hosil qilishi kerak. Shu bois, Hamduk hukumati hozirda Amerika tomonidan tazyiq ostida qoldi. Amerika ushbu tazyiqni yanada kuchaytirish uchun yaqinda unga katta talab qo‘ydi. U o‘zining davlat kotibi Pompeoni Sudanga jo‘natib, Hamduk hukumatini yahudiy vujudi bilan bevosita aloqalarni normallashtirishni talab qildi va shu orqali uni xijolatli ahvolga solib qo‘ydi. Amerikaning provokatsiyasidan qo‘rqib tiz cho‘kkan bu hukumat o‘tish davri hukumatining bunday ishni qilish vakolatiga ega emasligini aytish bilan Amerikadan kechirim so‘radi.
Ta’kidlash lozimki, AQSh ma’muriyati agar Sudan Amerikaning «Koul» esminetsi qurbonlari uchun tovon to‘lasa, uni mazkur ro‘yxatdan olib tashlashga yolg‘on va’da berganda Hamduk unga itoat qilib tovonni to‘ladi. Keyin yana boshqa to‘lovlar ro‘para qilindi… Amerikaning Nayrobi va Dorussalom elchixonalari portlatilishidagi qurbonlarga ham tovon puli to‘lashi sharligi aytildi. Ikki kun muqaddam AQShning senat va vakillar palatasidagi nufuzli rasmiylar Tramp ma’muriyatining Nayrobi va Dorussalom portlashlari uchun tovon undirish masalasida Sudan bilan printsipial kelishuvga erishgani to‘g‘risida bayonot berdi. Amerikaning «Foreign Policy» jurnali Sudanning «terrorist»lar ro‘yxatidan chiqarilishi uchun so‘nggi qadam sifatida 335 million dollar to‘lagani to‘g‘risida xabar tarqatdi. Ko‘rib turibmizki, Amerika hech qachon bermaydi, faqat oladi. Ayniqsa, beruvchi tarafning itoatgo‘yligini bilsa. Xuddi shunday ishni Bashir hukumatidagilarga ham qilgan. Ularga agar Sudan janubini bo‘lishsa, Sudanni «terrorist»larni himoya qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarish umidini berdi, ular janubni bo‘lishdi, ammo hech narsa olishgani yo‘q.
Buni Sudan Milliy kongressining sobiq etakchisi, «Inqoz» hukumati boshlanishida Milliy razvedka direktori bo‘lib ishlagan Qutbiy Mahdiyning bayonoti ham tasdiqlab turibdi. Undan «Sharqul Avsat» gazetasi Sudan janubini bo‘lishga sabab bo‘lgan Nevasha bitimi haqida so‘raganda bunday javob qildi: «… Rejimga nisbatan yolg‘on va’da va aldash siyosati qo‘llanib, sudanlik muzokarachini noto‘g‘ri yo‘lga etaklashdi. Keyin ayni siyosat o‘z samarasini berdi, «tinchlik», «ustuvor birlik», «yordam» va «AQSh bilan munosabatlarni normallashtirish», degan va’dalar qolib ketaverdi… amerikaliklar sudanliklardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishdi».
Amerikaning Sudandagi siyosati mana shunday. U Sudandan aslo voz kechmaydi. Zotan, bu – xo‘jayin bilan qul o‘rtasidagi siyosat bo‘lib, Sudan hukmdorlari xomxayollarga mubtalo bo‘lish va yolg‘on va’daga ishonishda davom etishaveradi… Hech narsaga erishisholmaydi. Alloh Azza va Jallaning quyidagi kalomida aytilganidek, Amerika berishni bilmaydi, olishni biladi:
يَعِدُهُمْ وَيُمَنِّيهِمْ وَمَا يَعِدُهُمُ الشَّيْطَانُ إِلَّا غُرُوراً
«Shayton ularga va’dalar berur, xomxayollarga mubtalo qilur. Oxir-oqibatda shayton bergan va’dalar faqat yolg‘on-sarob bo‘lib chiqar» [Niso 120]
Alloh Taolodan yurtimiz va boshqa barcha islomiy yurtlar boshidan mustamlakachi kofir G‘arbga malaylik qilayotgan ruvaybiza hukmdorlarni ko‘tarishini va bizni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik bilan siylashini so‘raymiz. Xalifalikkina kofirlarning payini qirqadi hamda ularni yurtimizdan noumid ahvolda quvib solib, kofirlarning yurtida ham g‘azot qiladi, ularga nur va hidoyatni etkazadi.
وَمَا ذَلِكَ عَلَى اللَّهِ بِعَزِيزٍ
«Bu Allohga (hargiz) mushkul emas» [Ibrohim 20]
Roya gazetasi saytidan olindi