Makronning so‘zi – demokratiyaning yuzi

340
0

Makronning so‘zi – demokratiyaning yuzi

 Frantsiya prezidenti Emanuel Makronning 2-oktyabrda Islom va musulmonlarga qarshi aytgan dushmanona so‘zlari butun dunyo musulmonlarini yana larzaga keltirdi. Bu borada dunyodagi musulmonlarning fikr va tuyg‘ulari bir xil ekanligi yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi. Ushbu xodisa barcha musulmonlar o‘z dinlariga intilishlari va uni himoya qilishga otlanishganini anglatadi.

 2-oktyabrda Frantsiya prezidenti shunday dedi: “…Islom dini dunyo bo‘ylab inqiroz holatini boshdan kechirmoqda. Biz dunyodagi barqarorlik va tinchlikka mos bo‘lmagan siyosiy Islomga ishonmaymiz”. “… Dunyoviy qadriyatlarni radikal Islomdan himoya qilishimiz kerak”. Shuningdek u “shakkoklik” (bogoxulьstvo) ni qabul qilmaydigan frantsiyalik ayirmachilarga qarshi kurashish zarurligini aytib o‘tdi. (Bogoxulьstvo – barcha diniy qadriyatlar, hatto, Allohni ham haqoratlashga yo‘l qo‘yish).

 Bular demokratiya niqobi ostida dunyoni boshqarayotgan imperialistik kuchlardan biri bo‘lgan Frantsiya prezidentining aytgan so‘zlari edi.

 Aslida Makronning Islomga qarshi haddan tashqari dushmanligi avvaldan ma’lum. U 2019-yildayoq Frantsiya uchun Islom va musulmonlarga qarshi qonun loyihasini ishlab chiqqan edi. Ushbu qonun loyihasi Frantsiyada “ma’rifiy islom”, ya’ni demokratiya, shu jumladan, frantsuz qonunlariga moslashtirilgan islom bo‘lishi kerakligi, masjid va madrasalar ustidan nazorat o‘rnatish, bunga bo‘ysunmaydiganlarni mamlakatdan badarg‘a qilish va boshqa shu kabi moddalarni o‘zi ichiga olgan. Makron bu qonun loyihasini 9-dekabrda taklif qilmoqchiligini aytayotgan edi. Biroq, bu qonun loyihasiga dunyo musulmonlari qarshi chiqishmadi. Sababi, oddiy musulmonlar bundan bexabar edilar.

 Makronning yuqoridagi dushmanona so‘zlari – Alloh olamga rahmat qilib yuborgan Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallamni – haqorat qilgan “Sharli Ebdo”ni qo‘llab-quvvatlagan so‘zlari ham bo‘ldi. Bu dunyo musulmonlarining g‘azabini qo‘zg‘atdi, chunki  oddiy musulmonlar ham bundan to‘liq xabardor bo‘ldi. Bu voqea muslumonlarning g‘azabini qo‘zg‘ashi aniq edi, sababi ularni o‘z Payg‘ambarlariga bo‘lgan muhabbatlari cheksizdir.

 Albatta, Payg‘ambarning sha’nini himoya qilish har bir musulmonga farz. Payg‘ambarni himoya qilish Islomni himoya qilish demakdir. Shu o‘rinda mazkur farzni ado etilishida – Allohning oldida kim nima uchun javob beradi – mana shunga to‘xtalib o‘tish o‘rinli. Sababi, daladagi dehqon va davlat rahbaridan bir xil amallar talab qilinmaydi. Shuning uchun har bir inson, har bir partiya va har bir hukumatning o‘z imkoniyatiga ko‘ra Allohning oldida javobgarligi bo‘ladi. Masalan, prezident Erdogandan talab qilinadigan amal muhandis Abdullohdan talab qilinmaydi, Abdullohniki o‘z imkoniyatlariga yarasha bo‘ladi. Shuningdek, Pokiston hukumatidan talab qilingan amallar Livan hukumatidan talab qilinmaydi. Yagona narsa shundaki, bu farzni bajarish uchun ularning har biri bor imkoniyatlarini ishga solishlari kerak. Bundan kami uzrga o‘tmaydi.

 Ayni paytdagi echim:

1.            Yakka shaxslar o‘zlaridagi bor imkoniyatni ishga solib Frantsiyaning bu siyosatiga qarshi turishlari kerak. Masalan, odamlar o‘rtasida muhokama qilish, ijtimoiy tarmoqlarda qarshilik bildirish, mitinglarda qatnashish, partiyalardan bu xodisaga qarshi siyosiy harakatlarni tashkil etishni talab qilish, maxsulotlarini baykot qilish, hokimiyatni yo‘naltirish va muhosaba qilish va boshqa ishlarni bajarishlari kerak.

2. Islomiy partiyalar barcha imkoniyatlarini ishga solib tushintirish ishlarini olib borishi, matbuot anjumanlari o‘tkazishi, norozilik aktsiyalarini uyushtirishi, hokimiyatga Ummat ovozini etkazishi, hokimiyatni yo‘naltirishi va muhosaba qilishi va boshqa shu kabi amallarni bajarishi zarur.

 3. Davlat hokimiyati ham bor imkoniyatlarini ishga solishlari kerak.

 Masalan, bu voqeaga qarshi Erdogan Makronni “telba” deb atashining o‘zi etarli emas. Aslida, muammo Makronning ruhiy holatida emas, balki u ko‘tarayotgan demokratik “qadriyatlar”da. Makron bu o‘rinda “dunyoviy qadriyatlar”, “so‘z erkinligi”, “shakkoklik”ni qo‘llab-quvvatlab chiqdi. Shu sababli Germaniya hukumati Erdoganni tanqid qilib, Makronni yoqlab chiqdi.

 Erdogan singari Saudiya, Eron va Pokiston hukumatlarining qarshilik ko‘rsatgan kabi bergan bayonotlari ham ulardan talab qilingan amallar o‘rniga o‘tmaydi. Bu davlatlar diplomatlarni ishga solish, sanktsiyalar joriy etish, aloqalarni uzish kabi amallarni bajarishi kerak. Shuningdek, ushbu davlatlar harbiy sohaga yiliga milliardlab mablag‘ sarflashadi. Ularning vazifasi – armiyalarni safarbar qilish orqali dushmanga qo‘rquv solish edi. Yana shu kabi, har bir musulmon davlat hukumatlari bor imkoniyatlarini ishga solib, imkoniyatga ega bo‘lganlardan birlashishni talab qilishlari kerak.

 Bular ayni paytdagi echimlar edi. Endi asosiy echimga kelsak, muammoning ildizi shundaki, dunyoga buzuq demokratiya mafkura orqali mustamlakachilik tuzumi hukmronlik qilayotganida. Shu sababli har bir musulmon – yakka shaxs ham, islomiy partiyalar ham, hukumatlar ham Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Islomiy Xalifalikni qayta tiklashga harakat qilishlari kerak. Bu Xalifalik buzuq demokratiyani ag‘darib, Islom mabda’sini tatbiq qiladi, mustamlakachilikni tag-tomiri bilan qo‘porib tashlaydi.

 Tarixda Xalifalik Islomni himoya qilib, Payg‘ambarni haqorat qilinishiga yo‘l qo‘ymagan. Hatto, davlat zaiflashgan holatda ham bunga yo‘l qo‘ymagan! Masalan, Abdulhamid II Xalifalik qulatilishidan yigirma yil oldin Frantsiya va Britaniyada Volьterning Rasululloh sollallohu alayhi va sallam haqorat qilingan “Fanatizm” degan pьesa namoyishiga qarshi turgan. Xalifa Abdulxamid II pьesa mazmunidan xabardor bo‘lib, Frantsiyadagi elchisi orqali frantsuz hukumatini ushbu spektakl namoyish etilsa, bu xavfli siyosiy oqibatlarga olib kelishi to‘g‘risida ogohlantiradi. Shunda Frantsiya spektakl namoyishini zudlik bilan to‘xtatadi. Shundan so‘ng spektaklni qo‘ymoqchi bo‘lgan teart Angliyaga ketadi. Xalifaning ogohlantirishi Angliyaga ham yo‘llanganda, Angliya hukumati: “Chiptalar sotib bo‘lindi, endi uni to‘xtatish fuqarolarimizning erkinligini buzish hisoblanadi”, – deb javob beradi. Shunda sulton shunday buyruq chiqaradi: “Bu mening butun Islom Ummatiga buyrug‘im! Britaniya Nabiyimizni haqorat qilmoqda. Men bunga qarshi jihod e’lon qilmoqchiman…”. Tongda Oq saroyga kelgan Britaniya elchisi xalifa va barcha vazirlarni harbiy kiyimda ko‘radi va Britaniya pьesa namoyishini to‘xtatganini xabar qiladi. 

 Tarix ibrat-o‘rnak olish uchun o‘qiladi. Shar’iy hukmlar esa ijro etish uchun o‘rganiladi. Payg‘ambar alayhis salomni himoya qilish va Islomiy Xalifalikni barpo etish barchamizga vojib.

 Musobaqa qiluvchilar shu narsa uchun musobaqa qilsinlar…

Hizb ut-Tahrir – Qirg‘iziston

28. 10. 2020

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.