Iordaniyadagi hukumatlar krizisi mansablar ta’rifi bilan mansabga tayinlashdan kelib chiqdi

338
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Iordaniyadagi hukumatlar krizisi mansablar ta’rifi bilan mansabga tayinlashdan kelib chiqdi

Ustoz Umar Muhammad Foruq qalamiga mansub

Iordaniya Qirollik devoni chiqargan bayonnomada ta’kidlanishicha, bosh vazir Umar Razzoz hukumatining iste’fo berishi ortidan 2020 yil 7 oktyabr chorshanba kuni qirol Abdulloh II diplomat va huquqshunos Bashr Xizonaga yangi hukumat tuzish vazifasini topshirgan. Qirol 2020 yil 3 oktyabrda Razzoz hukumati bergan iste’foni qabul qildi va Razzozga bosh vazir tayinlanib, yangi hukumat tuzilguniga qadar ishlarni idora qilib turish vazifasini yukladi. Bu bilan ushbu yangi hukumat Britaniya tomonidan Usmonli Xalifalik davlati ag‘darilib, so‘ng mamlakat tepasiga kelayotgan struktura tarixida bir yuz ikkinchi hukumat bo‘ldi. Yangi bosh vazir Bashr Xizona esa, bu mansabga o‘tirgan bosh vazirlarning qirq uchinchisi bo‘ldi. Iordaniya dunyodagi eng ko‘p hukumat tuzib, eng ko‘p vazir tayinlayotgan davlatlarning biri hisoblanadi. Hozirgacha mamlakatda eng kamida 750 vazir qayd etilgan. Boshqacha ibora bilan aytganda, Iordaniyadagi hukumatlar bir yarim yildan oshmay tayinlanaveradi! Hukumatlar umrining qisqaligi va o‘zgartirishlarning ko‘pligi davlat siyosatining beqarorligiga dalolat qiladi.

Iordaniyada hukumatlar almashishi masalasini diqqat bilan o‘rgangan kishi rejim ikki holatda shunday qilishga majbur bo‘layotganini ko‘radi: Birinchi holat: hukumat o‘zining xo‘jayinlari manfaatiga yoki sarmoyadorlar manfaatiga zarar etkazib qo‘ygan bo‘ladi. Chunki bu xo‘jayinlar va sarmoyadorlar mustamlakachi davlatlar manfaatini ta’minlaydilar. Shu sababdan rejim hukumatni iste’foga chiqaradi. Bunga yaqinda Hani hukumatining shunday holat sababli iste’foga chiqarilganini misol qilish mumkin. Ikkinchi, mamlakatda ancha ko‘p uchraydigan holat: Ko‘pincha rejimning aybi ochilib, xalqiga o‘zining yomon boshqarayotgani ko‘rinib qoladi. Ana shunda u shoshilinch ravishda zo‘ravonlik yo‘liga o‘tib, o‘z hokimiyatini saqlab qolish yo‘lida bosh vazir va ba’zi poraxo‘r rasmiylarni «qurbon» qiladi. Darhaqiqat, Iordaniyadagi rejim yurtdagi birin-ketin kelayotgan krizislarni hukumatlarni tarqatish orqali echish bilan siyosiy manyovr qilmoqda. U o‘zining barcha bo‘hroni, muvaffaqiyatsizligi va xalqni g‘amxo‘rlik bilan boshqarmay, muammolarini echmasligi, hatto xoinligiyu mustamlakachi G‘arbga malayligini hukumatga yuklashga ustasi farang bo‘lib ketdi. Mana, har safargi halokat, inqiroz, krizis yoki xiyonatda Iordaniya rejimi hukumatni iste’foga chiqarib, yangi hukumat tayinlayapti… Bu krizislarga hukumat sababchi, chunki u o‘ziga yuklangan vazifani bajarmadi, deya odamlarni aldashga urinib, shu orqali o‘zi suvdan quruq chiqyapti.

Mamlakat konstitutsiyasining 48-moddasida «Vazirlar Mahkamasi qarorlariga bosh vazir va vazirlar imzo chekadi. So‘ng ularni tasdiqlash uchun qirolga topshirishadi», deyilgan. Demak, Iordaniyada hukumat hukm yuritadi, mamlakatda jamoiy boshqaruv va kollektiv etakchilik bor, deyish bema’nilikdir. Chunki etakchilik ham, boshqaruv ham faqat individual bo‘ladi, jamoiy boshqaruv va kollektiv etakchilik, degan narsaning bo‘lishi amri mahol. Demokratik kapitalizm tuzumi hokimiyat vazirlar qo‘lida ekanini, boshqaruv jamoiy bo‘lishi uchun Vazirlar Mahkamasi yaratilganini da’vo qiladi. Biroq amalda bir kun ham bunday bo‘lgan emas. Hech bir yurtda boshqaruvni vazirlar olib bormagan, balki voqelikda hokimiyat hukmdor-rahbar qo‘lida bo‘lgan. Iordaniyadagi boshqaruv ham aslida bir shaxs-qirol qo‘lida bo‘lgan, hech qachon vazirlar qo‘lida bo‘lmagan, hatto shaklan yoki nomiga bo‘lsa ham. His etilgan haqiqat shuki, bu mamlakatda hukumat o‘zgarsa ham voqelik o‘zgarmay yomonligicha qolaveradi, hatto yanada yomon bo‘lishi ham mumkin. Masalan, davlat qarzi oshgandan oshyapti, moliyaviy va ma’muriy korruptsiya tobora ko‘payyapti, iqtisodiy vaziyat krizis darajasida yomonlashyapti, ishsizlik ko‘payib, gumanitar muammolar murakkablashyapti… Bundan asosiy muammo faqat hukumatlarda emas, balki rejimning o‘zida ekani ko‘rinib turibdi. Bu esa, Iordaniya etib kelgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi barcha sohadagi buzilish va muvaffaqiyatsizlik javobgarligini bevosita anavi qirolga yuklamoqqa jur’at qilish kerakligini tasdiqlamoqda. Chunki u buzg‘unchi kapitalistik tuzumni tatbiq qilmoqda.

Iordaniya rejimi o‘zi boshdan kechirayotgan krizisning asl sababidan o‘zini olib qochyapti. Bu sabab shuki, davlat kapitalistik tuzumni tatbiq qilib, boshqaruv va siyosatda ajnabiy buyruqlarga bo‘ysunyapti, Xalqaro Valyuta Fondi ko‘rsatmalariga amal qilib, o‘zining omadsizligi va ojizligini hukumat va vazirlarga yuklayapti. Shular orqali asl haqiqatni yashirib, odamlarni aldashga urinyapti. Ammo asl muammo Iordaniya ahli ustidan kapitalistik tuzumning tatbiq etilayotganidir. Hukumatlar har qancha yolg‘on ishlatishmasin, haqiqatni yashirish va o‘zgartirish bilan odamlarni adashtirishga urinishmasin, hukumatlar aslo isloh bo‘lmaydi. Muammo vazirlarni o‘zgartirishda ham, hukumatlar nomini almashtirishda ham emas. Ilon o‘z po‘stini har qancha almashtirmasin, o‘zgarmay ilonligicha qolgani kabi, bu hukumat ham necha martalab o‘z shaklini o‘zgartirdi va o‘sha hukumatligicha qoldi. Chunki o‘zgarish shakllarda va shaxslarda bo‘lyapti, rejim o‘zgartirilmayapti. Vaholanki, muammolarni hal eta olmay, mamlakatni emirilish jarligi oldiga olib kelib qo‘ygan mana shu Iordaniya rejimidir. Shuningdek, yurtu fuqaroni osmonga chiqib ketgan qarzlar bilan hamda har bir bo‘g‘inda ildiz otgan korruptsiya bilan qashshoq qilgan ham mana shu Iordaniya rejimidir.

Demak, Iordaniya na yangi hukumat almashishiga muhtoj va na yangi saylovlarga. Bular uning yovuz basharasini yaxshi qilib ko‘rsatuvchi bir dekoratsiya, xolos. Bu yurt kuchli etakchilik va Ummat aqidasidan balqib chiqqan siyosiy loyihaga muhtojdir. Chunki uni tatbiq qiluvchilari G‘arb qo‘yniga kirmaydi. O‘z ahlini hargiz aldamaydigan Hizb ut-Tahrir Iordaniya ahlini va musulmon yurtlaridagi barcha insonni kapitalistik sistemaning buzg‘unchiligi va zulmidan qutqarish qudratiga ega bo‘lib, bunga qobiliyati bor. Zotan, ushbu kufr sistemasining ustimizdan tatbiq etilishi bilan mustamlakachi kofirlarga xizmat qiluvchi malaylar etishib chiqmoqda. Shuningdek, Hizb qo‘lida tatbiq qilishga tayyor xolis islomiy loyiha ham mavjud. Islom Ummati shunday bir kunga mushtoq bo‘lib qoldiki, u kunda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik soyasida Allohning shariati tatbiq etiladi va shu orqali Ummat tortib olingan hokimiyatini qaytarib olib, o‘z izzat-qudratiga qayta ega bo‘ladi. Bu Allohga hargiz mushkul emas.

Roya gazetasining 2020 yil 14 oktyabr chorshanba kungi 308-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.